O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Dvigatel silindri porshenning yuqori qismidagi germetiklikni



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Dvigatel silindri porshenning yuqori qismidagi germetiklikni 
aniqlash
. Germetiklikni yo‘qolishi yonilg‘I sarfini ortishiga, dvigatelning 
quvvatini kamayishiga, ishga tushirishni murakkablashishi va dvigatelni 
notekis ishlashiga sababchi bo‘ladi. 
Porshen halqalari bilan silindr oralig‘idagi zichlikni va klapan bilan 
uning o‘rindig‘i oralig‘idagi germetiklikni tekshirish uchun КИ-5973 
rusumidagi (2.4-rasm) analizatordan foydalaniladi. 


52 
2.4-rasm. КИ-5973 rusumidagi analizator: 
1-vakkummetr; 2-klapnlarni boshqarish dastagi;
3-korpus; 4-uchlik; 5-dastak 
Aniqlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: havoni atmosferaga 
chiqarib yuborish bilan va porshen usti hajmini bo‘shatish bilan. 
Tezliklarni almashtirish dastagi neytiral holatga qo‘yiladi va 
mashinadagi to‘htab turish tormozi qo‘shiladi. 
Akkumulyator batareyasining texnik holati tekshiriladi, havo filtriga 
TXK amalga oshiriladi, klapanlar bilan koromislo turtkichi oralig‘idagi 
tirqish va klapan o‘zagining stakan bilan oralig‘idagi tirqish tekshiriladi.
Dvigatel ishga tushirilib nominal ishlash haroratigacha (85…95
o
C) 
harorat ko‘tariladi. Benzinli dvigatellarda o‘t oldirish shamlaridan 
simlarning uchliklari, dizel dvigatellaridan esa forsunkalardan yonilg‘I 
uzatish naychalari uziladi. 
O‘t oldirish shamlari o‘rnatilgan silindr kallagidagi chuqurchalarni 
siqilgan havo purkab tozalanadi. Forsunkalar yoki o‘t oldirish shamlari 
echib olinadi. Aylantirish qurilmasi yordamida tirsakli val aylantirilib, 
silindrdan qoldiq gazlar chiqarib yuboriladi. 
O‘t oldirish shalarining (forsunka) teshiklari orqali 
silindrni 
atmosferaga bo‘shashini aniqlash uchun
analizator zichlab teshikka 
o‘rnatiladi. 
Ishga tushirish qurilmasi ishga tushiriladi va, tirsakli val 8…10 
soniya davomida aylantiriladi, vakuummetr bilan maksimal bo‘shash 
aniqlanadi. 
Chiqarish tugmasi bosilib vakuummetr ko‘rsatkichi chiqarib 
yuboriladi va boshqa silindrlarda huddi shunday aniqlash ishlari bajariladi. 
Har bir o‘lchash natijalari yozib boriladi. 
Porshen yuqori qismidagi boshliq germetiklangan holatdagi 
bo‘shashini aniqlash uchun
qurilma korpusidan vakuummometrni 


53 
bo‘shatish shtutseri burab chiqariladi va u erdan klapan mexanizmi va 
pruzina chiqarib olinadi. Klapanning qotirish gaykasi qotirilib bo‘shliqni 
tashqi muxit bilan aloqasi yo‘qotiladi, songra qurilma teskari ketma-
ketlikda yig‘iladi. 
O‘t oldirish (forsunka) teshigiga o‘tkazgich (qurilma komplektidagi) 
o‘rnatiladi. Unga qurilma zichlab qo‘yilib o‘rnatiladi.
Ishga tushirish qurilmasi yordamida tirsakli val 8…10 soniya 
davomida aylantirilib, vakuummetr yordamida maksimal bo‘shanish 
aniqlanadi.
Vakuummotr ko‘rsatkichi chiqarib yuborilib boshqa silindrlarni ham 
huddi shunday tekshiriladi. O‘lchash natijalari yozib boriladi. 
Olingan ma’lumotlar 2.4-jadvaldagi qiymatlar bilan solishtirilib, 
extimoliy nosozliklar aniqlanadi. 
2.4-jadval 
Extimoliy nosozliklarning ko‘rsatkichlari 
Dvigatelning 
turi 
Siqish davridagi bo‘shanish, MPa (kgs/sm
2

Nosozlik 
Havoni atmosferaga 
chiqarib yuborishda 
Porshen usti muxiti 
germetiklangan 
holda 
Dizel 
0,078 (0,78) dan yuqori 
0,025 (0,25) dan 
yuqori 
Porshen halqalarining 
chegaraviy eyilganligi 
0,070…0,078 
(0,70…0,78) 
0,017…0,025 
(0,17…0,25) 
Silindr gilzalarining chegaraviy 
eyilganligi
0,07 (0,70) dan past 
0,017 (0,17) dan past 
Klapan-uyacha oralig

ida 
germetiklikni yo‘qolganligi 
Benzinli 
0,072 (0,72) dan yuqori 
0,036 (0,36) dan 
yuqori 
Porshen halqalarining 
chegaraviy eyilganligi 
0,064…0,072 
(0,64…0,72) 
0,028…0,036 
(0,28…0,36) 
Silindr gilzalarining chegaraviy 
eyilganligi
0,064 (0,64) dan past 
0,028 (0,28) dan past 
Klapan-uyacha oralig

ida 
germetiklikni yo‘qolganligi 
Yonilg‘ini uzatish jadallashish burchagini aniqlash. Yonilg‘ining 
samarali yonishi uchun doymo, poshen YTN ga etib bormasidan purkalishi 
lozim. Mashinalarni ishlatish davrida yonilgi nasos detallarining eyilishi 
oqibatida jadallashish burchagi kechka qolish tomoniga o‘zgaradi. Buning 
natizasida porshenning kengayish davrida yonadigan yonilg‘ining miqdori 
ko‘payadi va oqibatda chiqib ketayotgan gazning harorati ortadi va 
dvigatelning issiqlik rejimi o‘zgarishi mumkin. Bu nosozlikning tashqi 
belgilariga – chiqib ketayotgan gazning qorayishi (yonilg‘ini to‘liq 
yonmasligi), dvigatelning quvvatini kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 


54 
Yuqori bosimli nasosning plunjer juftligining 
yonilg‘ini uzatish 
jadallik burchagini
aniqlash uchun КИ-13926 rusumdagi burchak 
o‘lchovchi qurilmadan va КИ-4941 rusumdagi momentaskopdan 
foydalaniladi. Buning uchun yonilg‘i nasosining birinchi seksiyasining (К-
701 traktorida o‘n ikkinchi, КамАЗ avtomobilida esa sakkizinchi) 
shtutseridan ajratiladi. 
Stutser nasos kallagidan burab olinadi, u erdan so‘rish klapanining 
prujinasi chiqarilib uning o‘rniga КИ-4941 momentaskopi komplektidagi 
texnologik prujina o‘rnatiladi. Agarda plunjer juftligining ishlagan vaqti 
1 000 moto-soatdan kam bo‘lsa texnologik prujina o‘rnatilmaydi. 
2.5-rasm. Momentaskopni shtutserga o‘rnatish: 
1-
shisha naycha; 2- ulash naychasi; 3- yuqori bosimni uzatish 
naychasining bir qismi; 4- qamrash gaykasi; 5- shtutser 
2.5-jadval 
Yonilg‘i uzatish jadallik burchagining
nominal qiymatlari
Dvigatelning markasi 
Yonilgi uzatish jadallik burchagi, YTN gacha 
CMD-21, CMD-22 
20…22 
CMD-31 
27…30 
A-01M, A-440, A-442 
27…32 
A-41 
29…34 


55 
Shtutser joyiga o‘rnatiladi va unga qotirish gaykasi yordamida 
qotiriladi (9-rasm). Yonilg‘i nasosining yonilg‘i uzatish seksiyalarining 
qolgan gaykalari bo‘shatiladi, dvigatelni ishga tushirib momentaskopning 
shisha naychasida hech qanday havo va ko‘piklarsiz yonilg‘i oqimi paydo 
bo‘lguncha tirsakli val aylantiriladi. Burchak o‘lchagich va maxovik belgi 
ariqchasiga o‘rnatiladigan shpilka yordamida, yonilg‘ining uzatish jadallik 
burchagi aniqlanadi va 9-jadvaldagi ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish