6. QIYOSLASHDAN O‘TKAZILGAN HISOBGA OLISH ASBOBINI
JOYIGA O‘RNATISH
Vakolatli xodim qiyoslashdan o‘tkazilgan hisobga olish asbobini o‘rnatib,
uning klemmnik qopqog‘ini (sxemasini) plombalaydi va iste’molchiga hisobga
olish asbobining qiyoslashdan o‘tganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasini
beradi.
Hisobga olish asbobi o‘rnatilgandan so‘ng, bu haqda ikki nusxada
dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada hisobga olish asbobining turi, zavod raqami,
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning o‘rnatilgan vaqtdagi ko‘rsatkichlari
hamda boshqa zarur ma’lumotlar qayd etiladi.
Dalolatnoma vakolatli xodim hamda iste’molchi tomonidan imzolanadi.
Dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, elektr
ta’minoti korxonasida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |