SHAROSHKALI BURG'ILASH UCHUN BURG'I STAVI (BO'LAGI)
Burg'ilovchi stav (biri ikkinchisiga biriktiriladigan burg'i shtangasining bir bo'lagi va doloto) doloto va uning ostidagi amortizator hamda burg'i shtangasidan iborat Agar amortizator qo'llanilmasa, unda komplektga oxirgi va asosiy burg'ilovchi shtangalar kiradi. Oxirgi shtanga quvur va unga burab kiritilgan va payvandlangan nippel bilan pastki va yuqorigi bo'lagidan iborat.
Asosiy burg'ilovchi shtanga burab kiritilgan metall quvur va payvandlangan mufta bilan nippeldan iborat.
Mufta va nippel ichidagi kanal siqilgan havo o'tkazishga mo'ljallangan konussimon qulf rezbaga ega. Rezba yordamida burg'ilovchi shtangalarni bir-biriga burab kiritiladi. Nippel sirtida diski bo'lib, shtanganing kaliti bilan yoki kassetaning sektori bilan tutib turishga xizmat qiladi. Ba’zan burg'i staviga har xil diametrli dolotolarni ulash uchun perexodniklardan foydalaniladi, bunday perexodniklar joyida tayyorlanadi.
Burg'ilovchi asboblarni ta’mirlash uchun ruda konlarida quvur kesuvchi dastgoh bo`lishi kerak. Odatda, shunday ishlarni bajarish maqsadida 91П4С turidagi dastgohdan foydalaniladi. Nippel va perexodniklar tayyorlash uchun 40XH markali po‘lat qo'llaniladi.
Metall quvurlar 35, 30 ХГСА markali po'latdan tayyorlanadi.
Amortizator egiluvchan (elastik) tizimdan iborat bo‘lib, uni shtanga bilan doloto oralig‘iga o'matiladi. Agar amortizator o'rnatilmagan bo'lsa, doloto skvajinada ishlayotganida tebranish yuzaga keladi, bu o‘z navbatida burg‘ilovchi stavga uzatiladi.
Amortizator dolotoga tebranma harakaianish imkonini beradi, shu bilan birga burg'ilovchi stavga ham amplitudasi qisqargan tebranma harakatini uzatadi.
Burg‘ilash snaryadi tebranishining kamayishi dolotoning ishlashiga va dastgoh mexanizmlarining ishlashiga yaxshi ta ’sir etadi. Dolotoni yemirilishga bo'lgan turg‘unligi bu bilan 20—25% ortadi, aylanish mexanizmining ishlash resursi (imkoniyati) 30—40% ko‘tariladi. Bu esa, o‘z navbatida, dastgohning bekor turib qolishini kamaytirib, ta ’mirlash uchun sarflanadigan mablag‘ni qisqartirishga imkon yaratadi. Amortizator bir-biriga nisbatan joyini o‘zgartiradigan metall quvurlardan iborat bo'lib, ular oralig‘iga oboymali elastik rezina element joylashtirilgan bu element tebranish energiyasini qabul qilib oladi va tebranishni qisman so'ndiradi.
Xulosa
Aylanib burg'ilaydigan burg'i dastgohining burg'ilovchi asbobi ( ochiq usulda qazib olishda ) bir necha ketma-ket ulangan shtanga va dolotodan iborat. Sidirg'asiga kesuvchi qirrali doloto ko'mir va qoplama jinslarni burg'ilashda ishlatiladi, uning katta uzun kesuvchi qirrasi bo'lib, u 1 sm uzunlikdagi tig'ga to 'g 'ri keladigan yo'nalishidagi kuch miqdori oz o 'lchamda bo'lishi bilan belgilanadi. СВБ-23-03М 2 markali doloto qattiq metall qotishmasi bilan uskunalangan, ko'p mehnat va energiya sarflashni talab etadi.
Pitrali doloto tog‘ jinslarini yemirib ushatuvchi asbob bo‘lib, korpus va pitralardan tashkil topgan sapfada erkin aylanadi. Sapfa (o 'q yoki valning podshipnikda aylanadigan qismi, bo‘yin) bilan dolotoning panjasi (changali) tugaydi. Sharoshka dolotoning ijrochi qismi bo‘lib, konussimon po‘lat korpusdan iborat. Uning yuzasida tishlari joylashtirilgan. U skvajina tubida aylanish natijasida o ‘q yo‘nalishidagi kuchlanish ta ’sirida doloto tagidagi jinslarga botib, ularni aylanish davomida yemirib boradi. Ushalib maydalangan tog‘jinslarini skvajina tubidan siqilgan havo yordamida yoki skvajinani yuvadigan eritma bilan chiqarib tashlaydi.
Burg'ilovchi stav (biri ikkinchisiga biriktiriladigan burg'i shtangasining bir bo'lagi va doloto) doloto va uning ostidagi amortizator hamda burg'i shtangasidan iborat Agar amortizator qo'llanilmasa, unda komplektga oxirgi va asosiy burg'ilovchi shtangalar kiradi. Oxirgi shtanga quvur va unga burab kiritilgan va payvandlangan nippel bilan pastki va yuqorigi bo'lagidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |