O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Abdullayev, I. Ermatov, S. Eshqulov ona tili



Download 484 Kb.
bet1/37
Sana01.01.2022
Hajmi484 Kb.
#291413
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Darslik yozilmoqda-8.10.2021


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


J.ABDULLAYEV, I.ERMATOV, S.ESHQULOV


ONA TILI


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan

Toshkent – 2021



I BO‘LIM. KIRISH (8 soat)
Aziz o‘quvchi! Siz bu yil akademik litsey talabasisiz. O‘rta umumta’lim maktabida Siz o‘zbek tilining fonetik, lug‘aviy, morfologik va sintaktik qurilishi bilan yaxshi tanishgansiz. So‘z va uning lisoniy xususiyatlarini ongli o‘zlashtirgansiz. Tilning fonetik qurilishi deganda, tilimizdagi unli va undosh tovushlar, unlilar ishtirokida bo‘g‘in hosil bo‘lishi, ular so‘zni moddiy shakllantiradigan hodisalar ekanligini bilasiz. Tilning lug‘aviy qurilishida esa, tildagi mavjud barcha so‘zlar majmuasi ekanligi, so‘z ma’nolari, so‘z ma’nolari bilan bog‘liq shakldoshlik (omonim), ma’nodoshlik (sinonim), zid ma’nolilik (antonim) singari tushunchalarni o‘rgangansiz. So‘zlarning grammatika o‘rganadigan tomonlaridan ham xabaringiz bor, albatta. So‘z tarkibidagi qo‘shimchalar, ular yordamida yangi so‘zlarning, so‘z shakllarining hosil bo‘lishi, so‘z turkumlari, ularning guruhlanishi, mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari kabi hodisalarning grammatikaning morfologiya bo‘limida o‘rganilishini yodingizga keltirayotirsiz. So‘zlarning o‘zaro qo‘shilib, so‘z birikmalari va gap hosil qilishini sintaksisda o‘rgangansiz. Sintaksis ham grammatikaning bo‘limi ekanligini bilasiz. Xullas, Siz, aziz talaba, o‘zbek tilining lisoniy qurilishi bo‘yicha mukammal bilim egasisiz. Sizning akademik litsey ta’limi jarayonidagi asosiy vazifangiz nimalardan iboratligini bilasizmi? Bu kursdagi ta’limdan asosiy vazifangiz – o‘zbek tili fani bo‘yicha oldingi sinflarda egallagan bilimlaringizni amalda mustahkamlashdan iboratdir. Bilimlarni mustahkamlash chin ma’nodagi savodxonlikka tayanadi. Chin ma’nodagi savodxonlik deganda, yozuvda va talaffuzda adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish, buning uchun imlo va talaffuz qoidalarini puxta o‘zlashtirish, so‘z va iboralarni to‘g‘ri tanlash va maqsadga muvofiq ishlatish zarurligi tushuniladi. Ana shu yo‘llar bilan odam nutq madaniyatiga erishadi. Nutq madaniyati milliy madaniyatning tarkibiy qismidir. Ona tilining fonetik, lug‘aviy va grammatik qurilishidan yaxshi xabardor va uni to‘g‘ri amalga oshira oluvchi kishilarnigina madaniyatli deyiladi. Ushbu darslik materiallari Sizni millatimizning ana shunday zamonaviy madaniyatli kishilari sifatida shakllanishingizga yordam beradi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish