Zamonaviy mashinalarni ishlatish hsusiyatlari
. O‘zbekistonning
turli hdudlarida traktor va kombayinlarni sinash, ishlash davomida ularni
kuzatish shuni namoyon qildiki, qo‘shni davlatlarda ham ularni ishlash
sharoitlari deyarli bir hil borar ekan. Zamonaviy mashinalarning imkon
boricha ko‘proq ishlashi (30…100 %), ularning texnik ishonchliligini
oshirishga, turli obi-havo sharoitlariga moslashishga, hamda ishlab
chiqarish madaniyatini yuqori bolishiga yordam berar ekan.
109
Turli turdagi ekinlarning hosillarini yig‘ish uchun mashinalarning
ishlash vaqti (bashoqli ekinlarga 20…25 kun, paxtaga – 70…80 kun) uzoq
bo‘lmaganligi sababli, bunday ishlarni bajarish qo‘shni hdudlar bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hosilni yig‘ish davrida don
kombayinlari bir kunda 16…20 soat, va bunday kunlarning soni bazi
hollarda tinimsiz 20…25 kun ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Mashinalarni, ayniqsa MTP (mashina traktor parklari) ihtiyoridagi,
ishlatishning yana bir tomoni, ish unumdorligining nisbatan ancha pastligi
(kombayin dvigatelini yillik ishlash vaqtini, don o‘rish qurilmasini ishlash
vaqti bo‘yicha solishtirilganda) hisoblanadi. Masalan, Hamangan
viloyatida 2002 yilda uning qiymati 0,87 ni tashkil etgan, bu 13 %
kombayinning ishlagan vaqti hosil yig‘ilayayotgan dalalarni almashtirish
uchun sarflanadigan vaqt, yani o‘tish hamda burilish ishlarini bajarishga
sarflangan vaqtlar hisoblanadi.
Ko‘pgina
rivojlangan
xorijiy
davlatlarda
qishloq
xo‘jaligi
traktorlarining dalada ishlash vaqti ancha chegaralangan. Masalan, AQSH
larida 4x4 sxemada ishlaydigan g‘ildirakli traktorlarning bir yilda ishlash
vaqti 16 ming moto-soatni 4x2 sxemada ishlaydigan traktorlarda 12 moto-
soatni tashkil etadi. G‘arbiy Evropa davlatlarida 38…184 kVt ga ega
traktorlarning ishlash resursi 12 moto-soatni tashkil etadi. AQSH va
Evropa davlatlarida don o‘rish kombayinlarinin 10 yilda ishlash meyori 3
ming moto-soat belgilangan. Odatda ko‘p yillik to‘plangan malakalar
shuni ko‘rsatdiki, meyoriy resurslarni 20…50% oshirish imkonlari mavjud
va ular qo‘llanilmoqda. Huddi shunday normative tajribalarni O‘zbekiston
sharoitida zamonaviy mashinalarni qo‘llash ham yuqori natijalarni berishi
kutilmoqda. Evropa itfoqi davlatlarida 1.01.2002 yildan boshlab ishlab
chiqarilayotgan texnikalar uchun kafolat muddalari 2 yilgacha
uzaytirilgan. Turli (Same, Steyr, Valmet) ishlab chiqaruvchi firmalar
maxsulotning
ishonchliligini
namoyon
qilish
maqsadida
kafolat
muddatlarini uch yilgacha (bu deyarli 2 000 moto-soat demakdir)
oshirmoqda.
Kafolat muddatida bujilish ancha murakkab bo‘lgan holatlarda uning
qaytadan moslashishi turlicha borishi kuzatiladi, horijiy er haydash
traktorlarida 1000 moto-soat, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan texnikada
esa bu ko‘rsatkich 410…460 moto-soatni tashkil etishi kuzatilgan. John
Deere 7810 traktorlarining 1996-2001 yillarda ishlagan muddatini taxlil
qilish shuni namoyon qildiki, birinchi yil ishlash mobaynida buzilish 482
moto-soatga, ikkinchi yil – 450 moto-soatga, ishlatishning beshinchi yilida
110
– 165 moto soatga to‘g‘ri kelgan, yani muddat deyarli 3 marotiba
kamayganligi
ko‘rinmoqda.
Ilmiy
tekshirish
institutlarining
ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda ishlayotgan John Deere 8400 (191
kVt) traktorlarining texnik tayyorlik koeffitsenti 0,99 ga teng, K-701 (200
kVt) traktorining texnik tayyorlik koeffitsenti 0,85 ni tashkil qilmoqda.
Ko‘pgina don o‘rish kombayinlarida bu ko‘rsatkich birinchi yil ishlatishda
0,99, 4 yil ishlatilgandan so‘ng esa 0,95, bazi kombayinlarda esa (masalan,
Дон-1500Б) bu ko‘rsatkich 0,79 qiymatni tashkil qilishi kuzatilmoqda.
Zamonaviy don o‘rish kombayinlarining buzilishgacha ishlagan vaqti
100…250 moto-soatni tashkil qiladi, bu boshqa kombayinlarga nisbatan
deyarli 4-6 marotaba kattaroq ko‘rsatkichdir.
Ishlatish mobaynida bajariladigan TXK va T ishlariga sarflanadigan
harajatlar horijiy davlatlarda ancha yuqori: yangi mashinaning narxiga
nisbatan 80…120% ni tashkil etib, to‘liq ishlash davri 10 ming soatni
tashkil etmoqda, o‘zi yurar kombaynlarda esa bu ko‘rsatkich - taxminan
80% tashkil etadi. AQSH larida TXK va T ga sarflanadigan umumiy
harajatlar meyori –
Y
, asosiy gruhdagi mashinalar uchun, quyidagi formula
yordamida hisoblanadi.
Y = Ц·RF(T/1000)
RE
,
bu erda Ц – yangi mashinaning tannarhi, ming.so‘m; RF va RE – emperik
koeffitsenlar; T – mashinaning ishlagan vaqti, moto-soat.
RF va RE koeffitsentlarini g‘ildirakli traktorlar uchun – 0,039820 va
2,0 qiymatlarda; don o‘rish kombayinlari uchun 0,006944 va 2,1
qiymatlarda qabul qilinadi. Masalan, 100 moto-soat ishlagan 4x2 sxema
bo‘yicha ishlaydigan g‘ildirakli traktorlar uchun – mashina tannarxining
0,83 %, 4x4 sxemadagilar uchun – 0,50% ni tashkil; don o‘rish
kombayinlarida – 1,33%; lavlagi yig‘ish mashinalarida 6,70% ni tashkil
qiladi. Germaniyada don yig‘ish kombayinlariga 200 moto-soat ishlaganda
TXK va T uchun amalda sarflanayotgan harajatlar quydagicha: 1 gektar
erdagi hosilni yig‘ish uchun 8 evroni tashkil etadi, 1000 gektarga esa
bunga nisbatan 2,3 marotaba ko‘p, 2000 gektarda – 3,6 marotaba ko‘p va
2500 gektarga - 4,3 marotaba ko‘p harajatlar sarflanadi.
O‘zbekiston sharoitida texnik xizmat ko‘rsatish xizmatining to‘liq
tashkil etilmaganliginatijasida, bu harajatlar deyarli 1,5-2 marotaba kata
qiymatlarni tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra kombayinlar uchun extiyot
qismlarga sarflanadigan harajatlar, mashinalarning umumiy tannarxini
111
2009 yilda 3,8%, 2010 yilda – 2,7 %, 20011 yilda – 2,2 % tashkil etgan.
Mega 204 kombayinlari uchun yillar bo‘yicha, extiyot qismlarga
sarflangan harajatlar, ularning umumiy tannarxining 0,84; 1,40 va 1,14 %
tashkiletgan.
Traktor va kombayinlarning ishlatish muddati ortgan sari, ularni
eskirishi natijasida extiyot qismlarga va boshqa tadbirlarga sarflanadigan
harajatlar ortib boradi.
Zamonaviy mashinalarning tuzilishi, avvalgi mashinalarning
tuzilishidan tubdan farqlanadi. Bular bir qancha electron, elektr,
gidraboshqaruvchi qismlar va elementlar bilan farqlanadi. Almashtirilishi
lozim bo‘lgan agregat va tizimlarning tannarxi yuqori bo‘lganligi sababli,
imkon boricha ularning resurslaridan to‘la foydalanishga extiyoj tug‘iladi.
Masalaga bunday yondoshish, imkon boricha diagnostikalash, TXK va T
ishlarining o‘rnini ortishiga sababchi bo‘ladi, chunki ular mashinaning
texnik holatining sifat ko‘rsatkichlarini bo‘shqaruvchi asosiy ko‘rsatkich
sifatida ishtirok etadi.
1997-2003
yillarda
ishlatilgan
Case
va
New
Holland
kombayinlarining yonilg‘i tizimi agregatlarini, Case IH va John deere
traktorlarini buzilish sabablarini o‘rganish ko‘pgina buzilishlar TXK
qonuniyatlari buzilganligi, qo‘llaniladigan yonilg‘i va moylarning sifati
pastligi namoyon bo‘ldi.
Horijda ishlab chiqarilgan dizellarning yonilg‘I uzatish tizimlarini
ta’mirlashni taxlilidan namoyon bo‘ldiki, masalan (MW va VE rusumdagi
yonilg‘I nasoslsrining plunjer juftligini almashtirish va uni sozlash
ishlarini bajarish) ta’mirlash korxonalari kerakli sifatni taminlab bera
olmaydi. Sifat ko‘rsatkichlari etarli darajada bo‘lishi uchun birinchi
navbatda ishlarni bajaruvchi mutaxasislsrning malakasi yuqori, ayni shu
tizimlarni ta’mirlashga mo‘ljallangan maxsus asbob-uskunalar va jihozlar
mavjud bo‘lishi zarur hisoblanadi. Muammolardan yana biri ayni
tizimlarni sozlash ishlarini bajarish, TXK va T ishlarini bajarish uchun
mo‘ljallangan texnik hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Asosiy mashinalarni ishlatuvchi MTP larida, TXK va T ishlarini
bajarish uchun kerakli bazaning mavjud emasligi, malakali injner-texnik
hodimlar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, kafolatlangan muddatlarning
dillerlik va xizmat ko‘rsatish korxonalarining aybi bilan o‘z vaqtida
bajarilmasligi sabab bo‘ladi.
Umumiy
aytilganda,
O‘zbekiston
sharoitida
ishlatilayotgan
zamonaviy mobil texnikalarni ishlatishda bir-qancha muammolar mavjud.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |