O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Postda bajariladigan ishlar usulu bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda
, ushbu 
TXK turi bo‘yicha bajariladigan ishlar bir necha maxsus, bir-biriga 
qarama-qarshi joylashgan va har biriga ma’lum ishlar briktirilgan 
gruhchalarga taqsimlanadi.
Bunda bajariladigan ishlar xizmat ko‘rsatish agregatlari yoki tizimlari 
bo‘yicha taqsimlanadi. Masalan, 1-post – mashinaning oldingi osma 
mexanizmi va oldingi ko‘prik; 2-post – orqa ko‘prik va tormoz tizimi; 3-
post – uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, kardan uzatmasi va bosh.
Bunday holatlarda mashinalarga xizmat ko‘rsatish berk (tupikli) 
postlarda amalga oshiriladi. Postlarda bajariladigan ishlarning bir-biriga 
aloqasi bo‘lmasa ham, lekin ularda mashinalarni turib qolishi bir hil vaqtni 
tashkil qilishi kerak. 
Bunday usulda ishni tashkil qilish jihozlarni sohalar bo‘yicha to‘g‘ri 
taqsimlanishiga, jarayonlarni mexanizatsiyalashga, ishning sifatini va ish 
unumdorligini oshirishga yordam beradi. 
Postlarda bajariladigan TXK ishlarini bajarishda avtomobillarni kirib-
chiqishiga ko‘p vaqt sarf bo‘lishiga qaramasdan, bu usul ancha tezkor usul 
hisoblanadi.
Usulning kamchiligi avtomobillarni bir postdan ikkinchi yoki 
uchinchisiga qo‘yilishiga ko‘p vaqt sarflanishi hisoblanadi, buning 
natijasida avtomobilni harakatlanishi va moslashishi davrida undan 
chiqayotgan gazlar atrof muxitni va ayniqsa ish joyini bulg‘ashi 
hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish usulini tanlashda albatta avtomobilning o‘lchamlari 
inobatga olinishi kerak. O‘lchamlari katta avtomobillarni xizmat ko‘rsatish 
postlariga kirib-chiqishi uchun katta maydonlar talab etiladi. Bu 
ko‘rsatkuch potokli usuldan foydalanishni abzal ko‘radi, chunki bu usul 
kam avtomobillarga ega xo‘jaliklarda ham yaxshi natijalarni berishi 
mumkin. 
Agarda avtomobillarga quydagi turdagi TXK ishlarini bajarish reja 
bo‘yicha ko‘p bo‘lmasa ham, avtomobillar turli rusumlarda bo‘lsa va turla 
sharoitlarda ishlasa, potokli usulda ishlash imkoni bo‘lmasa, bunday 
holatlarda universal postlardan foydalanish tafsiya qilinadi.
Potokli usul 1-TXK ni amalga oshirishda avtomobillarning soni dastur 
bo‘yicha 11-13 dan kam bo‘lmaganda, 2-TXK uchun esa kamida 3 va 
undan ortiq avtomobilga xizmat ko‘rsatishda qo‘llash lozim. Agarda 


234 
dasturda ko‘rsatilgan sondan kam miqdordagi avtomobillarga TXK da 
berk postlarda universal usuldan foydalanish lozim. 
Agarda bir kunlik dasturda 2-TXK ga 3-12 avtomobilgacha xizmat 
ko‘rsatilishi lozim bo‘lsa u holda unversallangan potokli usuldan 
foydalaniladi, ya’ni shu xizmat ko‘rsatish yo‘lagini turli smenalarda 1-
TXK va 2-TXK ishlari uchun foydalanish mumkin bo‘ladi. Agarda kunlik 
rejada ko‘p avtomobillarga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan bo‘lsa u 
holda maxsuslashtirilgan yo‘laklardan foydalanish maqsadga mofiq 
bo‘ladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari ko‘char vositalar 
yordamida 
tashkil 
qilishda 
asosan 
uch 
usuldan 
foydalaniladi: 
maxsuslashtirilgan brigade, kompleks brigade va agregatli-bo‘lim. 
Maxsuslashtirilgan brigade usuli
ishlab chiqarish dasturlarini 
texnologik o‘xshashlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuziladi. 
Maxsuslashtirilgan brigade usulida xizmat ko‘rsatish turlari (KTXK, 
1-TXK, 2-TXK, diagnostikalash, JT, agregatlarni ta’mirlash) bo‘yicha 
amalga oshiriladi, bu ishchilarning ish unumdorligini, zamonaviy 
texnologiyalarni, mexanizatsiyalash, bajaruvchilarning malakasini oshirish 
va aniq texnologik operatsuyalarni briktirish hisobiga oshishiga yordam 
beradi.
Ishni bunday tashkil qilish natijasida bajarilgan ishlar har bir postlar 
bo‘yicha texnologik bir hilligi, bajaruvchilarni sonini o‘zgartirish bilan 
samaradorlikni oshirish, extiyot qismlar, texnologik jihozlar va asboblarni 
boshqarish, texnologik bajarilayotgan ishlarni hisobga olish va nazorat 
qilish tizimi yaxshilanadi. Bu usulning sezilarli kamchiligi bajaruvchi 
ishchilarning etarli darajada javobgarlikni xis qilishi hisoblanadi. Agarda 
TXK yoki joriy ta’mirlangan moljallangan muddatdan ilgari ishlash 
qoiliyatini yoqotadigan bolsa, u holda bu ishning masul ishchini aniqlash 
imkoni deyarli bolmaydi, chunki agregat va qismlarni ta’mirlash va TXK 
da bir qancha bolimlarning ishchilari ishtirok etadi. Bularning barchasi 
avtomobillarda buzilishlarni kopayishiga va mashinani ta’mirlashda kop 
vaqt yoqotishiga sabachi boladi. 
Kompleks brigade usuli biron soxaga moslashish, ya’ni brigadaga 
ma’lum avtomobillar (masalan, bir kalona avtomobillari, bir rusumdagi 
avtomobillar, pritseplar va yarimpritseplar) briktriladi, brigade ularga 1-
TXK, 2-TXK va JT ishlarini bajaradi. Markazlashgan holda KTXK ishlari 
amalga oshiriladi.


235 
Kompleksli brigadani turli mutaxasislar bilan (avtochilangarlar, 
chilangar-sozlovchilar, elektriklar, moylovchilar) jamlanib rejadagi 
ishlarni bajarishga yonaltiriladi. Har bir oziga briktirilgan ish joyiga, TXK 
va JT postlariga, ozining universal jihozlari va asboblariga, aylana 
agregatlari va extiyot qismlariga ega boladi. Bu usulning abzalliklaridan 
biri bajarilayotgan TXK va JT ishlariga brigade masul hisoblanadi. 
Usulning kamchiligi sifatida, moddiy materiallarni kop sarflanishi, 
ishlab chiqarish quvvatlari va materiallarini sarfini har doim ham hisobga 
olish imkoni yoqligi, ba’zi kompleks bajaruvchi brigadalarni 
yuklanganligini boshqarish imkoni bolmaydi. 
Agregat-bolim usulida barcha TXK va T ishlari boyicha bajariladigan 
ishlarning barchasi, ishlab chiqarish bolimlari orasida, ya’ni barcha 
avtomobilga TXK va JT ishlarini bajaruvchi masul shaxslarga
taqsimlanadi.
Taqsimlangan barcha TXK va T ishlari boyicha briktirilgan masullar 
shaxsan javob beradi.
Bajariladigan ishlar ishlab chiqarish bolimlari boyicha, avtotransport 
korxonasining olchamlariga va ushbu transport vositasidan foydalanish 
darajasiga qarab taqsimlanadi. 
Yirik avtotransport korxonalarida avtomobillardan foydalanish 
darajasi, TXK va JT ishlarini bajarish oraliqlari tort birlikdan sakkiz 
birlikkacha qabul qilinadi.
Usulning kamchiligi, ishni bajarish fronti 235ata bo‘lganligi sababli, 
tezkor avtomobilning texnik holatini aniqlash ancha noqulay. 
TXK ishlari rejalashtirilayotganda, bajariladigan yillik va kunlik 
ishlab chiqarish dasturlari, ya’ni mo‘ljallangan vaqt davomida xizmat 
ko‘rsatish sonlari aniqlanadi. 
Avtomobillarga TXK ishlarining 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish