O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi jizzax politеxnikа instituti mexanika


Loyihalash qo’yidagi tartibda bajariladi



Download 1,84 Mb.
bet17/18
Sana25.04.2022
Hajmi1,84 Mb.
#580992
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 - amaliy mashg\'ulot

Loyihalash qo’yidagi tartibda bajariladi:

  1. Masshtab koeffitsienti tanlanadi.

  2. Turtgich yo’l diagrammasi s o’qiga parallel ravishda turtgichning asosiy vaziyatini chizamiz va unda turtgich uchining holatlari 0, 1, 2, … nuqtalarni s q s(φ) diagrammasiga muvofiq belgilaymiz (9.3-shakl).

3. Turtgich uchining qo’yi holati O dan boshlab uning pastki tomonida turtgich o’q chizig’i bo’yicha rmin masofada kulochok markazi O ni belgilaymiz. O nuqtani markaz qilgan holda rmin radiusli aylana o’tkazamiz. Turtgich o’q chizig’idan boshlab kulochok burchak tezligi ωk yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalish bo’yicha kulochokning faza burchaklari φu, φu.t., φya larni belgilaymiz.
Kulochokning profilini hosil qilish maqsadida “harakatni teskari tomonga yo’naltirish” usulidan foydalanamiz, ya’ni bunda chizma tekisligiga kulochok aylanish markazi o nuqta atrofida aylanma harakat beriladi. Aylanma harakatning burchak tezligi kulochokning burchak tezligiga teng bo’lib, yo’nalishi unga qarama-qarshi bo’ladi buning natijasida kulochok qo’zg’almas bo’lib qoladi, chunki uning harakati yig’indisi bo’ladi.



9.4–shakl.


Turtgich esa o’z yo’naltiruvchisi bo’yicha ilgarilanma qaytma harakatda bo’lishidan tashqari, ya’na kulochok aylanish o’qi o nuqta atrofida ham ham aylanma harakat qiladi. Bu harakat jarayonida turtgichning kulachok faza burchaklari φu va φya ga mos keluvchi 17 ta holatlarini tasvirlaymiz.


Har bir faza burchagida to’rtgich holatlari o’zaro teng burchakda joylashadi. So’ngra turtgichning boshlang’ich vaziyatdagi rolik markazlari bo’lgan A nuqtaning holatlarini tsirkul yordamida mos ravishda nisbiy harakatdagi turtgichning 1,2, …17 vaziyatlariga ko’chiramiz. Belgilangan nuqtalar 1, 2, … 17 rolik markazi A nuqtaning turtgichning turli vaziyatidagi o’rnini bildiradi. Hosil bo’lgan nuqtalar uzluksiz egri chiziq bilan tutashtirilsa, kulochokning nazariy profili hosil bo’ladi.
Kulochokning xaqiqiy profilini hosil qilish uchun nazariy profildagi nuqtalarni markaz qilib olgan holda rrol radiusli yoy bo’laklarini o’tkazamiz. Chizilgan yoy bo’laklariga o’tkazilgan umumiy urunma kulochokning xaqiqiy profili bo’ladi.
Turtgichi rolik bilan jihozlangan va ilgarilanma qaytma harakatlanuvchi markaziy bo’lmagan kulochokli mexanizmlarni loyihalash uchun kushimcha ravishda turtgich o’qining kulochok aylanish markazi O nuqtadan siljish masofasi (ekstsentrisitet) e ning qiymati berilgan bo’ladi.


Loyihalash qo’yidagi tartibda bajariladi:

Kulochok soati strelkasi yo’nalishida harakatlanadi deb qarab uning aylanish o’qi bo’lgan O nuqtani turtgich o’q chizig’idan o’ng tomonda belgilaymiz (9.4-shakl). Buning uchun turtgich o’q chizig’iga parallel ravishda uning o’ng tomonidan vertikal chiziq o’tkazamiz. O’tkazilgan chiziqning rolik markazi bo’lgan A nuqtadan tsirkul yordamida o’tkazilgan rmin radiusli yoy bilan kesishish nuqtasi O kulochokning aylanish o’qini bildiradi. Turtgich o’q chizig’idagi ixtiyoriy tanlangan vo nuqtani qo’zg’almas bo’g’inga tegishli deb qarab, uning traektoriyasi OBo radiusli aylanani o’tkazamiz. Aylananing vo nuqtasidan boshlab, kulochokning burchak tezligi ωk yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalishida kulochokning faza burchaklariga tiralib tuzuvchi yoy bo’laklarini ajratamiz. Uzoqlashuv burchaki φu va yaqinlashuv burchagi φya larga tiraluvchi yoy bo’laklarining har birinchi o’zaro teng bo’laklarga (8 ta) ajratib, turtgich V nuqtasining turli vaziyatlarini belgilaymiz.


Belgilangan nuqtalardan re radiusli aylananing chap tomoniga o’tkazilgan urunmalar turtgich o’qining turli vaziyatlarini tasvirlaydi. Kulochokning nazariy va xaqiqiy profillarini hosil qilish yuqoridagidek bajariladi.
Turtgichi tebranma harakatlanuvchi kulochokli mexanizmlarning minimal (eng kichik) radiusini aniqlash.
Buning uchun qo’yidagilar berilgan bo’lishi lozim: -koromislo uzunligi; β - koromisloning eng katta tebranish burchagi, yo’l va tezlik diagrammalari, γq45o harakatning uzatish burchagining eng kichik qiymati.



9.5–shakl.

Chizma sathini hisobga olib ixtiyoriy O3 nuqta tanlaymiz va undan oralig’i β burchakka teng bo’lgan ikki chiziq o’tkazamiz (7.5 - shakl). Keyin bu chiziqlar orasida 0 - 8 yoy o’tkaziladiki, bu yoy yo’l diagrammasining balandligiga teng bo’ladi. Chizilgan yoy ning O nuqtasidan yo’l diagrammasidagi 1, 2, …, 16 nuqtalarning ordinatalari ko’chirib keltiriladi. Hosil bo’lgan 1, 2, …, 16 nuqtalarni O3 nuqta bilan tutashtirib chiqamiz va bu nurlarda diagrammasidan ordinatalarni keltirib qo’yiladi. Agar uzoqlashish fazasida kulochok bilan koromislo bir tomonga aylansa, diagrammasidan olingan ordinatalar 0-8 yoylarda markaz O3 tomonga ajratiladi, aks holda teskari tomonga o’lchab qo’yiladi. Hosil bo’lgan nuqtalardan va to’g’ri chiziqlar nurlarga ostida o’tkaziladi. Bu to’g’ri chiziqlar kesishidan hosil bo’lgan (shtrixlangan) soha ichida kulochok aylanish markazini tanlash mumkin bo’ladi.




Kulochok profilini loyihalash (9.6-shakl). Ixtiyoriy O1 nuqtadan O1O3 radiusda aylanma o’tkazamiz. Bu aylananing ixtiyoriy yuqori qismida (O3)o nuqta tanlanadi va uni O1 nuqta bilan birlashtiramiz.

9.6 – shakl.
Bu chiziqdan boshlab kulochokning aylanishiga teskari tomonga qarab φu, φu.t. va φya faza burchaklarini ajratamiz va ularni teng bo’laklarga (misolimizda 8 tadan) bo’lamiz. Aylana markazidan rmin bo’yicha kichik aylana chizib olinadi. Katta aylanada hosil qilingan 1, 2, 3, …, 17 nuqtalardan kichik aylanada O3A radius bo’yicha yoylar o’tkazamiz va bu yoylarda sqf(φ) diagrammadan mos ordinatalar keltirib qo’yiladi, ya’ni (1o - 1*) yoy (1 - 1* ) ordinataga, (2o - 2*) yoy (2 - 2*) ordinataga teng va hakazo. Topilgan O, 1*, 2*, …, 17 nuqtalarni lekalo yordamida ravon egri chiziq bilan tutashtirik, kulochokning nazariy profili hosil qilanadi. So’ngra nazariy profil nuqtalaridan rrol masofada yotuvchi nuqtalarni aniqlaymiz va shu nuqtalardan o’tuvchi kulochokning xaqiqiy profilini ko’ramiz.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish