O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti



Download 0,96 Mb.
bet3/387
Sana11.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#350084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   387
Bog'liq
Jizzax politexnika instituti

Tayanch so`z va iboralar: Metod.Metodika. Iqtisodiyfanlarnio‘qitishmetodikasi. Metodologiya. Uzviylik. Uzluksizlik. Yaxlitlik. Akademik litsey. Kasb-hunar kolleji. Kasb. Kasbiy tayyorgarlik, didaktik sakkiz burchak, Blum taksonomiyasi, o‘qitish strategiyasi, metodlarning funktsiyalari, zaruriy xislatlar
1.Каsbiy tа’lim mеtоdiкаsi фаnininг prеdmеti, mаqsаdi, vаzifаlаri
Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan o‘qitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog‘liq. Shuning uchun ham o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o‘quv uslublarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi.

Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, tabiiyki har bir odamdan iqtisodiy fikrlashni o‘rganish talab etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bu talab yanada kuchaydi. Farzandlarimizning yoshlikdan iqtisodiy fikrlay bilishi uchun, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishga kirishildi.

Oliy o‘quv yurtining, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtining talabalari esa iqtisodiy fikrlashnigina emas, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his qila bilishi, ko‘z o‘ngiga keltira bilishni o‘rganishi zarur. Buning uchun esa iqtisodiy fanlarni chuqur bilish talab qilinadi. Murakkab xo‘jalik dunyosini aks ettiruvchi bu fanlarni o‘rganish uchun to‘g‘ri metod tanlash muhim ahamiyatga ega. Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qat‘i nazar, kutilgan natijani bermaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni qo‘llashni bilish kerak.

Odatda metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu - nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.

Iqtisodchilar tayyorlashdagi mutaxassislik fanlarini o‘qitadigan iqtisodchi-pedagoglar tayyorlashda iqtisodiy fanlar yetakchi o‘rin tutadi. Shu sababli bu sohadagi kasb ta‘limi bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganiladi. by yo‘nalishni bitirgan talabalar o‘rta maxsus ta‘lim tizimida iqtisodiy fanlardan dars berganlari uchun Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi maxsus mutaxassislik fanlari bu – iqtisodiy fanlar bo‘lgani tufayli ana shu iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasini o‘rganish nazarda tutildi.

Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi. ya‘ni bizning institutimiz kasbiy ta‘lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda qaraydigan bo‘lsak, иqtisodiyfanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U iqtisodiy fanlarni o‘rganish metodlari va uni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi. Dars berish metodikasi (uslubyati)ning predmeti, bu dars berish (o‘qitish) jarayonining o‘zidir.

Iqtisodchi-pedagoglar uchun kasb ta‘limi metodikasi – bu iqtisodiy fanlardan dars o‘tishni o‘rganish metodikasi bo‘lib, iqtisodiy fanlarni talabalarning chuqur o‘rganishlari uchun fanning va mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda qanday vosita va metodlarni tanlash va dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rganish, bo‘lg‘usi iqtisodchi-pedagoglar ongiga yetkazishni ko‘zda tutadi.



Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike1) bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta‘lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.

Metodologiya esa (yunon. metod va logiya so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta‘limotdir.

Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta‘siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya‘ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida metodologiyaga quyidagicha tarif berilgan: «Metodlar haqidagi ta‘limot fanda metodologiya deyiladi»2.

«Metodologiya – tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta‘limot»3

Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni Ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli iqtisodchi–pedagoglar iqtisodiy fanlarni o‘rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak. Mazkur fanning maqsadi kasb ta‘limi (iqtisodchi-pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o‘rganishda qo‘llaniladigan an'anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o‘z faoliyatlarida qo‘llash va yangi usullarni yaratishni o‘rgatishdir.

Shunday qilib, metodika o‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, metodlari, qonun-qoidalarini o‘rganadi. Metodika, bir tomondan o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish