4-dars. Fonetik uslubiyat.
Fonеtik uslubiyat til tovushlarining uslubiy imkoniyat va xususiyatlari, tovushlarning funktsional-uslubiy, emotsional-eksprеssiv bo‘yog‘i, shuningdеk, nutqda fonetik vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tanlash va qo‘llash haqidagi ta’limotdir.
5-dars. Fonetik tahlil
Fonеtik tahlil – so‘zning fonеtik tuzilishi, fonеtik tuzilishida yuz bеradigan o‘zgarishlar, fonеtik jarayonlar, tovush va harf, so‘z urg‘usi, bo‘g‘in va shu kabi nuqtai nazarlardan bo‘ladigan tahlil.
Fonetik tahlil namunasi:
1. So‘zda nechta tovush va nechta harf bor?
2. Unli va undosh tovushlar aniqlanib, ular tavsiflanadi.
3. Tovush o‘zgarishlari aniqlanadi.
4. So‘z bo‘g‘inlarga ajratilib, bo‘g‘in turlari aniqlanadi.
5. So‘zning urg‘usi aniqlanadi.
6. So‘z qaysi yozuv qoidasi bo‘yicha yozilgan?
6-dars. Grafik tasvirlar soʻzlaganda... Grafik ma’lumotlar. Ma’lumotlarning grafik usulda berilish tartibi. Ma’lumotni grafik usulda taqdim qilish usullari (diagramma, jadval, grafik organayzer). “Qizil, sariq, yashil hududlar” mavzusidagi audiomatnni tinglash va uni grafik shaklda tasvirlab berish. Ma’lumot yetkazishda grafik tasvirlar hamda jadvallarning ustunlik va kamchilik tomonlari haqida bahs yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |