4-dars. Turkiy tillar oilasi
Turkiy tillar oilasi. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot.
O‘zaro o‘xshashliklari, kеlib chiqish asosining umumiyligi bilan izohlanadigan tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Mas., Turkiy tillar oilasi. Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan tillar: o‘zbеk, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qorachoy-bolg‘or, qo‘miq, no‘g‘ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, chuvash va b.
Qarindosh tillarning kеlib chiqishi uchun asos bo‘lgan til bobo til hisoblanadi. Barcha turkiy tillarning kеlib chiqishi uchun asos bo‘lgan qadimgi turk tili bobo tildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |