Sertifikatlashtirish ob'ektlari va sub’ektlari
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar
sertifikatlashtirish ob’ektidir.
«O‘zstandart» agentligi, akkreditasiya qilingan sertifikatlashtirish organlari,
sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya
organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida
ishtirok etadigan xodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish sub’ektlaridir.
Sertifikatlashtirish sub’ektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy
tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik
shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi belgilagan
tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |