Xizmat
ko‘rsatish
tizimining electron axboroti
. Mashinalarni
diagnostikalash
va
ta’mirlash-xizmat
ko‘rsatish
jarayonlarining
axborotlarini elektronlashtirish soxasida ancha o‘sish kuzatilmoqda.
Ayniqsa bu holat MTP larine ishlarida va bir qancha ko‘rinishdagi
126
mashinalarga, avtomobil, traktor va o‘zi yurar texnikalarga va boshqa
texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish markazlarida joriy etilmoqda.
Ma’lumotlarning electron bazasi va program maxsulotlar
asosan
korxonada ishni electron tizimda tashkil qilish va mashinalarni ishlatish va
korxonada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlarni saqlab turish uchun
qo‘llaniladi; turli mashinalar, qismlar va agregatlarni ta’mirlash-xizmat
ko‘rsatish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish va diagnostikalash ishlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash uchun qo‘llaniladi.
Birinchi holatda Excel yoki Mikrosoft Access programmalarida
yozilgan va quydagilarni qoniqtiruvchi programmalar qo‘llaniladi:
Bir mashinani saqlash uchun mo’ljallangan maydon kamida 20
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yacheykalardan iborat bo‘lib unda (ishlatish
muddati, yonilg‘i sarfi, bujilishlar, almashtirilgan detallar ro‘yxati va b.)
va konstruksion ko‘rsatkichlar (fizik va katalog bo‘yicha tartib raqamlari)
mashinani, uning agregat va qismlarining o‘lcham ko‘rsatkichlari;
Mashinaning turiga qarab giperteksli yondoshishlar, bazi
qismlar, ularning hsusiyatlari va sh.o‘h.;
Har bir yacheykadagi matinli va rastroyli axborotga ishlov
berish imkoniyati, hamda boshqa axborotlarning boyitish imkoniyati
mavjud.
Ma’lumotlarning bazasi injner-texnik hodimlar tomonidan tuziladi,
vaqt o‘tishi bilan ma’lumotlar yangi mashinalar keltirilishi va
avvalgilarini ishlatish davridagi ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.
Masalan, mijoz xizmat ko‘rsatish markaziga mashiga xizmat
ko‘rsatish uchun murojat qiladigan bo‘lsa markaz ma‘lumotlar
bazasidan ushbu texnika bo‘yicha ma‘lumotlarni olish imkoniyatiga
ega bo‘ladi va bunda ushbu traktor bo‘yicha bajarilgan barcha TXK
va T ishlari haqida ma’lumotlar namoyon bo‘ladi.
Barcha bajarilgan ta’mirlash ishlari unga sarflangan extiyot
qismlar avtomat ravishda hisobga olingan holatda hisobotni chiqarush
uchun keltiriladi, va buning yordamida bajarilgan ishlar va sarflangan
materiallar to‘g‘risida protokollar tuzish uchun qo‘llaniladi. Misol
tariqasida, New Holland TG285 rusumdagi va tartib raqami
JAW129107 ega bo‘lgan kombayinning xizmat ko‘rsatish markazida
xizmat ko‘rsatilayotganda ma’lumotlarni qo‘llash 4.4.-rasmda
keltirilgan. Shu erda buzilishlar va ishlagan vaqti to‘g‘risida
ma’lumot, almashtirilgan detallar, buzilishlarning foto suratlari bilan
maxsus darchada keltirilgan.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |