O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

Oyga sayohat
. Yerga eng Yaqin osmon jismi Oy bo‘lib, u 
planetamizning tabiiy yo‘ldoshidir. Oyning Yer atrofidagi orbitasi barcha 
planetalarning Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi ellips (cho‘zinchoq 
aylana) dir. Shu tufayli Oyning Yerdan uzoqligi bir oz o‘zgarib turadi. 
Yerga eng yaqin kelganda (orbitasining perigeyida) 363400 kilometr, eng 
uzoqlashganda (apogeyda) esa 405400 kilometrli masofada bo‘ladi. 
Oyning diametri 3476 kilometr bo‘lib, uning hajmi yer hajmining 100 dan 
ikki qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortishish kuchi yerdagidan 6 marta 
kam. Oy osmonda g‘arbdan sharqqa tomon aylanib, 27 kunu 8 soatda Yer 
atrofini bir marta aylanib chiqadi. Oy o‘z o‘qi atrofida ham xuddi shuncha 
vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shuning uchun ham u bizga (ya’ni erga) 


24 
doimo bir tomoni bilan ko‘rinadi. Oy o‘zidan nur chiqarmaydi, 
Quyoshdan o‘ziga tushayotgan nurlarni qaytaradi. 
Oy sirtining yarmi Quyosh bilan yoritilgan bo‘ladi. Biroq Yerdan 
qaraganda doimo oyning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasining 
hammasini ko‘rishning iloji bo‘lmaydi. Oyning Quyosh va Yerga 
nisbatan turishiga ko‘ra, uning Quyosh bilan yoritilgan yuzasidan ko‘proq 
yoki kamrog‘ini ko‘rish mumkin. Agar oy Quyoshning ro‘parasiga 
(Yerga nisbatan) o‘tsa “yangioy”, Quyoshga qarama - qarshi (Yerga 
nisbatan) tomonga o‘tsa “to‘linoy” bo‘lib kuzatiladi. Oyda atmosfera 
deyarli yo‘q. Oyning massasi Yerning massasidan 80 marta kichikdir. 
Oyga tushgan kosmonavt birinchi navbatda o‘zini juda yengil his 
yetadi. Bu eslatilganidek, oyning tortish kuchi kamligidandir. Kosmonavt 
o‘z skafandri bilan Yerda 90 kilogramm bo‘lsa, oyda atigi 15 kilogramm 
bo‘lib qoladi. Shuningdek, oyda kuzatuvchi Yerda ko‘nikkan ko‘p 
hodisalardan farqli ajoyibotlarning guvohi bo‘ladi. Avvalo, Quyosh 
chiqishidan oldin Yerdagi kuzatiladigan chiroyli qizilrang shafaq oyda 
kuzatilmaydi. Quyosh kutilmaganda birdan ufq ostidan ko‘tarila 
boshlaydi. Quyoshning ufqdan ko‘tarilishi Yerdagidek juda shoshilinch 
bo‘lmasdan, butunlay chiqishiga bir soatcha vaqt ketadi. Qizigi yana 
shundaki, Quyosh ko‘tarila boshlashi bilan osmonda yulduzlar 
yo‘qolmaydi. Tim qorong‘i osmonda Quyosh bilan birga butun kun bo‘yi 
yulduzlar ham porlab turaveradi. Quyosh atrofida qizil rangda va tishlik 
shaklli halqa - uning atmosferasi ko‘rinadi. Protuberaneslar deb 
yurituvchi - “alanga til” lar Quyosh atmosferasida ajoyib manzarani 
vujudga keltiradi. Quyosh o‘zining “toji” bilan birgalikda (Quyosh toji 
Yerda Quyosh tutilganida Yaxshi ko‘rinadi) oddiy ko‘zga ko‘rinadigan 
Quyoshdan bir necha marta katta shaklda ko‘zga tashlanadi. Oy osmonida 
yulduzlar, Quyosh tojining ko‘rinishi va shafaqning ko‘rinmasligining 
sababi, oy sirtida atmosferaning yo‘qligidandir. Quyosh chiqqandan so‘ng 
to tun bo‘lguncha 7 kunu 9 soat vaqt ketadi. Bu soyalarda yetarlicha 
salqin bo‘lishining sababi, issiqni “tashuvchi” havo molekulalarning 
yo‘qligidir. Shu tufayli Quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda 
tunning sovug‘i uzoq vaqtga yyetadi. Oyga birgalashib sayohatga chiqqan 
kishi sherigini chaqirib ovora bo‘lmasligi kerak. Chunki u hech qanday 
ovozni eshitmaydi. Tovush to‘lqinlarini tashuvchi muhit ham havo 
molekulalari bo‘lib, oyda u molekulalar yo‘q. Buning uchun maxsus 
radioperedatchiklardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.


25 
Oy osmonining chiroyli hodisalaridan yana biri, planetamiz - 
Yerning ko‘rinishidir. Oy osmonida Yer chiroyli, ko‘kimtir shar shaklida 
ko‘rinadi. Biroq yarmidan ko‘pi oq bulutlar hosil qilgan “dog‘” lardan 
iborat bo‘ladi. Yer qit’alari bir oz yorishib, okeanlardan rangi bilan farq 
qilib turadi. Qalin Yer atmosferasi ularni alohida - alohida qurishga 
imkon beradi. Yer ham osmonda oy kabi turli shakllarda (fazalarda) 
ko‘rinadi. Bu holat uning Quyoshga nisbatan oyning qaysi tomonda 
turganiga bog‘liq bo‘ladi. Yer o‘zining “to‘la Yer” fazasida bo‘lganda oy 
sirtini, “to‘linoy” yerni yoritgandagidan 40 martagacha ravshanroq 
yoritadi. Oy osmonida “to‘liq yer” kuzatiladigan payt - Yerdan qaraganda 
oyning “yangioy” bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, osmondagi 
Yer o‘z o‘qi atrofida konsentrik halqalar shaklida to‘q qizil, sariq, ko‘k 
va hokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt 
oy tutilayotgan paytda oy sathida bo‘lsa, u Quyosh tutilishini kuzatadi va 
bu tutilishning to‘la fazasi Yerdagiday bir necha minutgina davom etmay, 
rosa bir yarim soatcha davom yetadi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish