Transport avariyalari va halokatlari
Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqkiyoti bilan bogʻliq. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.
1825 yil jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton —Darlington temir yoʻl (21 km, Angliya) J.Stefenson tomonidan qurilgan. 30y.larda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiyada xam temir yoʻl kurildi. 1850—70 yillarda Osiyo, Afrika, Jan. Amerika va Avstraliyada xam kurila boshladi. 20-asr boshlarida jahonda temir yoʻl tarmogʻi 1 mln. km dan oshdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida temir yoʻl tarmoklarini tez rivojlantirgan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik ahamiyatga egaligi boʻlib, Transport yoʻlit. xoʻjalik, iktisodiy va strategik vazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakatlararo, hududlararo madaniy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, xalkaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning ilmiytexnik taraqqiyotiga xam salmokli hissa koʻshadi. Temir yoʻl transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir.
Oʻzbekistonda dastlabki temir yoʻl 1886—88 yillarda Zakaspiy temir yoʻlining Forob styasidan Samarqandgacha yotqizilgan (podsho Rossiyasi tomonidan imperiyaning jan. chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan va harbiystrategik maqsadlardagi Zakaspiy harbiy temir yoʻl nomi bilan 1880 yil noyabrdan 1886 yil dek.gacha kurib bitkazilgan Krasnovodsk — Chorjoʻy temir yoʻlning davomi). 1888 yil may oyida Amudaryo orkali 2,7 km uzunlikdagi yogʻoch koʻprik kurib bitkazilishi bilan temir yoʻlda Samarqandgacha poyezdlar qatnovi boshlandi. Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 yillarda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899 yil temir yoʻl Toshkentga yetkazildi (qarang Samarkand — Andijon temir puli). 1890 yil kuzida 1874 yilda Rossiya imperiyasining maxsus temir yoʻl komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg temir yoʻl qurilishi boshlandi. 1906 yil yanvarda Toshkent — Orenburg temir yoʻl (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907 yil Kogon—Buxoro, 1913—16 yillarda Fargʻona halqa temir yoʻlning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 yillarda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917 yilga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida jami temir yoʻl uzunligi 1,1 ming km edi.
20-asrning 20y.laridan boshlab fuqarolar urushi yillarida vayron boʻlgan temir yoʻl harakat tarkibi va yoʻl xoʻjaligini tiklash uchun zarur choralar kurildi. Shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi temir yoʻl liniyalari kurilishiga ham eʼtibor berildi. Fargʻona (Iskobil) — Kuvasoy (1922), Karshi— Kitob (1924), Amudaryo (Samsonovo) — Termiz (1925), Asaka —Shahrixon (1931) va boshqa temir yoʻl liniyalari kurilib foydalanishga topshirildi. 1929—31 yillarda kurilgan uz. 1452 km boʻlgan Turkiston—Sibir temir yoʻli (Turksib) Oʻzbekiston temir yoʻl bilan ulandi.
30y.larda Oʻzbekiston temir yoʻlda EU seriyadagi yangi parovozlar ishlay boshladi, yirik styalarda vagonlar saralashda qulay boʻlgan maxsus moslamalar, nim doʻnglik (gorka)lar, konteyner maydonlari kurildi, katta, masofalarda temir yoʻl liniyalari rekonstruksiya qilindi, poyezdlarning harakat tezligi oshirildi, yuk va yoʻlovchilar tashish koʻpaydi.
1941—45 yillardagi urush davrida Temir yoʻl t.da front uchun zarur yuklar tashildi. Urushdan keyingi yillarda transportning bu soxasida tub oʻzgarishlar qilindi. Lokomotivlar kuvvati oshirildi, poyezdlar tigʻiz qatnaydigan joylarda ikkinchi yoʻllar qurildi. Parovozlar oʻrniga elektrovoz va teplovozlar koʻllanildi. Styalarning texnika bilan jihozlanishi yaxshilandi. Bu davrda magistral yoʻllardan sanoat shaharlariga (Toshkent—Angren, Toshkent— Chirchiq) shoxobcha yoʻllar kurildi. 1963 yili Krasnovodsk—Boku parom yoʻlining ishga tushirilishi bilan Toshkent—Krasnovodsk liniyasi Ozarbayjon temir yoʻl bilan muntazam boglandi. 1964 yil Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston temir yoʻllari boshqaruvi Toshkentda boʻlgan yagona Oʻrta Osiyo temir yoʻlga birlashtirildi. 1971 yilda Qozogʻiston orqali Rossiyaga chiqadigan Qoʻngʻirot—Beynov temir yoʻl kurildi. 1982 yil Termiz shahri yaqinida Amudaryo orqali Afgʻonistonga oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli koʻprigi foydalanishga topshirildi. Aksariyat viloyat markazlarida yangi temir yoʻl vokzallari kurildi.
1994 yil noyabrda Oʻrta Osiyo temir yoʻlning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan temir yoʻl korxonalari va boʻlimlari, loyihakonstruktorlik va boshqa tashkilotlari, muassasalari negizida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tashkil etildi. Respublika temir yoʻl transportini rivojlantirish istiqbollari Iktisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining Kvetta rejasida belgilangan vazifalar qatoridan oʻrin olgan.
21-asr boshida Oʻzbekiston Transport yoʻlit. tarkibida ijtimoiy sohalar va ishlab chiqarish.ga yoʻnaltirilgan korxona muassasa va tashkilotlardan iborat boʻlgan yagona texnologikishlab chiqarish. majmuiga aylandi. Kompaniyaning temir yoʻldan foydalanishga masʼul boʻlgan Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Buxoro, Qoʻngʻirot, Qarshi— Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzellari fao, liyat koʻrsatadi (2004).
Yuk tashishda teplovozlar (respublika temir yoʻlda parovoz 1974 yilgacha ishlatildi), yoʻlovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻlini elektrlashtirish dastlab 1970 yil Toshkent—Yangiyoʻl uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xoʻjakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari katnovi yoʻlga qoʻyiddi. 1985 yildan temir yoʻlni oʻzgaruvchan tokda elektrlashtirishga oʻtildi. 1993 yilda Transport yoʻlining Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003 yildan Toshkent—Samarkand yoʻnalishida "Registon" elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning yagona temir yoʻl tarmogʻini vujudga keltirish boʻyicha uz. 700 km ga yaqin Navoiy — Uchquduk — Nukus temir yoʻli kurib bitkazildi, 223 km li Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli kurilishi boshlab yuborildi. Bu yoʻllar xududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi tasarrufida asosiy temir yoʻlning foydalanish uz. 3992 km. Bundan tashqari, 1992,7 km stya yoʻllari va 362,4 km respublika korxonalari shoxobcha yoʻllaridan foydalaniladi. Elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyalari uz. 620 km (2004 yil 1 yanvar).
2003 yilda umumiy foydalaniladigan Transport yoʻlit.da asosiy qismi toshkoʻmir, neft yuklari, kurilish yuklari, sement, kimyoviy va mineral oʻgʻitlar, don mahsulotlari va boshqalardan iborat boʻlgan 45,1 mln. t yuk tashildi, yuk aylanmasi 19,1 mlrd.t. km ni tashkil etdi (2000 yilda tegishlicha 42,4; 15,4). Mamlakat ichida tashilgan jami yuklarning 9,7%, uzoq xorij mamlakatlariga joʻnatilgan yuklarning 40,7% Transport yoʻlit. hissasiga toʻgʻri keldi. Temir yoʻl transportida joʻnatilgan yoʻlovchilar esa 15,3 mln. kishidan, yoʻlovchi aylanmasi — 2,065 mlrd. yoʻlovchi. km dan iborat boʻldi (2000 yilda tegishlicha 14,5; 2,2).
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining lokomativ parki yangi tipdagi teplovozlar, elektrovozlar, elektropoyezd (seksiyalar)laridan tashkil topgan. "Oʻztemiryoʻlmashtaʼmirlash" unitar korxonasi — Toshkent teplovoz taʼmirlash zdida yirik magistral teplovozlar taʼmirlanadi, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. "Oʻzvagontaʼmir" aksiyadorlik jamiyatida barcha turdagi yuk tashish vagonlari taʼmirlanadi. 2001 yilda yoʻlovchi tashish vagonlarini taʼmirlaydigan "Toshkent yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash zdi" aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi. 1998 yildan kompaniya tarkibida asosiy faoliyati shahar atrofi, shaharlararo — mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, pochta, qoʻl yuki tashishga ixtisoslashgan va bir kunda 10 mingdan ortiq fuqarolarga xizmat koʻrsatadigan "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatadi.
Respublika Transport yoʻlit. qurilishini loyihalash ishlarini Toshkent transport loyihalashqidiruv instituti (Tashgiprotrans, 1952) va Toshkent temir yoʻl loyiqalash — qidiruv instituti ("Toshtemiryoʻlloyiha", 1969) olib boradi. Temir yoʻl transporti uchun muhandis va texnik xodimlar "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining Akmal Ikromov nomidagi Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti (1931), Toshkent (1932), Samarkand (1932), Xovos (1979) temir yoʻl transporti kollejlarida tayyorlanadi.
Jahonning barcha rivojlangan davlatlarida Transport yoʻlit. yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Bu transport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri yuqori tezlikda harakatlanuvchi yer usti transport turini joriy qilish hisoblanadi. Bu tizimda harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori boʻlib, bunday temir yoʻllar 2avlod temir yoʻl toifasiga kiritiladi. Gʻarbiy Yevropa va Yaponiyaning baʼzi temir yoʻl uchastkalarida poyezdlar tezligi 350–500 km/soatga yetkazilgan. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 90y.larida temir yoʻl uzunligi (ming km): AQShda—205, Bukj Britaniyada — 16,6, Kanadada — 93,5, Fransiyada — 34,6, Yaponiyada —23,9, Italiyada — 25,8. Ochilboy Romashov.
Ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar; yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar); portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari; odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar; gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar. Yuk temir yo'l poezdlarining avariyalari, yo'lovchi poezdlarining avtohalokatlari, metro poezdlari, avtoulovlardagi baxtsiz hodisalar (falokatlar), ko'priklar, tunnellar va temir yo'l kesishmalaridagi transport hodisalari, magistral quvurlaridagi avariyalar, yuk kemalarining avariyalari (dengiz va daryolarda) , yo'lovchilar kemalarining (dengiz va daryolarda) baxtsiz hodisalari (baxtsiz hodisalari), dengiz osti kemalarining baxtsiz hodisalari (baxtsiz hodisalari), aeroportlar va aholi punktlarida avtohalokatlar, aeroportlar va aholi punktlari tashqarisidagi avtohalokatlar, raketa kosmik majmualarining yerdagi avariyalari (baxtsiz hodisalari), kosmik kemalarning orbital avariyalari.
Dunyo metrolaridagi 5 ta eng yirik halokatlar Dunyo metropoliteni tarixida ko‘plab avariyalar yuz bergan. Ularning ba’zilari texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ba’zilarida insonning katta xatosi sabab bo‘lgan. Metrolarda ro‘y bergan eng yirik 5 ta halokat haqida qisqacha ma’lumotlar. Metro hozirda eng qulay, tezyurar va xavfsiz transport turidir. Biroq ushbu «xavfsiz» transportda yo‘l qo‘yiladigan kichik xatolik ham katta halokatlarga olib kelishi mumkin. Dunyoni larzaga keltirgan metrodagi 5 ta yirik avariyalar haqida qisqacha ma’lumotlar. 1903 yil 10 avgustda metro mashinisti «Menilmontan» va «Kuronne» stansiyalari o‘rtasida bo‘sh poyezdni boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Uning vagonlaridan birida yong‘in yuzaga keladi. U yerda odamlar yo‘q edi, lokomotiv muvaffaqiyatli ajratilib, halokatni chetlab o‘tish mumkin edi. Ammo tutun shu qadar kuchli ediki, keyingi poyezd haydovchisi yonayotgan vagonni ko‘rmay, unga katta tezlikda urilib ketgan. Odamlarning bir qismi bir zumda halok bo‘lgan. Ba’zilari ertasi kuni is gazidan zaharlanib asta-sekin vafot eta boshlagan, chunki olov manbaiga o‘tishning iloji yo‘q edi. Jabrlanganlarga yordam berish uchun o‘t o‘chiruvchilar tunnelni portlatishlariga to‘g‘ri kelgan. Biroq, juda kech bo‘lgan edi. Qutqaruvchilar yetib kelganida 84 kishi vafot etgan bo‘lgan.
1995 yilda ro‘y bergan ushbu fojea dunyo metrolari tarixidagi eng katta avariyalardan biriga aylandi: 286 yo‘lovchi vafot etdi (ulardan 126 nafari ayol va 28 nafari bolalar). Bunga tig‘iz paytda vagonlardan birida dvigatelning yonishi sabab bo‘lgan. Ammo halokatning asosiy sababchisi eskirgan uskunalar emas, inson bo‘lganligi aytiladi.
Mashinist katta xatoga yo‘l qo‘ygan deyiladi. U poyezdni eng yaqin «Narimanov» bekatiga tortish o‘rniga, uni tunnelda to‘xtatib, voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar beradi va kontakt relsini o‘chirishni talab qiladi. Yo‘lovchilarda vahima boshlangan, vagonlar yonavergan. Odamlar tutun bilan to‘lib ketgan vagondan tunnelga chiqish uchun deraza va eshiklarni sindirganlar. Halok bo‘lganlarning aksariyati tiqilinchda havo yetishmasligidan va vagon charm qoplamasining yonishidan chiqayotgan zaharli tutundan bo‘g‘ilishgan. Tashqarida esa haqiqiy gaz kamerasi bo‘lgan va ko‘rish qobiliyati pastligi sababli qurbonlar yo‘nalishni topa olmaganlar. Ba’zilarni tunneldan chiqmoqchi bo‘lganida elektr toki urib o‘ldirgan. Uch nafar qutqaruvchi ham vafot etgan.
2014 yil 15 iyul kuni ertalab «Park Pobedы» va «Slavyanskiy Bulvar» bekatlari orasidagi hududda to‘satdan tormozlanish sababli uchta vagon relsdan chiqib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat kuchlanishning birdan pasayishi va yolg‘on signal tufayli sodir bo‘lgan. Avariya natijasida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi. Fojia yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
7-mavzu. Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar.
Atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va о‘simliklarning kо‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bо‘lgan yoki olib kelgan darajada, yо‘l qо‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bо‘ladigan kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
Har qanday zamonaviy mamlakatda turli kimyoviy shaxslarning yetarlicha katta raqam bor. ularning ustiga hodisalari öngörülememesi, ifloslangan havo tez tarqalishi jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun zudlik bilan choralar talab qiladi.
aholining kimyoviy himoya ta'minlash himoya quyidagi usullari foydalanish kamayadi:
Nafas olish, gaz niqoblar, himoya kostyumlari.
Himoya.
Vaqtinchalik boshpana.
aholining evakuatsiya xavf okrugidan.
Bu usullar yolg'iz foydalanish mumkin, lekin boshqalar bilan birlashtirilishi mumkin.
20-rasm. Shaxsiy himoya kiyimi
kimyoviy xavfli ob'ektlar chalingan emas ehtiyot blokirovku uchun, yaxshi zarur chora-tadbirlar. Bu o'z ichiga oladi:
aholini ogohlantirish Operationalizing bir tizim.
shaxsiy himoya uskunalar ta'minlash uchun monitoring tayyor edi va ba'zi joylarda saqlanadi.
boshpanani tayyorlash.
evakuatsiya sohasida aniqlash.
eng samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish ayrim hollarda aholini himoya qilish.
ta'lim boshqaruvi va halokat oqibatlarini bartaraf etish uchun mo'ljallangan kuchlarga, o'tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |