laboratoriya mashg„ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”,
“Keys-stadi”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari
orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o„tkaziladi.
12
Asosiy qism
Ma‘ruza mashg‗ulotlari
―Nutq madaniyati‖ kursi predmeti, vazifalari. Fan doirasida o‗rganiladigan
asosiy masalalar. Kursning boshqa fanlar bilan o‗zaro munosabati. ―Nutq
madaniyati‖ ning tilshunoslikka oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilishdagi
asosiy fan sifatidagi ahamiyati haqida.
Nutq va uning shakllari
Nutq muloqotning bir ko‗rinishi sifatida. Nutq madaniyati tushunchasi.
Nutqning og‗zaki va yozma, rasmiy va norasmiy turlari. Nutq madaniyati va
uslubiyat. O‗zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Nutq va mantiq. Nutq,
notiqlik va voizlik.
Notiqlik tarixi nutqiy amaliyot va madaniyat ko‗zgusida
Antik davrda notiqlik va nutq madaniyati. Sharqda notiqlik va nutq
madaniyati. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud
Koshg‗ariy, Yusub Xos hojib, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlarning nutq madaniyati
haqida qarashlari. Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Husayn Voiz Koshifiy,
Mu‘iniddin Voiz, Voiz Xoraviy, Zayniddin Vosifiy, Voiz Kazviniy, Mullo Kalon
Voiz Samarqandiyning voizlik san‘ati va mahorati. Mahmudxo‗ja Behbudiy,
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy kabi ma‘rifatparvarlarning
tilning sofligi va nafosati, nutqning go‗zalligi to‗g‗risidagi fikrlari. Cho‗lpon,
Abdulla Qahhor, G‗afur G‗ulom, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin
Vohidovlarning so‗z qo‗llash san‘ati. Jahon zamonaviy intellektual olamida so‗z
qo‗llash, notiqlik sirlari, muloqot madaniyatiga daxldor sara qarashlar, amaliy
yo‗nalishlar.
Madaniy nutq me‘yorlari va qoidalari
Madaniy nutqning talaffuz me‘yorlari. Madaniy nutqning leksik me‘yorlari.
Madaniy nutqning morfologik me‘yorlari. Madaniy nutqning sintaktik me‘yorlari.
Madaniy nutqning imloviy va punktuatsion me‘yorlari. Madaniy nutqning uslubiy
me‘yorlari. Madaniy nutqning pragmatik me‘yorlari.
Madaniy nutqning asosiy kommunikativ sifatlari
Nutqning to‗g‗riligi. Nutqning aniqligi, Nutqning mantiqiyligi. Nutqning
sofligi. Nutqning boyligi. Nutqning jo‗yaliligi. Nutqning ifodaliligi. Madaniy
nutqning pragmatik xoslanganligi. Madaniy nutqning etnik va hududiy
xoslanganligi. Madaniy nutqning sotsial xoslanganligi. Madaniy nutqning sohaviy
13
xoslanganligi. Nutqiy texnologiya.
Nutq madaniyati va tilning tasviriy vositalari
Tilning tasviriy vositalari. Ko‗chimlar: metafora, metonimiya, sinekdoxa,
vazifadoshlik, ironiya, sarkazm tushunchalari; sintaktik figuralar: takror inversiya,
ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‗roq. Nutqda tilning tasviriy vositalardan
foydalanish imkoniyatlari.
Amaliy mashg‗ulotlarni tashkil etish bo‗yicha
ko‗rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‗ulotlarda magistrlar nutq madaniyatini oshirishning amaliy
masalalari bilan shug‗ullanadilar. Atoqli notiqlarning so‗z qo‗llash mahorati,
madaniy nutqning lisoniy va nolisoniy me‘yorlari masalalarini o‗rganadilar.
Amaliy mashg‗ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari:
Nutq madaniyati, notiqlik, nutq shakllari va turlari bo‗yicha kollokvium
Madaniy nutqning talaffuz va imlo me‘yorlari bo‗yicha mashq
Madaniy nutqning grammatik va uslubiy me‘yorlari bo‗yicha mashq
Fikrni nutq uslublariga mos ifodalash bo‗yicha trening
Notiqning nutq texnikasi (ovoz, ohang, urg‗u, pauza va b.) ga doir trening
Yozma matnlardagi madaniy nutqning asosiy kommunikativ sifatlari
(nutqning to‗g‗riligi, aniqligi, mantiqiyligi, jo‗yaliligi) voqelanishi tahlili
Og‗zaki nutqdagi madaniy nutqning asosiy kommunikativ sifatlari (nutqning
sofligi, boyligi, ifodaliligi) voqelanishi tahlili
Nutqning qisqaligi bo‗yicha trening
Fikrni turli nutqiy sharoit va vaziyatga mos ifodalash mashqlari
Ish qog‗ozlari ustida ishlash
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‗quv qo‗llanmalar ro‗yxati
Rahbariy adabiyotlar:
1.Karimov I. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‘naviyat,
2008.
Asosiy adabiyotlar:
1. Begmatov E., Mamatov A. Adabiy norma nazariyasi. 1- qism. – Toshkent:
Navro‗z, 1997.
2. Kaykovus. Qobusnoma. To‗ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent:
O‗qituvchi, 2006.
14
3. Mahmudov N. O‗qituvchining nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher
Navoiy nomidagi O‗zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.
4. Karnegi D. O‗z-o‗ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‗zlash san‘ati.
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
5. Qo‗ng‗urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari. – Toshkent: O‗qituvchi, 1992.
Qo‗shimcha adabiyotlar:
1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‗qituvchi, 1992.
2. Mahmudov N. Tilimizning tilla sandig‗i. – Toshkent: G‗afur G‗ulom
nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2012.
3. Rustamiy A. Adiblar odobidan adablar. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2003.
4. Ona tili – davlat tili. – Toshkent: Adolat, 2004.
5. A‘lamova M. Nutqda aks yetar bir olam boylik. – Toshkent: O‗qituvchi,
1989.
6. Rustamov A. So‗z xususida so‗z. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1989.
7. Qilichev E., Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Buxoro, 2003.
8. Mahmudov N., Rafiev A., Yo‗ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish
yuritish. – Toshkent: Cho‗lpon, 2012.
9. Jumaxo‗ja N.A. Istiqlol va ona tilimiz. – Toshkent: Sharq, 1998.
10.Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san‘ati. – Toshkent: Akademiya,
2007. –B. 224.
11.Tojiev Yo., Mallaboev M.. O‗zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. –
Toshkent: Iqtisodiyot, 2006.
12. O‗zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – Toshkent, 1956.
13.Rahmatullaev
Sh..
O‗zbek tilining yangi alifbosi va imlosi.
–Toshkent: Universitet, 2002. –B. 53.
14. Nazarov K. O‗zbek tili punktuatsiyasi, – Toshkent: Universitet, 1996, 39-
b.
15. Inomxo‗jaev S. O‗tmish sharq notiqligi. – Toshkent: Bilim, 1972.
16. Badiiy uslub va tilning ifoda vositalari. – Samarqand, 1994.
Internet saytlari:
1. www.ziyo.net
2.
www.thinsan.com
3.www. uforum.uz
4.
www.literature.uz
15
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА УРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
УЗБЕКИСТОН БАДИИЙ АКАДЕМИЯСИ
КАМОЛИДДИН БЕХЗОД НОМИДАГИ МИЛЛИЙ РАССОМЛИК ВА ДИЗАЙН ИНСТИТУТИ
―ТАСДИҚЛАЙМАН‖
Do'stlaringiz bilan baham: |