Ikkinchidan, hujjatlashtirish uzluksiz olib boriladi. Shu asosida xo‘jalik muomalalari ishonchliligi ta‘minlanadi.
Uchinchidan, hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lar ekan, demak ular belgilangan ma‘lum qonun-qoidalar asosida yuritilishini bildiradi. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soluvchi xuquqiy, me’yoriy hujjatlar to‘rt darajali tizim orqali amalga oshiriladi:
I. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun hamda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning boshqa me’yoriy hujjatlari;
II. Buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish funksiyasi yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va boshqa organlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari;
III. Moliya vazirligi va boshqa organlar tomonidan amaldagi qonunlarga mos ravishda va tegishli obyektlarning hisobini tashkil qilishga doir metodik ko‘rsatmalari va tavsiyanomalari, yo‘riqnomalari;
IY. Korxonaga bevosita tegishli operatsiyalar va faoliyatga tegishli hisobga doir ishchi yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar, ya‘ni korxonalar hisob siyosatini aniqlay-digan hujjatlar. Korxonaning o‘zini buxgalteriya hisobini olib borishdagi birlamchi, ishchi hujjatlari.
Shundаy hujjаtlаshtirish, bаnk, mоliya tаshkilоtlаrigа hаm tеgishli.
3. Bu fаnlаrning amaliyot hаmdа pul mаblаg‘lаri hаrаkаti bilаn bog‘liqligi yanа bir umumiy хususiyat – hаmmаsi uchun hisоb-kitоb qilishni zаrurligidа ifоdаlаnаdi.
Ulаrning bu fаоliyati qаbul qilingаn qоnunlаr, mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr аsоsidаоlib bоrilаdi. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil etish hamda yuritish O‘zbekiston Respublikasining 30. 08. 1996 yil qabul qilingan "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida" gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5.02 dagi 54 - sonli "Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibini hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) va «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy - xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi», asosida amalga oshiradi. Ushbu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qilish hamda olib borishning umumiy tartiblarini belgilaydi.
Ayniqsa, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma" nomli 21 - sonli «Buxgalteriya hisobi milliy standartlari»ning ishlab chiqilishi, buxgalteriya hisobi sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. 2000 yil 30 martda Moliya vazirligining 37- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 iyun 2000 yili Moliya vazirligida 430 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bu standart buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |