17-mavzu. FVDTning faoliyat kо‘rsatish tartibi.
Kundalik faoliyat rejimi - muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bо‘lishi xavfi mavjud bо‘lmaganda. Yuqori tayyorgarlik rejimi - favqulodda vaziyatlar sodir bо‘lishi xavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda). Favqulodda vaziyat rejimi - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda).
18-mavzu. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish
Fuqaro muhofazasi omillarini (harbiy hamda tinchlik davrda) rejalashtirish. Fuqaro muhofazasi tadbirlarinirejalashtirishga qо‘yiladigan talablar.Rejalashtirish uchun kerakli meyoriy- huquqiy hujjatlar.
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida”gi va “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi qonunlarini amalda qо‘llanilishi va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash, fuqaro muhofazasi rejasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fuqaro muhofazasi rejasi deyilganda - qо‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradigan muhofaza tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Bunday tadbirlarga: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, aholini va hududlarni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish, qutqaruv va tiklov ishlarini о‘tkazishga kuch va vositalarni tayyorlash hamda kо‘riladigan zarar va talofotlarning miqyosini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalari kiradi.
Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosda ishlab chiqiladi. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari oldindan tuzilib, ular respublika miqyosidan tortib, to obyekt darajasigacha alohida tuziladi. Rejalashtirish har qanday FV lar uchun (tinchlik yoki harbiy davr) alohida ishlab chiqiladi.
FVda fuqaro muhofazasi rejalari respublika miqyosida Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tomonidan, hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqarish hamda ijtimoiy obyektlarni muhofaza qilish rejalari esa korxona, tashkilot va muassasalarning boshliqlari tomonidan tuziladi.
О‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Ayni chog‘da О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat FM boshlig‘i hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi bо‘yicha favqulodda vaziyatda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini rejalashtirish hamda FMni boshqarish Favqulodda Vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
О‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar muhofazasi tо‘g‘risida” gi qonunning 7-moddasida Respublika Vazirlar Mahkamasining FM sohasidagi quyidagi vakolatlari belgilab qо‘yilgan:
fuqaro muhofazasi sohasidagi yagona davlat siyosati о‘tkazilishini ta’minlaydi;
О‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rejalashtirish va takomillashtirishning asosiy yо‘nalishlarini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga о‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi respublika ma’muriy hududiy tuzilishiga muvofiq hududiy - ishlab chiqarish prinsipida tashkil etilib, milliy iqtisodiyotni hamma tarmoqlarini qamrab oladi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa obyektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy texnika oziq ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini tо‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Fuqaro muhofazasi rejasiga qо‘yiladigan talablar. Fuqaro muhofazasining tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini, geografik joylashgan о‘rni hamda FV xavfi qanchalik aniqligini hisobga olgan holda, oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
FM ning rejalariga quyidagi talablar qо‘yiladi:
1) Tо‘liq, mukammal ishlangan bо‘lishi;
2) Mazmuni qisqa va lо‘nda bо‘lishi;
3) Vaqt har tomonlama qat’iy hisobga olinishi;
4) Aniq va real bajariladigan bо‘lishi;
5) Iqtisodiy tomondan maqbul bо‘lishi kerak.
Rejaning mukammal tо‘liq ishlanganligi - aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilinishini ta’minlaydigan tadbirlar majmuasini ishlab chiqilishini va uning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun rejada bajariladigan aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va boshqaruvchilari kо‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |