O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


 Insonning sezish organlari yordamida mashinalarni



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

2.2. Insonning sezish organlari yordamida mashinalarni 
diagnostikalash usullari
Nazorat xaritasi
. Traktor sifat korsatkichlarini nazorat qilib 
agregatlarining umumiy holati boyicha tasavur hosil qulishda nazorat 
xaritalaridan foydalaniladi, va unda quyidagi ishlar amalga oshiriladi. 
1.
Dvigatel ishga tushiriladi va qizdiriladi. Dvigatel tirsakli valning 
maksimal va minimal aylanishlar sonida ishlash turgunligi tekshiriladi. 
Bunda dvigatel hech qanday metallarni taqillashisiz ishlashi kerak.
2.
Tirsakli valning aylanishlar soni bir tekisda ozgartirilib, nazorat-
olchash qurilmalarining ishlashi nazorat qilinadi. Qurilmalarning millari 
bir tekisda, hech qanday tosiqqa toqnashmasligi kerak. Generator soz 
ishlayotgan bolsa ampremetr, rele-regulyator va zaryadlash zanjiri birinchi 
navbatda zaryadlash tokini korsatishi kerak.
3.
Yoritish 
va 
habarchi 
tizimlarning 
ishlashi 
tekshiriladi. 
Qoshgichlarning kerakli holatlarida oldingi va orqa faralar yonishi, nazorat 
qurilmalarining lampasi va boshqa qurilmalar yoritilishi kerak. Tovush 
habarchisining knopkasi bosilganda etarli darajada tovush bilan signal 
tarqalishi lozim.
4.
Traktorning ilashish muftasining ishlashi kuzatiladi. Ilashish muftasi 
erkin qoshilishi, dvigatel bilan transmissiya toliq ajralishi va traktorni bir 
tekisda astalik bilan qozgalishini ta’minlashi kerak. 
5.
Uzatmalarni bir tekisda engillik bilan qoshilishiga ishonch hosil 
qilinadi, QOV qoshilishi va ajralishi, differentsial mexanizmini 
blokirovkalash va momentni (agarda u traktorga ornatilgan bolsa) oshirish. 
6.
Ishchi uzatma qo‘shiladi va traktorning boshqarish mexanizmi 
tekshiriladi. Buning uchun zanzirli traktorlarning bo‘ylama o‘ng va chap 
boshqarish richaglari navbatma-navbat qo‘shilib orqa holatiga keltiriladi 


42 
va unga mos ravishda tepki bosiladi. Bu holatda traktor o‘zining koleyasi 
kengligidagi radiusda joyida aylanishi kerak. Richaglarni va tepkilarni bir 
tekisda boshqarilganda keskin o‘zgarishlar ro‘y bermasligi kerak. 
G‘ildirakli 
traktorlarning 
rul 
chambaragi 
bir 
tekisda 
erkin 
xarakatlanishi va hech narsaga ilakishmasligi lozim. Traktorni burish 
uchun rul chambaragiga tasir ko‘rsatiladigan kuch, gidrouselitel qurilmasi 
bo‘lmagan traktorlarda 50 N (5 kgk) dan ortmasligi shart, gidrouselitel 
qurilmasi bo‘lgan traktorlarda esa 35 N (3,5 kgk) dan yuqori bo‘lmasligi 
shart. Traktorning tormoz yoli, ravon yo‘lda kattaroq uzatmada 
harakatlanayotganida tekshiriladi.
7.
Transmissiya agregatlari traktor harakatlanayotganda va salt 
ishlayotganida tekshirilib taqillashlar, shovqinlar, korpus detallarida 
haddan ziyod qizishlar mavjud emasligi aniqlanadi. 
8.
Osma 
mexanizmni 
bir-necha 
marotaba 
ko‘tarib 
tushirib 
gidrotizimdagi suyuqlikning harorati ko‘tariladi. Gidravlik tizimning 
ishlashi tekshiriladi. Osma mexanizm dastakni “ko‘tarish” holatiga 
o‘tkazilganidan so‘ng bir tekisda, silkinishlarsiz ko‘tarilishi kerak. 
Dastaklar “ko‘tarish” va “tushirish” holatlarida bajarilayotgan ishchi 
harakatning tugaguncha o‘sha holatda saqlanishi va kuch silindrini ishchi 
harakati tugaganitugagandan so‘ng avtomatik ravishda o‘zining dastlabki 
holatiga qaytishi shart.
9.
Traktor to‘htatiladi va dvigatel o‘chiriladi. Agregat va qismlardan 
yonilg‘i, moy, sovutish suyuqligi va elektrolitni oqmayapganligi nazorat 
qilinadi. Bazaviy detallar (rama, dvigatelning slindrlar bloke, transmissiya 
korpusi va boshqalar) ning holati o‘rganiladi. Tashqi nazorat va metal 
buyum bilan taqillatib ko‘rib darz, mixparchin va boltli brikmalarni, 
payvand choklarini bo‘shab qolmaganligi tekshiriladi.
Ichki yonuv dvigatelni diagnostikalash. Dizelda nosozlikni paydo 
bo‘lishi albatta uning tashqi ko‘rsatkichlariga tasir ko‘rsatadi: dizelning 
quvvati kamayishi, ishga tushishining murakkablashishi, ishlab bo‘lgan 
tutunning quyuqlashishi va boshqalar. 
Dizelning ishlashiga katta etibor beriladi. Tashqi belgilarda ma’lum 
o‘zgarishlar ro‘y beradigan bo‘lsa, albatta uning sababi aniqlanib bartaraf 
etish choralari ko‘riladi. 
Tashqi nazorat qilishda mashinaning kapoti ochiladi, suv, moy, yonilgi, 
elektrolitning siljiv oqish alomatlari mavjud emasligi tekshiriladi. Parrak 
lopastlarini sekin astalik bilan qo‘l yordamida qo‘zg‘atib uning qotirilgan 


43 
mix parchinlarida bo‘shab qolish belgilari tekshiriladi. Suv nasosining 
podshipnikini o‘q bo‘yicha tirqishi, lyuft bor yo‘qligi bo‘yicha tekshiriladi.
Rezinali patrubkalani ko‘rinish holati, qotirish chambaraklarining 
tarangligi tekshiriladi. Havoning harakatiga mo‘ljallangan patrubkalarda 
darz ketish, o‘z oro surilish belgilari mavjudmasligi tekshiriladi. 
Radiatorning qopqog‘i ochilib suvning yuzasida moy pardasi bor- 
yo‘qligi tekshiriladi. Agarda moy mavjudligi aniqlansa, uning paydo 
bo‘lish sabablari aniqlanadi.
Agregatlarni 
qotirilgan 
mustaxkamligi 
shaybalarning 
deformatsiyalanishi, shpilkalardagi gaykaning joylashishi va boshqalar 
bo‘yicha nazorat qilinadi.
Tasmaning holati va taranglik darajasi tekshiriladi. 
Starterga, 
generatorga, 
avariya 
habarchisiga 
ulangan 
elektr 
o‘tkazishlarning tarmoqlarining holati baholanadi. Havoni tozalash 
tizimiga, markazdan qochirma kuch bilan ishlovchi filtrga va yonilg‘ining 
dag‘al filtriga xizmat ko‘rsatiladi. Bakdagi tindirgich va yonilg‘ining 
mayin filtridagi qoldiqlar to‘kiladi.
Haydovchidan dvigatelda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida 
so‘raladi. Buzilish haqida ma’lumotlar bo‘lsa, ularni bartaraf etish 
choralari izlanadi.

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish