2. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Mazkur qoidalarda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llanadi:
o‘lcham
— obyekt, jism yoki moddaning sifat jihatidan ajratilishi va miqdor
jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan xossasi;
o‘lcham birligi
— o‘lchamning, shu o‘lcham birligi deb qabul qilingan va u
bilan bir xil bo‘lgan o‘lchamlarni miqdor jihatdan ifodalash uchun qo‘llanadigan
qayd etilgan qiymati;
kogerent hosila birlik
— ushbu o‘lchamlar tizimi uchun va asosiy
birliklarning tanlangan to‘plami uchun asosiy birliklarning birga teng
proporsionallik koeffitsiyenti bilan darajalarining ko‘paytmasi hisoblangan hosila
birlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |