O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Abdullayev, I. Ermatov, S. Eshqulov ona tili



Download 484 Kb.
bet13/37
Sana01.01.2022
Hajmi484 Kb.
#291413
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
Darslik yozilmoqda-8.10.2021

IV BO‘LIM. ORFOEPIYA (4 soat)
1-dars. Talaffuz me’yorlari.

Muallifning soʻz qoʻllash mahorati. Tanlangan soʻzning mazmun va ohangga ta’sirini tahlil qilish. Dramatik va she’riy parchalardagi soʻzlarning ohang va mazmunga ta’sirini aniqlash topshiriqlari. Muallif tomonidan yaratilgan topilmalarni (yangi soʻzlar, birikmalar) aniqlash va baholay olishga oid topshiriqlar.


Orfoepiya so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qoidalari o‘rganiladigan tilshunoslik fanining bo‘limi.

Talaffuz bilan imlo bir-biriga chambarchas bog‘liq. Adabiy til qonuniyati asosida to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so‘zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavermaydi. Buni tovushlarning so‘zdagi o‘rni va o‘zaro ta’siri bilan izohlash mumkin. Tilshunoslikda to‘g‘ri talaffuz qoidalari to‘plami orfoepiya, to‘g‘ri yozuv qoidalari to‘plami esa orfografiya deyiladi.


1- topshiriq. Matnni o‘qing. Berilgan imlo qoidasini sharhlang.

To‘g‘ri yozish qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Kishilar o‘zaro yozishmalarida, rasmiy ish yuritishda, ta’lim jarayonida, madaniy-ma’rifiy faoliyatda tilning imlo qoidalariga amal qilishga majburdirlar. So‘z va qo‘shimchalarning yozilishi ma’lum bir qoidalarga asoslanmasa, yozuvda har xillik yuzaga keladi, natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo‘qoladi. Shuning uchun ham o‘zbek tilining imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirish lozim. 1995- yilning 24-avgustida tasdiqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»da «Harflar imlosi», «Asos va qo‘shimchalar imlosi», «Qo‘shib yozish», «Chiziqcha bilan yozish», «Ajratib yozish», «Bosh harflar imlosi» va «Ko‘chirish qoidalari» nomli bo‘limlar bor. Masalan, «Asos va qo‘shimchalar imlosi» bo‘limidagi bir qoida bilan tanishamiz: «33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 1) a unlisi bilan tugagan fe’llarda -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla – saylov, sina – sinov, aya – ayovsiz, so‘ra – so‘roq, bo‘ya – bo‘yoq, o‘yna – o‘ynoqi, sayra – sayroqi kabi; 2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi – o‘quvchi, qazi – qazuvchi, sovi – sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri – og‘riq, qavi – qaviq kabi».




Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish