Uzatmalar qutisi detallarini nazorat qilish va texnik holatini tekshirish
Shesternya va blokirovkalovchi halqalarning konussimon yuzlarining yeyilishi halqa va shesternya ko’ndalang yuzalari orasidagi tirqishni o’lchab aniqlanadi. Buning uchun shesternyaning konussimon yuzasiga zich qilib blokirovkalovchi halqa kiygiziladi va shtup yordamida tirqish “A” o’lchanadi. Yangi juft uchun bu tirqish 1,0 mm bo’lishi kerak. Tirqish 0,5 mm ni tashkil qilsa, yeyilgan detallar almashtiriladi. Blokirovkalovchi halqalardagi o’yiqlarning eni ham tekshiriladi. O’yiqlarning nominal eni I-uzatmaning halqasi uchun 8,2 mm, ruhsat etilgan maksimal qiymati esa 8,6 mm. uzatmalarning halqalari uchun ruhsat etilgan qiymati 10 mm (nominal qiymati 9,6 mm), V-uzatma uchun esa 9,8 mm (nomonil qiymati 9,4).
Mufta va uzatmalarni almashlab qo’shish ayrisi orasidagi tirqish yangi juft uchun 0,2…0,6 mm bo’ladi. Hamma uzatmalar uchun ruhsat etilgan tirqish 1,0 mm. agar tirqish 1,0 mm ni tashkil qilsa, ayrining ko’ndalang yuzasi shtangensirkul yordamida o’lchanadi. Ayri ko’ndalang yuzasining standart qalinligi I vaII uzatmalar uchun 8,7 mm, uzatmalar uchun 7,8 mm. ayri ko’ndalang yuzasining yeyilishi 0,6 mm dan katta bo’lsa ayrini almashtirish kerak.
Mufta va sinxronizator gupchagini nisbatan ravon va tiqilib qolmasdan siljishi tekshiriladi. Uzatmalar qutisini yig’ish detallarga ajratishga nisbatan teskari tartibda amalga oshiriladi;ilashish muftasi karteriga salnik va yetaklanuvchi val podshipnigining tashqi halqasi presslanib o’rnatiladi; Yetakchi va yetaklanuvchi vallar yig’ilgan holda ilashish muftasining karteriga o’rnatiladi; orqaga yurish oraliq shesternyasining o’qi ilashish muftasining karteriga o’rnatiladi.
Uzatmalar qutisi karterining tayanch yuzasiga zichlovchi pasta surtib chiqiladi va ilashish muftasining karteriga mahkamlanadi. Karterlarni mahkamlovchi boltlar 15…25 H*m moment bilan tortiladi. Orqaga yurish shesternyasining o’qini karterda ushlab turuvchi bolt 18… 28 H*m moment bilan tortiladi.
Yumshoq metalldan ishlangan sterjendan foydalanib yetaklovchi valning chap podshipnigining tashqi halqasi bolg’a bilan urib kiritiladi. Yetaklanuvchi valning konussimon podshipniklari qistirmalarining qalinligi tanlab rostlanadi. Podshipnik roliklari to’g’ri o’rnatilishi uchun yetaklanuvchi val bir necha marta aylantiriladi, podshipnikning tashqi halqasi va karter yuzasi orasidagi “A” masofa o’lchanadi.podshipniklar to’g’ri rostlanishi uchun qistirmalarning jami qalinligi “A” o’lchamdan 0,08…0,12 mm dan katta bo’lishi kerak. Masalan, o’lchash natijasida “A” masofasi 0,63…0,67 mm bo’lsa qistirmaning qalinligi 0,75 mm deb qabul qilinadi.
Podshipniklarni ushlab turadigan plastina o’rnatiladi, plastina vintlari bo’shab qolmasligi uchun vintlarga maxsus pasta surilib keyin buraladi. Beshinchi uzatmaning yetakchi shesternyasi sinxronizatorning gupchagi va muftasi o’rnatiladi va uzatmalarning almashlab qo’shilishi tekshiriladi. So’ngra yetaklanuvchi valning gaykasi 60…80 H*m moment bilan tortiladi.
Beshinchi uzatma ayrisining bolti 10…18 H*m moment bilan tortiladi, so’ng kontaklanuvchi yuzalarga maxsus pasta surtiladi, yon tomondagi qopqoq o’rnatiladi. Qopqoq boltlari 8…12 H*m moment bilan tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |