O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Xulosalar 
TXK ishlarini rejalashtirish natijasida o‘z vaqtida va sifatli xizmat 
ko‘rsatish ishlarini bajarish imkoniyatlari tug‘iladi, mashinani sozlik 
holatini saqlab turish va texnologik operatsiyalarni ko‘rsatilgan 
muddatlarda bajarish imkoniyati yaratiladi. 
Nazorat savollari 
1.
Texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejalash usullarini keltiring. 
2.
Texnik xizmat ko‘rsatishning grafik usulining abzalliklari va 
kamchiliklarini keltiring. 
3.
Mashinlarga texnik xizmat ko‘rsatishdagi mexnat sarfi qanday 
aniqlanadi?
4.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun ishchilar soni 
qanday aniqlanadi? 
5.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish usullarini 
keltiring. 
6.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish 
tartibini keltiring. 
7.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun 
kerakli asosiy soni qanday aniqlanadi? 
8.
Dizellarning ekologik ko‘rsatkichlari qanday tekshiriladi?
7.5. TRAKTOR VA MASHINALARNING DIAGNOSTIKA–
LASHNING ISTIQBOL REJALARI (XULOSA O‘RNIDA) 
Qishloq xo‘jaligi mashinalari va ularning tarkibidagi avtomobillarni 
ishga yaroqliligi ko‘p jixatdan TXK va diagnostikalash ishlarini tashkil 
qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. TXK va diagnostikalash texnikalarini, jadal 
rivojlanish davrida yuqori saviyada rivojlanmaganligi bir qancha noxush 
holatlarni yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi: 

Istemolchilarni TXK va diagnostikalash vositalarini sotib olish 
imkoniyatlarining juda pastligi; 

Mashinalarning juda ko‘p istemolchilarga tarqalganligi; 


245 

Qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun zarur bo‘lgan TXK va 
diagnostikalash vositalarini bir-necha o‘n yil to‘xtatilganligi; 

Mashina 
va 
jixozlarga 
TXK 
va 
diagnostikalovchi 
chilangarlarni, mexaniklarning kasbiy blimlari va uquvlarini ancha 
pasayganligi; 

Avtotransport 
korxonalari 
mashinalarini 
TXK 
va 
diagnostikalash meyoriy-texnik va texnologik xujjatlarini butunlay chop 
etilmaganligi; 

Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan chop etilayotgan 
yo‘riqnomalarda diagnostikalash bo‘limini olib tashlanganligi. 
Mashinalarni yuqorida keltirilgan kamchiliklarni yo‘qotish va 
samarali ishlatish uchun muxandis mutaxasislar, institutlarning 
ilmiy-texnik xodimlari va ishlab chiqaruvchi korxonalarning 
hodimlari oldida bir-qancha vazifalarni qo‘yadi: 

Yangi tannarxi yuqori bo‘lmagan va tuzilishi ishlatish 
murakkab bo‘lmagan qurilma va priborlarni yaratish, va ular 
yordamida mashinalarda uchraydigan buzilish va nosozliklarni 
(yonilg‘i apparatlari, silindr porshen gruxi detallarini, moylash tizimi, 
gidrotizim, elektrojixozlar, rul boshqaruvi, kombayinlarning ishchi 
organlarini va boshqa mashinalarni) avvaldan aniqlash imkonini 
beruvchi qurilmalarni yaratishi kerak. Bunday priborlar ayniqsa 
hisobida 8-50 traktor bo‘lgan xo‘jaliklarda ham qo‘llash imkonini 
berishi kerak; 

Yirik dilerlik tuzilmalari, texnik xizmat korsatish markazlari, 
ta’mirlash zavodlari uchun kelajakda ham qo‘llanishi mumkin bo‘lgan 
bir necha turdagi electron tizimlarni ishlab chiqish;
 

TTXK va ATXK, TXK markazlarida, MTP va ko‘p texnika 
jamlanadigan korxonalarda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va 
diagnostikalash ko‘chmas va ko‘char nazorat qilish va diagnostikalash 
jamlamalarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq qilish; 

Bular qatorida bazi agregatlarni va tizimlarni: dvigatel, yonilg‘i 
apparati, gidroagregatlar, elektrojihozlar, transmissiya, qishloq xo‘jaligi 
mashinalarining ishchi organlariga TXK va diagnostikalash qurilmalari 
uchun ham vositalar yaratilishi kerak; 

Diagnostikalash 
texnologiyalarini 
rivojlantirish, 
unda 
mashinalarni ishlatish sharoitlarini, ruxsat etilgan qiymatlar miqdorini 
va ayniqsa tuproq-klimat sharoitlari hisobga olishi shart; 


246 

Qism va agregatlarning qoldiq resursini aniqlashda bashorat 
qilinadigan soxalarni kengaytirish natijasida, resursni amaliy 
qo‘llanishini 12…15 % ga oshirish choralarini ko‘rish, qoldiq resursni 
diagnostikalab aniqlashda texnik suyuqliklardan keng foydalanish, 
hsusan motor moyi, transmissiya va gidravlika moylarini ham nazorat 
qilish, chunki ularning sifat ko‘rsatkichlari ko‘p jixatdan nosozliklarni 
kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin; 

Mashinalarni ishlatish yo‘riqnomalariga diagnostikalash 
bo‘limini kiritishni ishlab chiqaruvchi korxonalariga takliflar kiritish. 
Birinchi navbatda bunday mashinalar turkumiga O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilayotgan va davlat tasarufida bo‘lgan mashinalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik sanoatini mashina-texnologik taminlanganligini 
rivojlantirish avvalo o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalarning 
texnik va texnologik imkoniyatlarini takomillashtirishga bog‘liqdir. 
Bularga, ularning agregatlarini quvvatini oshirish, yonilg‘I 
tejamkorligini, boshqarish qulayligi va ekologik ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash kiradi. Traktorlarni ishlatishdagi quvvatini oshirish, ularning 
agregatlarini resursini 12000 moto soatgacha va texnik tayyorlik 
koeffitsentini 0,99 gacha ko‘tarish asosiy vazifa hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan masalalarni hal qilishda asosiy vazifalardan biri 
mashinalarni texnik ishlatish jarayonini oqilona tashkil etish 
hisoblanadi. 
Bularning oqibatida ATK da injner-texnik xizmat ko‘rsatish 
strukturalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy jihozlar va priborlar va 
etarli darajada malakali texnik mutaxasislar bilan taminlash masalasi 
turadi. 
Oxirgi yillarda ko‘pgina qishloq xo‘jaligi korxonalari turli 
ko‘rinishdagi zamonaviy texnika bilan jihozlanmoqda. Bular turkumiga 
John 
Deere 
va 
Case 
(AQSH) 
Fendt 
(Germaniya), 
Class 
(Germaniya+O‘zbekiston) va boshqa kompaniyalarning traktor va 
kombayinlari kiradi. Zamonaviy texnikalarning abzalliklaridan biri, 
ularning yuqori texnik saviyasi, ishlashdagi ishonchliligi, nazorat qilish 
va texnik holatini boshqarish vositalari bilan jihozlanganligi 
hisoblanadi.
Zamonaviy avtotraktor dizellarida keng miqyosda integratsiyalangan 
electron tizimli nazorat, boshqarish, diagnostikalash va buzilishlarni 
ogoxlantiruvchi habarchilar bilan jihozlangan. Bunday tizimlar 
avtomatlashtirilgan va dialogli sharoitlarda, atrof muxitni (atmosfera, 


247 
tuproq, mashinaga tashqi ta’sirlar) nazorat qilgan sharoitlarda ishlashi 
mumkin. 
Elektron 
tizim 
(datchiklar, 
electron 
qurilmalar, 
bajaruvchi 
mexanizmlar) vositalari yordamida gaztaqsimlash mexanizmi, yonilg‘i 
purkash jadallashish burchagi, yonilg‘i purkashning boshlanishi va 
davomiyligi, tezligi va bosimi, sikli yonilg‘i uzatish hajmi, yonish 
kamerasidagi haboning miqdori, dvigatelni ishga tushirish va sovitish, 
electron tizim yordamida dizelni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini boshqarish 
va samarali ishlash sharoitlarini tanlash amalga oshiriladi.
Dizellarni diagnostikalash soxalarida amaldagi muxtojlikka qarab 
electron tizim tomonidan TXK uchun talabnoma beriladi, bu 
ishlatishdagi harajatlarni ancha kamayishiga olib keladi. Kelajakda 
diagnostikalash tizimlari bir qancha ma’lumotlarni beradi, bular 
qatoriga podshipniklarni, porshen va porshen halqalarini, silindr 
gilzalarini, valdagi kulachoklarni va turtkichlarni eyilishini va silindr 
kallagi va qo‘yilma oralig‘ida gazni siljib yo‘qolishi haqida axborot 
beradi. Electron tizimlarni turli kompyuterlar bilan hamkorlikda 
ishlatish imkoniyatlari mashinalarning ishlatish jarayoniga tadbiq 
etilmoqda. 
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yangi avlod texnikalari 
rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi 
mashinalaridan qolishmasligi, ishlab chiqarishda dunyo ilm-fan 
yutuqlarining natijalari tadbiq etilishi shart. Mashinalarga TXK tizimini 
rejali tashkil qilish, TXK va JT jarayonlariga diagnostikalash 
jarayonlarini kengroq foydalanish, bu jarayonlarda almashtirilayotgan 
qism yoki agregatlarni to‘liq jamlama holatida almashtirish tafsiya 
etiladi. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi mashinalarida zamonaviy TXK 
axborot texnologiyalaridan va mashinaning o‘ziga o‘rnatilgan 
diagnostikalash vositalaridan to‘liq foydalanishni talab etadi.


248 
RANGLI RASMLAR 
II rasm. EPS 815 Dizellarni yonilg’I 
apparatlarini sinash stendi
III rasm. Dizel forsunkalarini sozlash 
stendi 
IV rasm. “Bosch avtoservis” firmasining 
extiyot qismlar va materiallarni sotish 
stansiyasi 
V rasm. Bosch firmasining axborot 
ko’rsatkichlariga qo’ygan talablari 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish