O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari



Download 330,71 Kb.
bet75/92
Sana25.06.2022
Hajmi330,71 Kb.
#702928
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Bog'liq
moliyaviy nazorat

2. Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari
Kredit tizimi deb, kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit tashkilotlar yigindisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali xuquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’lari yig’iladi va korxona, tashkilotlar, aholi va davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi mablag’larni jalb qilish va ularni taqsimlashga qarab bir necha bo’g’inlardan iborat bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida kredit tizimi tashkil etilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:



  1. Markaziy bank

  2. Tijorat banklari

  3. Mahsus kredit tashkilotlari (paxtabank, sanoatqurilish banki, asaka bank, aloka bank va boshqalar).

  4. Nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari, nafaqa va boshqa jamg’armalar)


Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog’onali bank tizimi bo’lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo’lish mumkin:


  1. Birinchi davr – bu O’zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrdagi bank tizimi

  2. Ikkinchi davr O’zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi.

Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:


- Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo’lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o’lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko’rsatgan.
- Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to’g’ridan-to’g’ri kreditlashga o’tdi. Bunda banklar xalq xo’jaligi sohalari bo’yicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug’ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan.
- Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunda mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo’jaligining barcha sohalariga (qishloq xo’jaligiga o’zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Šurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operasiyalarni bajargan. Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operasiyalarini bajargan.
- Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo’lib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda ko’plab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi.
Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog’onali bank tizimiga o’tish bilan ham bog’liq. Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi (1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin. O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.
1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi. Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat. Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega. Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi qarorlari qabul qilindi. Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda. Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi. Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo’lib kuyidagilar hisoblanadi:

1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450 mlrd. so’mga yetdi.


2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes subyektlariga ko’rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4 ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.



Download 330,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish