P olispast (1.2.6-rasm, b) yuk ko`tarish moslamasining yuk ko`tarish quvvati ko`tarilishi kerak bo`lgan yuk og`irligidan kichik bo`lsa, ko`tarish kuchidan yutish uchun ishlatiladi. Polispast (2.6-rasm) kamida ikkita birinchisi osilib turuvchi yuk uchun ilgak ulangan blokdan va tayanchga osish uchun halqasi bor qo`zmalmas blokdan iborat. Roliklardan o`tkazilgan kanat polispastning ishchi arqonlari deyiladi. Lebyodkaga ketadigan polispast kanati o`raluvchi arqon deyiladi.
1. - rasm. Blok va polispast yordamida yuk ko`tarish sxemasi
a - blok yordamida; b- ikki karrali polispast yordamida;
(Q - ko`tarayotgan yuk og`irligi)
Stroplar (2-rasm) yukni ushlovchi moslama bo`lib, ular yuk ko`taruvchi mashina va mexanizmlaring ilgaklariga yukni osish uchun xizmat qiladi. Juda ko`p jihozlar korpusida ko`tarish mashinasining ilgagini ulash uchun maxsus joylar (skoba, proushina, ilgak) bor. Ulash joyi bo`lmagan jihozlarni ko`tarishda jihozlarga stroplar bog`lab ko`tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |