Dizel yonilg‘isi va motor moyi (transmissiya va gidravlik)
moylarning ekspress-nazorat bilan sifatini aniqlovchi modul
КИ –
28105.01. Dizel yonilg‘ilari va motor (transmissiya va gidravlik)
moylarning, mashinaga quyishdan avval sifat ko‘rsatkichlarini va
ifloslanganlik darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. Priborning og‘irligi
8,5 kg.
180
Ta’mirlash-texnik bazalar, ATK deb ma’lum hududga, avtomobil,
traktor, kombayinlar va boshqa texnikalarga xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash jixozlariga, mashinalarni saqlash va tayyorlash hdudlariga
ega bo‘lgan korxona nomlanadi.
Odatda ATK ning ta’mirlash-texnik bazasi markaziy hdudda
joylashadi. Bunday holatlarda mashinalar yopiq binolarda yoki
bostirmalar ostida va hamda atrofi to‘liq o‘ralgan maydonlarda
saqlanadi. Ta’mirlash-texnik bazalar (TTB) da nazorat dispecherlik
punktlari va qo‘riqlash xodimlarining xonasi, dispecher, haydovchilarni
ishga chiqishidan avvalgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hodimlari; KTXK
maydonchalari; mexanik ustaxona; mashinalarni saqlash maydonlari,
hamda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish binolari va boshqa
maishiy binolar bo‘lishi talab etiladi.
TTB hdudi bo‘limlarga taqsimlanib, masul xodimlar belgilanadi.
Hdudlar chegaralanib, ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi kerak. TTB hdudi
to‘siq bilan ajratilishi, qo‘riqlash texnik vositalari o‘rnatilishi, texnika
xafsizligi taminlash va atrof muxitni avaylab asrash choralari haqidagi
ko‘rgazmali qurollar bilan jixozlanadi.
TTB hdudidagi barcha eshik va darvozalar tartib raqamlanishi kerak.
TTB ning hdudi va barcha binolariga o‘tiladigan yo‘llar tekis, ravon va
asfalt bilan qoplangan bo‘lishi va bu yo‘llar har doim yaroqli holda
saqlanishi shart. Yoz davrida yo‘llar tozalanib suv sepilishi, qishda esa
qordan tozalanib turilishi kerak.
TTB ning barcha yo‘llarida ko‘rsatkichlar va tezlikni meyorlovchi
belgilar va boshqa yo‘l harakati belgilari bo‘lishi talab etilai.
TTB ning holati, mashinalarning saqlash, maxsus binolar,
omborxona, tozaligi yong‘inga qarshi chora tadbirlarga rioya qilish va
shularga o‘xshash boshqa ishlarga, agarda garaj mudiri yoki mashinalar
hovlisining mudiri bo‘lmasa, korxonaning bosh muxandisi masul
hisoblanadi.
Mashina
va jixozlarning,
TTB
hdudidagi binolarning
va
bo‘limlarning holatiga unga briktirilgan masul hodim javob beradi.
Odatda mashinalarga TXK har bir yo‘ldan (mo‘ljaldagi ishlar
bajarilganidan so‘ng) qaydganidan so‘ng, hamda o‘rnatilgan meyoriy
yo‘l bosib o‘tilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Mashinalarga
xizmat
ko‘rsatish
uchun
ularni
maxsus
maydonchalarga qo‘yiladi. Sovuq kunlarda esa bunday ishlarni bajarish
uchun isitiladigan binolar rejalashtiriladi. Sovuq kunlarda saqlash
181
davrida sovutish tizimlaridan suyuqlik to‘kib olinadi< akkumuliyator
esa echib qo‘yiladi.
Mashinalarni TTB hdudidan tashqarida saqlashga ruxsat berilmaydi.
Mashina, TTB hdudidan tashqariga chiqishi uchun korxona
rahbariyatining naryadi (yo‘riqnoma), mashinani texnik sozligi va
xizmat ko‘rsatilganligi, unga briktrilgan haydovchi to‘g‘risidagi
ma’lumot, mashinani boshqarish uchun kerakli hujjatlar, mashinani
hisobdan o‘tganligi, sug‘urta polisi, TXK to‘g‘risidagi talon bo‘lishi
kerak.
Haydovchi yo‘lga chqishidan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va
to‘ldirilgan va imzo bilan tasdiqlangan yo‘l varaqasiga ega bo‘lishi
kerak, imzo chekuvchi masul shaxs mashinaning texnik holatiga va
haydovchining sog‘lomligiga javob beradi.
TTB hdudidan chiqib ketayotgan mashinaning texnik holatini va
yo‘ldan qaytgan mashinaning holatini nazorat qilish javobgar shaxs
(mexanik) hisoblanadi, u korxona raxbari buyrug‘I bilan bu lavozimga
tayinlandi.
TTB ning ichki tartib-qoidalari korxona raxbarining buyrug‘i asosida
tashkil etiladi. TTB hdudidagi mashinalarni, traktorlarni va
kombayinlarni boshqarish uchun faqatgina shu mashinani boshqarishga
briktrilgan haydovchilargina qo‘yiladi.
Boshqa holatlarda mashinalarni boshqarishga ruxsat berish faqatgina
korxonaning raxbarining yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Yong‘in yoki boshqa hollarda mashinalarni evakuvatsiya qilish uchun
TTB da boshqa, yoki navbatchi haydovchilar belgilanadi.
Ta’mirlash texnik baza kun va tun boyi qoriqlanadi. Uning
tarkubidagi barcha omborxonalar muxirlangan xolatda saqlanishi, ish
vaqti tugab qaytib kelgan mashinalar TTB hdudida korxona raxbarining
javobgarligi ostida saqlanish uchun, maydonchalarga qoyiladi.
Ta’mirlashtexnik bazasining tarkibida quydagilar bolishi kerak:
markaziy ta’mirlash ustaxonasi;
avtomobillarga xizmat korsatish garaji;
bostirma bilan berkitilgan qishloq xojaligi mashinalarini
sozlovchi va ta’mirlash maydonchasi;
material-texnik omborxona;
mashinalarning tashqi yuzasini yuvuvchi maydoncha;
murakab qishloq xo‘jaligi mashinalarini uzoq muddat saqlashga
moljallangan bino;
182
yonilgi va moylarni saqlash markaziy omborxonasi;
mashinalarni ortish va tushirishga moslashtirilgan estakada;
mashinalarni almashish vaqtida, qisqa muddatli toxtash va uzoq
muddatli toxtashi uchun maydonchalar;
yonginga qarshi suv xavzasi;
adminstrativ-maishiy bino;
suv, issiqlik va elektroenergiya manbalari;
qattiq qoplamali yol va otish yolaklari.
Xojaliklardagi traktorlarning (mashinalarning) soni qarab 25; 50;
75; va 100 ta xojalik hdudini rejalashtirishning ikki turi mavjuddir:
1 variant – MTU mustaqil joylashishi, garaj va material-texnik
omborhona;
2 variant – bir binoda MTU bilan garaj va material-texnik
omborhona joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |