Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab
chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga
o‘zgartish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek mazkur
reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar
tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat
organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |