O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Tashqi texnik diagnostikalash tizimlari yordamida passiv



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Tashqi texnik diagnostikalash tizimlari yordamida passiv 
diagnostikalash
. Diagnostikalanayotgan mashina bilan aloqa 
o‘rnatilganidan so‘ng kerakli bo‘lgan blok tanlanadi va tanlangan 
blok bilan mo‘ljallangan ish bajariladi. Har blok mustaqil ravishda 
skanerlanadi. Diagnostikalash imkoniyatlari blokning imkoniyatlari 
bo‘yicha chegaralanadi, lekin ob’ektni va undagi hotirani o‘rganish 
hamda hatoliklarni o‘chirish (XVI rangli rasm) albatta amalga 
oshirilishi kerak. Hotirani tozalash to‘liq, u bilan tanishib 
chiqilgandan so‘ngina bajarilishi mumkin. 
Agarda hotirada hatolik mavjud bo‘lsa, u holda shu hatolikning 
kodi, konstruksiya elementi va hatolikning sababi (XVII rangli rasm) 
kiritilish lozim. 
Hatolikning kodi aniqlanganidan so‘ng, ushbu nosozlikni 
yo‘qotishga mo‘ljallangan algoritm bilan to‘liq tanishish maqsadida
xizmat ko‘rsatish axborot programmasiga o‘tiladi. Buning uchun 
programma jadvalini tushuntiruvchi (nosozlik diagnostikalash kodi)
ДКН (XVIII rangli rasm) mavjuddir. 


165 
ДКН ning OBD-II va OEM protokollari barcha EBB tizimi 
ishlab chiqaruvchilari uchun mo‘ljallangan belgilar – harflar va to‘rt 
son mavjuddir (4.17 rasm). 
4.17 rasm. 
Holatlarni nosozliklar kodi (1-4) blan belgilash 
sxemasi
 
 
ДКН ning birinchi holatida (harflar), hatolik aniqlanganda – P 
(Powertrain – dvigatel va transmissiya), C – (Chassis – yurish qismi), 
B (Body – kusov) va U (Network – CAN axborot almashish shinasi) 
mashina mexanizmini bildiradi.
Ikkinchi holat ДНК hotirasi bilan tanishish darajasini 
belgilaydi. Qiymatning no‘l ko‘rsatkichi, ДНК qiymatlarini asosiy 
(Generic) ekanligini bildiradi, ya’ni nosozliklar mashinaning modeli 
va rusumiga qaramay bir hil ko‘rinishda ko‘rsatiladi. Masalan, P0335 
kodi barcha avtomobillar uchun faqatgina bir muammoni bildiradi, 
OBD-II/EOBD talablari bo‘yicha – tirsakli valning datchiklarining 
nosozligi. Bu ko‘rsatkich barcha ДНК ishlab chiqaruvchilari 
skanerlarida namoyon bo‘ladi. 
Ikkinchi holatdagi ДКН dagi 1 yoki 2 raqamlar, bu kodlarni 
manosi kengaytirilganligidan dalolat beradi, ya’ni ular turli ishlab 
chiqaruvchilar uchun, OEM protokoli bo‘yicha turlicha ma’nolar 
berishi mumkin. 
Uchunchi holatda (yoki ikkinchi raqam) nosozlik kodini 
aniqlashda ancha aniq ma’lumot berishi mumkin, bunda blokning 
asos kodiga tayangan holda va blokning bajaradigan vazifasi 
bo‘yicha: 
1 – quvvatni o‘lchash va yonilg‘ini meyorlash; 
2 - yonilg‘ini uzatish, purkash tizimi; 


166 
3 – o‘t oldirish tizimi va yonilg‘i aralashmasining yonish 
jarayonidagi nosozliklarning hisobga olish; 
4 – gazlardagi zararli elementlarni kamaytirish tizimi; 
5 – salt ishlash tizimi, aylana bo‘yicha – nazorat, havoni 
sovutish tizimi; 
6 – ichki zanjirlar va boshqarish blokining kiritish kaskadlari; 
7 va 8 – transmissiya mexanizmlari (ilashish muftsi va 
sh.o‘xshash). 
To‘rtinchi holatdagi raqamlar – ДНК ning shaxsiy tartib raqami 
bo‘lib, zanjirning yoki elementning nosozligini bildiradi. 
Nosozliklarning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ular 
aniqlanganda avtomobilning faqatgina ma’lum tizimlarining ishlashi 
EBB bilan to‘xtatiladi. Bunday holatlarda ta’mirlash ishlari 
bajarilmasa yoki ДНК hotirasidan bu hatolik o‘chirib tashlanmasa, 
bu tizim xech qachon faoliyat yuritmasligi mumkin. Shu sababli 
bunday hatolik to‘g‘risidagi habar o‘rganilib chiqilganidan so‘ng, 
EBB hotirasidagi bu habar o‘chirib tashlanishi shart. Bunday habarni 
o‘chirib tashlash, mashinadagi nosozlikni yo‘qotmaydi, shu sababli 
hotirani tozalash 
nosozlik aniqlanganidan va u yo‘qotilganidan so‘ng 
amalga oshirish 
tafsiya etiladi. 
Odatda ДНК o‘chirish jarayonida ko‘pincha, EBB hotirasidan 
barcha tizimni diagnostikalashdagi to‘plangan barcha ma’lumotlar 
o‘chib ketadi, ya’ni barchasi noldan boshlanadi va boshqarish 
electron bloke qaytadan yuklanishi boshlanaadi. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish