4.3.
ZAMONAVIY MASHINALARNI ELECTRON
DIAGNOSTIKALASH TIZIMLARI
Boshqarish electron tizimlari.
Hozirgi kunda mobil
mashinalarda juda ko‘p electron tizimlar qo‘llanilmoqda, ular
yordamida ishlash davomida tinimsiz axborat va ma’lumotlar olish va
almashtirish
imkoniyatlari
mavjuddir.
Masalan,
zamonaviy
kombayinlarda ondan ortiq bog‘liq bolmagan ko‘rsatkichlar
berilganki,
ular
bir-biriga
moslashgan
ravishda,mashinaning
mexanik, gidravlik va pnevmatik agregatlarni boshqarishi, hamda
diagnostikalash ishlarini bajarishi mumkin.
Ishni bajaruvchi asosiy electron tizimlar:
Dvigatelning ishini boshqarish;
Transmissiyani boshqarish;
Tormoz tizimini boshqarish;
Ishchi organlarni (bir necha bo‘lishi mumkin) boshqarish;
Electron tizimni o‘z-o‘zini diagnostikalash;
Operator kabinasining comfort va haroratini nazorat qilish;
Navigatsiya, boshqa multimediya qurilmalari bilan aloqa.
Datchiklardan axborot yig‘ish, ma’lumotlarga ishlov berish, tizim,
agregat va mashinani etarli darajada faoliyat yuritishi uchun kerakli
habarlarni shakillantirish va etkazib berish asosan electron boshqarish
blokida (EBB) ro‘y beradi. Odatda har bir electron tizim o‘zining EBB ga
egadir, lekin bazi hollarda bir blokka bir necha tizimlar ulanadi.
Odatda asosiy EBB lar bir joyda jamlanadi, ko‘pchilik hollarda
operatorning kabinasida, bundan tashqari boshqarilayotgan mexanizm
yonida ham joylashishi mumkin (VIII rangli rasm).
EBB larining asosiy funksiyalari
:
Tarkibdagi barcha tizimlarning ishini tinimsiz nazorat qilish;
Analogli habarlarni raqamli ko‘rinishga aylantirish;
Ma’lumotlarni saqlash va ishlov berish;
Olingan ma’lumotlarni berilgan qiymatlar bilan solishtirish,
hatoliklarni aniqlash;
Kelayotgan ma’lumot berilganidan farq qilganda yuboriladigan
habarni hisoblab toppish;
Boshqarish pulti va diagnostikalash
qurilmalari bilan
axborotlarni almashish;
Bajaruvchi mexanizmlar va ishchi organlar holatini nazorat
qilish.
131
Odatda barcha mobil mashinalarning EBB lari umumiy sxema
bo‘yicha tuziladi (4.5 rasm), har bir EBB ga o‘rnatilgan programma
maxsuloti, uning ishlash qobiliyatini va bajaradigan ishlarning
hajmini belgilab beradi. Zamonaviy mashinalarning diagnostikalash
tizimlari mashinaning umumiy vazifasini bajarishda ishtirok etuvchi
barcha tizim elementlarini ishlash sifati ko‘rsatkichlarini baholashi
mumkin.
EBB ni o‘z-o‘zini diagnostikalash hsusiyati uning faoliyat
yuritishining asosini (harakatlanish hafsizligi va mashinaning
ekologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha) tashkil qiladi, lekin EBB ga
qo‘shimcha programma o‘rnatish imkoniyati mavjuddir. Demak, bir
qancha datchiklarni, mexanizmlarni va EBB ni tinimsiz diagnostika
qilish boshqarish blokiga joylangan. Agarda mashinaga qo‘shimcha
ishchi organ yoki tizim o‘rnatiladigan bo‘lsa, u holda o‘z-o‘zini
tekshiruvchi jarayonda ishtirok etuvchi datchiklar va bajaruvchi
elementlarning soni ortadi.
Mobil texnikaning barcha tizimlari va agregatlarini samarali
tekshirib turish, bajarilayotgan texnologik jarayonlarning va
mashinaning texnik holatini tezkor nazorat qilish imkonini beradi.
Bu mashinaning ishonchliligini oshiradi, lekin mashinani o‘ziga
o‘rnatilgan elektron tizimlarning tizimini murakkablashtiradi.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |