4.2 rasm.
MTP ning kompyuter tizimini, ichki va tashqi strukturalar
bilan aloqadagi umumiy sxemasi
Bunday tizimlarga ega bo‘lish uchun, zamonaviy programmalar
paketiga ega bo‘lish va shu programmalarni ishlatish qobiliyatini
egallagan bo‘lishi darkor, bunda har bir traktorni, kombayinni va
avtomobilning yonilg‘i sarfi, extiyot qismlarga bo‘lgan talablar inobatga
olinadi. Axborotlarga bunday yo‘l bilan ishlov berish, bir qancha
yuzaga keladigan savollarni, masalan, extiyot qismlar bilan taminlash,
diagnostikalash jarayonlarini o‘tkazish va sozlash ishlarini bajarish
saviyada va qisqa muddatlarda o‘tishiga yordam beradi.
Texnik xizmat ko‘rsatish maxsus korxonalar
. Qishloq xo‘jaligi
mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishda, maxsuslashtirilgan korxonalar
kata o‘rin tutadi. Elektron, pnevmatik, gidravlik tizimlar yordamida
122
boshqariladigan mashina agregat va qismlarini maxsuslashtirilgan
ta’mirlash korxonalarida ta’mirlashda agregat usulidan foydalanish
yuqori natizalar beradi. Buning uchun korxona maxsus jihozlar va
yuqori saviyadagi mutaxasislar bilan taminlangan bo‘lishi shart. Odatda
bunday TXK va T bilan shug‘ullanuvchi korxonalar traktorlar va
qishloq xo‘jaligi mashinalarining murakkab qism va agregatlarini,
yonilg‘I apparatlarini, gidravlik tizimlarni, elektronikasini, elektr
jixozlari va shunga o‘hshash ta‘mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
Rivojlangan horijiy davlatlardagi bunday korxonalarning asosiy
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
yonilg‘i apparatlariga TXK va kafolatli xizmat ko‘rsatish;
yonilg‘i taminlash tizimi agregatlarini ta’mirlash va ularga
kafolat berish;
yonilg‘i taminlash tizimi agregatlarini ishlatish davrida
tekshiruvchi, sozlovchi qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarishga
tadbiq etish;
ushbu soha bo‘yicha injner-texnik hodimlarni malakasini
oshirish,
sozlovchi-ustalarni
va
sozlovchi-chilangarlarni
qayta
tayyorlash va tayyorlash, talabalarni amaliyotini o‘tkazish va shunga
o‘hshashlar bilan shug‘ullanadi.
Har bir korxonaning samarali faoliyat yuritishi horijiy firmalar,
ularning vakolatxonalari va dilerlik korxonalari bilan aloqalarga bog‘liq
bo‘ladi. Ho‘jaliklarni Respublika miqyosidagi shu soha vazirligi bilan
aloqasi, mexanizator va injner-texnik hodimlarni tayyorlash va ulardan
unumli foydalanish yuqori o‘rin tutadi. Yonilg‘i apparatlarini ta’mirlash
bo‘yicha korxonaning tashqi va ichki aloqalarni hisobga olgan holda
tashkil qilish strukturasi 4.3 rasmda keltirilgan.
Korxonaning bajaradigan ishlarining hajmiga qarab, unda ko‘chmas
yoki ko‘char jiyozlar va qurilmalar bilan (masalan, kamida bir donadan
olti donagacha yonilg‘i apparatlarini sinovchi qurilmalar) taminlangan
bo‘lishi shart. Mutaxasislarga kata talablar qo‘yiladi, chunki qishloq
sharoitida yuqori ilmiy-texnik saviyaga ega bo‘lgan mutaxasisgina
yuqori sifatli xizmatlarni amalga oshirishi mumkindir. Odatda bunday
mutaxasislar har yili etakchi ishlab-chiqarish korxonalarida malakasini
oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi talab etiladi.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |