1.2.Quyida keltirilgan sistemalarning (xona temperaturasidagi) fizikaviy holatini aniqlang: balondagi geliy; termometrdagi simob;
1.3. Quyidagi jarayonlarda qanday o‘zgarishlar borayotganini aniqlang:
A) gaz holatidagi xlor natriy bilan ta’sirlashib natriy xlorid cho‘kmasini hosil qiladi;
B) temir va rux zarrachalaridan iborat aralashma bilan magniy ta’sirlashmoqda;
1.4. Quyidagi sistemalarda kimyoviy yoki fizikaviy o‘zgarishlar borayotganini aniqlang:
A) MgCl2 suyuqlanmasidan elektr toki o‘tkazilganda Mg suyuqlanmasi va gazsimon xlor hosil bo‘ladi;
B) temir parchasi kukungacha maydalangan.
1.5. Quyida keltirilgan o‘zgarishlarning qaysilari kimyoviy?
A) sho‘rvani qaynatish;
B) non burdasini qovurish;
V) daraxt to‘nkasini kesish;
G) daraxt to‘nkasining yonishi.
1.6. Sistemaning qaysi komponenti kattaroq potensial energiyaga ega?
1.7. A) benzobakdagi yonilg‘i yoki yonish mahsulotlaridan iborat chiqarilayotgan gazlar;
B) olovdagi daraxt yoki yongandan keyingi kul;
1.8. Qanday holatda sistemada kinetik energiya ko‘proq ekanligini ko‘rsating.
A) tepalikda turgan china yoki tepalikdan tushayotgan china;
B) to‘g‘onda to‘silgan suv yoki to‘g‘ondan tushayotgan suv.
|
2. KIMYONING ASOSIY QONUNLARI
Atom-molekular ta`limot nuqtai nazaridan kimyoning asosiy qonunlariga moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibining doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlari qonuni, ekvivalentlar qonuni, Avogadro qonuni va energiyaning saqlanish qonuni kiradi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni. Bu qonun dastlab M.V.Lomonosov (1748) keyinchalik A.Lavuazye (1788) tomonidan ta’riflangan. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasining yig’indisi reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasining yig’indisiga teng.
1) 4 Na + O2 = 2Na2O
92 g + 32 g = 114 g
114 g 114 g
2) 2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O
8 0 g 98 g142 g 36 g
178 g 178 g
Bu qonun barcha kimyoviy hisoblashlarda qo’llaniladi.
Tarkibning doimiylik qonuni birinchi marta 1781 - yilda Laveuazye tomonidan kashf etilgan. U karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod orasidan massalari nisbiy 3:8 ekanligini aniqladi. 1803 yili Fransuz Bertole o’zining ba`zi bir tajribalariga asoslanib, bu qonunga qarshi chiqdi. U ikki elementdan tarkibi o’zgarib boruvchi bir necha birikma hosil bo’ladi, ya`ni tarkib uzluksiz o’zgaradi, degan fikrga keldi. Shu vakillardan Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqib, o’zining qator analizlari bilan toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini isbotladi.
_____________
1. Materials science and engineering (An Introduction)William D, Callister, Jr David G, Rethwisch1 БОБ, 1.2 бўлим, 2 бет
_____________
1. Materials science and engineering (An Introduction)William D, Callister, Jr David G, Rethwisch1 БОБ, 1.2 бўлим, 2 бет
Qonunining ta`rifi.Har qanday kimyoviy toza modda qayerda bo’lishidan va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar doimo bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo’ladi.
Bu qonunning ma`nosini quyidagi misol bilan tushuntirsa bo’ladi.
Osh tuzi - NaCl moddasini quyidagi reaksiyalar bo’yicha hosil qilish mumkin.
2Na + Cl2 = 2NaCl
NaOH + HCl = NaCl + H2O
3)BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl +BaSO4
Tenglamalardan ko’rinib turibdiki, uchchala reaksiya (uchta usul) bilan hosil qilingan NaCl moddasi tarkibida 1atom Na ga 1atom Cl to’g’ri keladi. Bu modda qayerdasaqlanmasin (laboratoriyada, idishda va hokazo), uning tarkibi NaCl ligicha qolaveradi. yoki CaO ni hosil qilish reaksiyalarida ko`riash mumkin.
1) 2Ca + O2 – 2CaO,
2) CaCO3 → t CaO + CO2,
3) Ca(OH)2 → t CaO + H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |