elektr ta’minoti korxonasi
— hududiy elektr tarmoqlari korxonasining
tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektrenergiyasini
taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo‘linmasi;
qiyoslashdan o‘tkazish ishlari
— elektr ta’minoti korxonasi tomonidan
iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish (demontaj qilish), uni
qiyoslashdan o‘tkazish, qiyoslashdan o‘tgan hisobga olish asbobini iste’molchiga
etkazib berish, hisobga olish asbobini joyiga o‘rnatish (montaj qilish) bo‘yicha
bajariladigan ishlar (xizmatlar) majmui.
Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan O‘zbekiston Respublikasi
O‘lchov vositalari davlat reestriga kiritilgan hisobga olish asboblari belgilangan
tartibda qiyoslashdan o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish asboblari:
Do'stlaringiz bilan baham: |