207
NB – IoT ning texnik xususiyatlarining bir nechtasini quyida keltirib
o‘tamiz:
- Radioruxsat usuli: liniyadan pastga (downlink) 15 kGs chastota farqi bilan
(12 tashuvchi)
OFDMA usuli; liniyadan tepaga (uplink) 15 kGs chastota farqi bilan
(12 tashuvchi) va 3,75 kGs chastota farqi bilan (48 tashuvchi) SC-FDMA usuli;
- Ustuvor foydalanuvchi radiochastotalar polosasi: 2100 MGs ( band 1),
1800 MGs ( band 3), 900 MGs ( band 8), 800 MGs ( band 20) va 700 MGs ( band
28). SHuningdek 3GPP standartida 450 MGs ( band 31) radiochastota polosasini
qo‘shilishi kutilmoqda;
- Dupleks: CHastotali yarim dupleks FDD-HD (Half-Duplex) rejimini
qo‘llab quvvatlaydi, Vaqt bo‘yicha dupleks TDD ni qo‘llab quvvatlamaydi;
- NB-IoT kanal tashkil qilish 3
variantda amalga oshiriladi, bular ichki
―faol LTE kanal polosasi (in-band), himoyalangan LTE kanal polosasi (guard-
band) va alohida/mustaqil kanal (standalone)/NB-IoT ning kanal kengligi:180 kGs
(in-band, guard-band) yoki 200 kGs (standalone);
- Nurlanish quvvati; abonent qurilmasi uchun UE (User Equipment)- 20dBm
(class 5) yoki 23dBm (class 3); Baza stansiyasi uchun BS (Base Station)- in-band
va guard-band rejimida umumiy quvvati LTE va NB-IoT kanallar orasida
taqsimlanadi va LTE kanal kengligi 10MGs, 15MGs va 20MGs bo‘lganda NB-IoT
bitta tashuvchi chastotasi oshishi mumkin. NB-IoT uchun dinamik diapazon 6 dB
ni tashkil qiladi.
CHastota rejalashtirilishida (chastota tavsiyasida) quyidagi shartlar
o‘rganiladi:
1. CHastota o‘qida 100 kGs ni tashkil qiluvchi rastr kanal;
2. NB-IoT uchun pastga DL(downlink) va yuqoriga UL(uplink)
chastota
kanal tavsiyasi quyidagicha:
208
F DL = F DL_low + 0,1 (N DL – N Off-DL ) + 0,0025 (2M DL + 1);
F UL = F UL_low + 0,1 (N UL – N Off-UL ) + 0,0025 (2M UL );
Bu erda F DL, F UL, N Off-DL va N Off-UL lar 3GPP TS 36.101, TS
36.104; jadvalidagi parametrlar, N DL va N UL – radiochastota kanalining
absalyut nomeri (0-262143 diapozon nomeri); M DL va M UL – oddiy LTE
kanalidan NB-IoT kanaliga siljishi.
M DL : {-10; -9; -8; -7; -6; -5; -4; -3; -2; -1; -0,5; 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9}
M UL :{-10; -9; -8; -7; -6; -5; -4; -3; -2; -1; 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9}
NB-IoT ning standalone rejimida faqatgina M DL = -0,5 va M UL = 0
tavsiyasidan foydalanadi. Qolgan ikkita rejimda bu tavsiyadan foydalanmaydi.
NB-IoT ning boshqa radiovositalar bilan elektromagnit
moslashuvchanligi
NB-IoT texnologiyasi bir nechta turdagi tizimlar bilan jumladan, tor polosali
standalone, keng polosali in-band va aralash guard-band rejimida bo‘ladi. Buning
barchasi boshqa radiovositalar bilan elektromagnit moslashishi bir xil shartda
bo‘lmaydi. NB-IoT texnologiyasini qo‘llashda, elektromagnit moslashishi haqida
gap ketganda quyidagi holatlarni belgilaymiz:
1. Quyidagi keltirilgan texnologiyalar bilan
NB-IoT kanallarini EMM ni
ta’minlashda qo‘shimcha shartlarni kiritishga hojat yo‘q:
- LTE–eMTC – EMM tomonidan qaraganda bu LTE ekvivalent standarti
hisoblanadi.
- EC GSM – GSM ning ekvivalent standarti hisoblanadi.
- NB-IoT – LTE (in-band) kanal polosasida u spektral moskasini
o‘zgartirishni taklif qilmaydi.
2. Yuqorida keltirilgandek, 200 kGs farqi sabab,
talab bajarilmaydigan
bunaqangi bir nechta holatlarda, 5 MGs ni tashkiletuvchi LTE kanal kengligi
209
qachonki, himoyalangan polosada NB-IoT kanallar aralashmasida alohida
o‘rganish talab etilishini qo‘shimcha qilish mumkin.
3. NB-IoT aralash kanallar orasidagi sifat ko‘rsatkichlari boshqa
texnologiyalar ko‘rsatkichlari bilan quyidagicha amalga oshiriladi:
- 5% dan oshmagan yo‘qotish zarurati;
- Signal/shovqin nisbati 1 dB dan oshmasligi zarurati.
O‘tkazilgan izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki,
NB-IoT kanallaridan
foydalanishlarida LTE kanali standartlashtirilgan polosali (in-band) ni
joylashtirilishida hech qanday o‘lchovlar talab etilmaydi, shuningdek, NB-IoT
kanali himoyalangan polosasi (guard-band) ni joylashtirilishida LTE kanal
kengligi 5 MGs dan katta bo‘lishi talab qilinadi.
NB-IoT ning mustaqil kanali (standalone) dan foydalanishida 900 MGs
dapazon chastotada, GSM, UMTS va LTE kanallarining tavsiya
qilingan chastota
farqini saqlashni talab qiladi.
15>11>
Do'stlaringiz bilan baham: