O‘t oldirish harorati deganda, maxsus asbob (tigel)da qizdirilgan
moyning havo bilan hosil qilingan aralashmasini ma’lum alanga
yordamida o‘t olish harorati tushuniladi.
O‘t olish haroratiga asoslanib, moyning bug‘lanuvchanligini
yetarli darajadagi aniqlikda baholash, shuningdek, moy tarkibidagi
yengil fraksiyalar miqdorini aniqlash mumkin. Moyning o‘t olish
harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, bug‘lanuvchanligi shunchalik
past, shuning bilan birga, fizikaviy turg‘unligi shunchalik yaxshi
bo‘ladi.
5. 1. 8. Motor moylarining markalanishi
Motor moylarini dvigatel turi va aniq ish sharoitidan kelib
chiqqan holda to‘g‘ri tanlash 17479. 1–85- sonli Davlat standarti
asosida amalga oshiriladi. Bu standarga ko‘ra, motor moylari yozgi,
qishki va barcha mavsumlarga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Shuningdek, moylar kinematik qovushoqligi (5. 1- jadval) hamda
ishlatilish sharoiti va ekspluatatsion xossalari darajasiga ko‘ra klass
va guruhlarga ajratiladi.
Motor moylarining qishki va yozgi markalari qovushoqligiga
ko‘ra yetti klassga (6, 8, 10, 12, 14, 16 va 20 mm2/s), barcha mavsumlarda
ishlatishga mo‘ljallangan moylar esa to‘rt klassga ajratiladi
va ularning qovushoqlik indeksi 125 dan kam bo‘lmaydi.
5. 1. 9. Benzinli dvigatellar uchun moylar
Benzinli dvigatellar uchun moylar, asosan, oltingugurtli neftdan
olingan va selektiv usulda tozalangan moylar bo‘lib, tarkibiga tegishli
qo‘shilmalar qo‘shiladi. Benzinli dvigatellar uchun 4 guruhdagi
(А, Б, В va Г) moylar ishlab chiqariladi. Yuqori darajada kuchaytirilgan yengil avtomobillarning benzinli
dvigatellarida ishlatiladigan M–63/10Г1 markali moyning yeyilishga
qarshi xususiyati yetarli emasligi va ko‘p miqdorda kul hosil
qilishi tufayli 1987- yildan boshlab М–53/10Г1 va M–63/12Г1 moylari
ishlab chiqarilmoqda. М–53/10Г1 moyini minus 35°C dan 35°C
gacha bo‘lgan haroratlarda, М–53/10Г1 moyini esa minus 25°C dan
40°C gacha bo‘lgan haroratlarda samarali ishlatish mumkin. Bu
moylar yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lib, ular xorijda
ishlab chiqariladigan SE-SF moylarini almashtirishi mumkin.
5. 1. 10. Dizellar uchun motor moylari
Dizelli avtomobillarda Б, В va Г guruhdagi 100°C dagi nominal
qovushoqligi 8 mm2/s (qishki) va 11 mm2/s (yozgi) bo‘lgan moylardan
foydalaniladi. O‘rtacha kuchaytirilgan avtotraktor dizellarida ishlatiladigan
B2 guruhidagi moylar: M–8B2 (qishki) va M–10B2 (yozgi) moylardan
keng foydalaniladi. Bir qator holatlarda M–8B1 moyidan qishgi
universal moy sifatida foydalanish mumkin.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida ish sharoiti
og‘ir bo‘lganligi tufayli ularda ishlatiladigan Г guruhidagi motor
moylariga 14 foizgacha qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi.
Qishda М–8Г2, yozda esa М–10Г2 markali moylarni ishlatishga
(ЯМЗ–238М, ЯМЗ–240N va boshqa dvigatellarda) ruxsat etiladi. Motor moylarining unifikatsiyasi. Tarkibida samaradorligi
yuqori qo‘shilmalar kompozitsiyalari bo‘lgan yuqori sifatli motor
moylaridan foydalanish qulay bo‘lgan sharoitlarda moylarni takomillashtirishda
motor moylari va boshqa moylash materiallarini
unifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Moylar assortimentining
turli-tumanligi ularni ishlab chiqarishdagina qiyinchiliklarni
keltirib chiqarib qolmay, balki, ayniqsa, tashish, saqlash
va ishlatish (ayniqsa, korxonada turli xil markadagi avtomobillar
bo‘lganida) jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi.
5. 1. 11. Dvigatelning ishlash jarayonida moylarning
Do'stlaringiz bilan baham: |