69
iste’molchiga standart talablariga nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlar
kirib kelishidir. Bu esa bir necha qiyinchilik va noaniqliklarni
keltiradi.
3
III
Bu sxemada mahsulot
namunasi tegishli standart, NX bo‘yicha
muvofiqligi aniqlanib, shu bilan birga qayta-qayta mahsulot sifati
iste'molchiga yubormasdan turib omborxonada tekshiruvdan
o‘tkazib turiladi. Bu sxemadan ko‘rinib turibdiki, Tovar savdo
shaxobchasiga tushmasdan turib sinov nazorati o‘tkaziladi.
Standartga nomuvofiqligi aniqlansa, iste'molchiga jo‘natish
to‘xtatiladi.
4
IV
Bu sxemada mahsulot turlarini xuddi 1-3 sxemalardagidek
sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib,
shu bilan birga savdo
shaxobchasidagi
hamda
ishlab
chiqarishdan
olingan
namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish
orqali mahsulotning sifati aniqlangan xolda sertifikatlanadi. Bu
xolda mahsulot korxona tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning
ma'lum harajatlar sarf bo‘lgandan keyin standart talablariga
nomuvofiqligi
aniqlanadi.
Bu
esa
ushbu
sxemaning
kamchiliklaridan hisoblanadi. Shuning uchun bu sxema
rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalmagan.
5
V
Beshinchi
sxema
bo‘yicha
mahsulot
yoki
xizmat
sertifikasiyalanayotganda butun bir texnologik jarayon sinovdan
o‘tkaziladi, hamda ishlab chiqarish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichi
aniqlanib, xulosa qabul qilinadi. Ko‘rinib turibdiki, korxonadagi
mahsulot sifatini ta'minlashda, sifat tizimini baholanishida uning
mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham
ushbu usul sanoati
rivojlangan mamlakatlarda, hamda xalqaro
standartlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir.
Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng
murakkab va nisbatan qimmatroq, hisoblanib,
uning afzalligi
iste'molchi uchun maxsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga
ishonch hosil qiladi, bu esa ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va
iste'molchi uchun eng muhim mezondir.
6
VI
Bu sxemada faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta'minlash
bilan tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul
ayrim vaqtda korxona tayyorlovchini attestatlash deb ham
yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning
belgilangan darajadagi mahsulot chiqarish qobiliyati baholanadi.
7
VII
Bu sxemada sertifikatlashtirish uchun har bir partiyadan
(to‘dadan) namuna olib sinov o‘tkaziladi va uning natijasi
bo‘yicha mahsulotni (to‘dani) iste'molchiga
yuborish lozimligi
aniqlanadi.
8
VIII
Bu sxema oldingi sxemalardan farqli o‘laroq, ishlab chiqilgan
mahsulotning hammasi (barcha qismlari) sinovdan o‘tkaziladi.
Bu sxemada ishlab chiqaruvchi uchun katta va qattiqroq talab
qo‘yiladi, katta mas'uliyattalab qiladi. Bu sxema asosan