O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j. Abdullayev, I. Ermatov, S. Eshqulov ona tili



Download 484 Kb.
bet11/37
Sana01.01.2022
Hajmi484 Kb.
#291413
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
Darslik yozilmoqda-8.10.2021

III BO‘LIM. GRAFIKA (4 soat)
1-dars. O‘zbek yozuvlari tarixi. Insoniyat qo‘lga kiritgan tajribalar va bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazish zarurati. Yozuv orqali kishilik jamiyati yaratgan kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari ajdodlardan avlodlarga yetib kelishi. Yozuvning jamiyat tarixi bilan bog‘liqligi. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo‘lib, rivojlanib borayotgani.
Grafika (yun. graphike-yozma). Nutq tovushlarining yozuvda ifodalanish usullari: rus grafikasi, arab grafikasi. Yozuv nutqni qog‘ozda (yoki boshqa narsada) aks ettirish uchun xizmat qiladigan harfiy grafik shakllar tizimi, shu tizimga asoslanuvchi aloqa vositasi hisoblanadi.

Inson nutqi ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: og‘zaki va yozma. Yozma nutq og‘zaki nutqni maxsus belgilar tizimi yordamida ifodalash demakdir. Og‘zaki nutqda tovushlardan, yozma nutqda esa harflardan foydalanamiz. Yozma nutq yozuvning kelib chiqishi va uning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham o‘tmishda bir qancha yozuv turlaridan foydalangan. Avesto, urxun-enasoy, sug‘d, xorazm, uyg‘ur yozuvlari shular jumlasidandir. Bu yozuvlarda xalqimizning tarixi, urf-odatlari, madaniyati va san’atiga aloqador bo‘lgan qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan.

O‘zbek xalqi 1930-yilga qadar bir necha yuz yillar davomida arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir bebaho asarlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Forobiy singari buyuk olimlarimizning ilmiy mushohadalari, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho‘lpon-u Fitratlarning aql bovar qilmas go‘zal satrlari aynan ana shu yozuvda bitilgan.

1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalandi. 1940-yilning may oyidan boshlab esa rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi amalda tatbiq etildi.

Mustaqillik barcha sohalarda bo‘lgani singari yozuv borasida ham milliy davlatchilik siyosatini yurgizish imkoniyatlarini yaratdi.

1993-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.

1995-yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni e’lon qilindi.




Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish