O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi jizzax politexnika instituti


Pedagogik texnologiya va unga turli jihatdan yondashish



Download 0,96 Mb.
bet15/387
Sana11.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#350084
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   387
Bog'liq
Jizzax politexnika instituti

1. Pedagogik texnologiya va unga turli jihatdan yondashish
Hozir mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat - fan, texnika va texnologiya soxasidagi raqobatga aylandi. Demak, raqobat intellektual mohiyat kasb etib, ta‘lim sohasidagi raqobatga aylanmoqda desak xato bo‘lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti, unga doimo noaniqlik yo‘ldosh bo‘lishi mutaxassis kadrlar tayyorlashga ham yangicha talablar qo‘yadi. Undan tashqari bugungi kunda bilimning daromad manbai va ijtimoiy himoya sifatidagi rolining ortishi ham uni aniq pragmatik ma‘no kasb etishiga olib keladi. Shuning uchun ham respublikamizda ta‘lim tizimini isloh qilishga alohida diqqat qaratildi.

Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko‘ra ta‘lim sohasida yo‘qotilgan ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun ta‘lim samaradorligini oshirish, buning uchun esa zarur chora–tadbirlar belgilash zarur edi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida diqqat qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va uni amalda qo‘llash taklifi kiritildi.

Ta‘lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, o‘quvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga ahamiyat berila boshlandi. Respublikamizda ham ta‘lim jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga e’tibor berish boshlandi. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunishimiz kerak degan savolga javob berish uchun avvalo texnologiya so‘zining ma‘nosini bilib olishimiz kerak.

“Texnologiya” – yunoncha techne va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, mahorat, san'at va so‘z, ta‘limot ma‘nosini anglatadi. Odatda, texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan qo‘llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash yo‘llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham takomillashib borgan.

Patent, litsenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bo‘lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish uchun xom ashyo, materiallarga ishlov berish usullari, bajaradigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bo‘ladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik, detalni loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo‘ladi, buning uchun standart belgilari, chizmalar va ulardagi o‘lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Loyihada aks ettirilgan xom ashyo va unga ishlov berish operatsiyalari og‘ishmay bajarilsa belgilangan standartdagi mahsulot tayyorlanadi, ya‘ni mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanadi.

Taraqqiyot “Texnologiya”ni fan sifatida ham o‘rganishni ob’ektiv zarur qilib qo‘ydi. U fan sifatida fizik, ximik, mexanik va boshqa qonuniyatlarni aniqlash orqali mahsulot ishlab chiqarishning samarali usullarini o‘rganish, yangiliklarni topish va tajribada sinashni o‘rganadi.

Ta‘lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni baholash mezonlari, dars o‘tishda o‘qituvchining alohida urg‘u beriladigan roli va boshqalarga ko‘ra o‘qitishga yondashuvni turli guruhlarga bo‘lish mumkin.

Bugungi kunda ta‘limga yondashuvlar nihoyatda turli - tuman. Ularni atroflicha o‘rgangan taniqli olim G. K. Selevko o‘zining “Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii” kitobida pedagogik texnologiyalarni turli jihatdan yondashgan holda eng ko‘p (12)ta guruhga ajratadi. Ularni turli jihatdan guruhlarga bo‘lib, chuqur o‘rganish pedagogik texnologiyalar fanida amalga oshiriladi.

Pеdаgоgik tехnоlоgiya:

1. Mа’lum nаzаriy - ilmiy аsоsgа, kоntsеpsiyagа tаyanаdi

2. Tizimlilik, o‘quv-tаrbiya jаrаyoni vа uning tаrkibiy qismlа-rining o‘zаrо mаntiqiy bоg‘liqligi;

3. Sаmаrаdоrligi, tа’lim stаndаrtlаrigа erishishni kаfоlаtlаshi, tаlаb qilinаdigаn vаqt, kuch vа vоsitаlаrning mе’yor dаrаjаsidа ekаnligi bilаn fаrqlаnаdi.

U аn’аnаviy tа’lim tizimidаn pеdаgоgik tехnоlоgiyaning:

* Bоshqаlаr tоmоnidаn qаytа аmаlgа оshirish mumkinligi.

* Tехnоlоgik tizimning аsоsiy bеlgisi аvvаldаn mаqsаd, kutilgаn nаti-jаgа erishish, sifаtni kаfоlаtlаshi bilаn аjrаlib turаdi.

А_ Pеdаgоgik tехnоlоgiya o‘quv jаrаyonining shundаy lоyihаsiki u bir kishi

yoki birоr ijоdiy guruh tоmоnidаn ishlаb chiqilаdi, undаn bаrchа o‘qituv-chilаr fоydаlаnа оlаdilаr.

_ O‘quvchi o‘qitilmаydi – uni mustаqil mutоlаа qilishgа o‘rgаtilаdi.

_ O‘quvchigа bilimlаr tаyyor hоldа bеrilmаydi, ungа bilimlаrni

mаnbааlаrdаn mustаqil оlа bilishgа, fikrlаy оlish, mustаqil pоzitsiyadа

turа оlishgа o‘rgаtilаdi.

_ Bаrchа o‘quvchilаrni o‘z qоbiliyatlаri ehtiyojlаri dаrаjаsidа аlbаttа

o‘zlаshtirib оlishlаri kаfоlаtlаnаdi.

Turli qarashlarni hisobga olgan holda pedagogik texnologiya ta‘rifiga yondashsak, “ishlab chiqarish” natijasi “mahsuloti” - ma‘lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya‘ni o‘qitish jarayonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketma-ketlikda, turli metodlarni qo‘llash orqali samarali ta‘lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta‘minlovchi pedagogik faoliyat deb tushuntirish mumkin.




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish