Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstituoiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgandir. - Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstituoiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgandir.
- Ayniqsa, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida kabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy konunning 2-moddasiga binoan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy printsiplari quyidagicha ifodalandi:
- “-qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o’rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta'minlash;
- -xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta'minlash;
- -siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
- -nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta'minlash;
- -fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta'minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish”.
Hozirgi davrga kelib, O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi. - Hozirgi davrga kelib, O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi.
- Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi»
Do'stlaringiz bilan baham: |