O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Zamonaviy mashinalarni ishlatish hsusiyatlari



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Zamonaviy mashinalarni ishlatish hsusiyatlari
. O‘zbekistonning 
turli hdudlarida traktor va kombayinlarni sinash, ishlash davomida ularni 
kuzatish shuni namoyon qildiki, qo‘shni davlatlarda ham ularni ishlash 
sharoitlari deyarli bir hil borar ekan. Zamonaviy mashinalarning imkon 
boricha ko‘proq ishlashi (30…100 %), ularning texnik ishonchliligini 
oshirishga, turli obi-havo sharoitlariga moslashishga, hamda ishlab 
chiqarish madaniyatini yuqori bolishiga yordam berar ekan.


109 
Turli turdagi ekinlarning hosillarini yig‘ish uchun mashinalarning 
ishlash vaqti (bashoqli ekinlarga 20…25 kun, paxtaga – 70…80 kun) uzoq 
bo‘lmaganligi sababli, bunday ishlarni bajarish qo‘shni hdudlar bilan 
kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hosilni yig‘ish davrida don 
kombayinlari bir kunda 16…20 soat, va bunday kunlarning soni bazi 
hollarda tinimsiz 20…25 kun ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Mashinalarni, ayniqsa MTP (mashina traktor parklari) ihtiyoridagi, 
ishlatishning yana bir tomoni, ish unumdorligining nisbatan ancha pastligi 
(kombayin dvigatelini yillik ishlash vaqtini, don o‘rish qurilmasini ishlash 
vaqti bo‘yicha solishtirilganda) hisoblanadi. Masalan, Hamangan 
viloyatida 2002 yilda uning qiymati 0,87 ni tashkil etgan, bu 13 % 
kombayinning ishlagan vaqti hosil yig‘ilayayotgan dalalarni almashtirish 
uchun sarflanadigan vaqt, yani o‘tish hamda burilish ishlarini bajarishga 
sarflangan vaqtlar hisoblanadi.
Ko‘pgina 
rivojlangan 
xorijiy 
davlatlarda 
qishloq 
xo‘jaligi 
traktorlarining dalada ishlash vaqti ancha chegaralangan. Masalan, AQSH 
larida 4x4 sxemada ishlaydigan g‘ildirakli traktorlarning bir yilda ishlash 
vaqti 16 ming moto-soatni 4x2 sxemada ishlaydigan traktorlarda 12 moto-
soatni tashkil etadi. G‘arbiy Evropa davlatlarida 38…184 kVt ga ega 
traktorlarning ishlash resursi 12 moto-soatni tashkil etadi. AQSH va 
Evropa davlatlarida don o‘rish kombayinlarinin 10 yilda ishlash meyori 3 
ming moto-soat belgilangan. Odatda ko‘p yillik to‘plangan malakalar 
shuni ko‘rsatdiki, meyoriy resurslarni 20…50% oshirish imkonlari mavjud 
va ular qo‘llanilmoqda. Huddi shunday normative tajribalarni O‘zbekiston 
sharoitida zamonaviy mashinalarni qo‘llash ham yuqori natijalarni berishi 
kutilmoqda. Evropa itfoqi davlatlarida 1.01.2002 yildan boshlab ishlab 
chiqarilayotgan texnikalar uchun kafolat muddalari 2 yilgacha 
uzaytirilgan. Turli (Same, Steyr, Valmet) ishlab chiqaruvchi firmalar 
maxsulotning 
ishonchliligini 
namoyon 
qilish 
maqsadida 
kafolat 
muddatlarini uch yilgacha (bu deyarli 2 000 moto-soat demakdir) 
oshirmoqda.
Kafolat muddatida bujilish ancha murakkab bo‘lgan holatlarda uning 
qaytadan moslashishi turlicha borishi kuzatiladi, horijiy er haydash 
traktorlarida 1000 moto-soat, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan texnikada 
esa bu ko‘rsatkich 410…460 moto-soatni tashkil etishi kuzatilgan. John 
Deere 7810 traktorlarining 1996-2001 yillarda ishlagan muddatini taxlil 
qilish shuni namoyon qildiki, birinchi yil ishlash mobaynida buzilish 482 
moto-soatga, ikkinchi yil – 450 moto-soatga, ishlatishning beshinchi yilida 


110 
– 165 moto soatga to‘g‘ri kelgan, yani muddat deyarli 3 marotiba 
kamayganligi 
ko‘rinmoqda. 
Ilmiy 
tekshirish 
institutlarining 
ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda ishlayotgan John Deere 8400 (191 
kVt) traktorlarining texnik tayyorlik koeffitsenti 0,99 ga teng, K-701 (200 
kVt) traktorining texnik tayyorlik koeffitsenti 0,85 ni tashkil qilmoqda. 
Ko‘pgina don o‘rish kombayinlarida bu ko‘rsatkich birinchi yil ishlatishda 
0,99, 4 yil ishlatilgandan so‘ng esa 0,95, bazi kombayinlarda esa (masalan, 
Дон-1500Б) bu ko‘rsatkich 0,79 qiymatni tashkil qilishi kuzatilmoqda. 
Zamonaviy don o‘rish kombayinlarining buzilishgacha ishlagan vaqti 
100…250 moto-soatni tashkil qiladi, bu boshqa kombayinlarga nisbatan 
deyarli 4-6 marotaba kattaroq ko‘rsatkichdir.
Ishlatish mobaynida bajariladigan TXK va T ishlariga sarflanadigan 
harajatlar horijiy davlatlarda ancha yuqori: yangi mashinaning narxiga 
nisbatan 80…120% ni tashkil etib, to‘liq ishlash davri 10 ming soatni 
tashkil etmoqda, o‘zi yurar kombaynlarda esa bu ko‘rsatkich - taxminan 
80% tashkil etadi. AQSH larida TXK va T ga sarflanadigan umumiy 
harajatlar meyori – 
Y
, asosiy gruhdagi mashinalar uchun, quyidagi formula 
yordamida hisoblanadi.
Y = Ц·RF(T/1000)
RE
,
bu erda Ц – yangi mashinaning tannarhi, ming.so‘m; RF va RE – emperik 
koeffitsenlar; T – mashinaning ishlagan vaqti, moto-soat. 
RF va RE koeffitsentlarini g‘ildirakli traktorlar uchun – 0,039820 va 
2,0 qiymatlarda; don o‘rish kombayinlari uchun 0,006944 va 2,1 
qiymatlarda qabul qilinadi. Masalan, 100 moto-soat ishlagan 4x2 sxema 
bo‘yicha ishlaydigan g‘ildirakli traktorlar uchun – mashina tannarxining 
0,83 %, 4x4 sxemadagilar uchun – 0,50% ni tashkil; don o‘rish 
kombayinlarida – 1,33%; lavlagi yig‘ish mashinalarida 6,70% ni tashkil 
qiladi. Germaniyada don yig‘ish kombayinlariga 200 moto-soat ishlaganda 
TXK va T uchun amalda sarflanayotgan harajatlar quydagicha: 1 gektar 
erdagi hosilni yig‘ish uchun 8 evroni tashkil etadi, 1000 gektarga esa 
bunga nisbatan 2,3 marotaba ko‘p, 2000 gektarda – 3,6 marotaba ko‘p va 
2500 gektarga - 4,3 marotaba ko‘p harajatlar sarflanadi.
O‘zbekiston sharoitida texnik xizmat ko‘rsatish xizmatining to‘liq 
tashkil etilmaganliginatijasida, bu harajatlar deyarli 1,5-2 marotaba kata 
qiymatlarni tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra kombayinlar uchun extiyot 
qismlarga sarflanadigan harajatlar, mashinalarning umumiy tannarxini 


111 
2009 yilda 3,8%, 2010 yilda – 2,7 %, 20011 yilda – 2,2 % tashkil etgan. 
Mega 204 kombayinlari uchun yillar bo‘yicha, extiyot qismlarga 
sarflangan harajatlar, ularning umumiy tannarxining 0,84; 1,40 va 1,14 % 
tashkiletgan.
Traktor va kombayinlarning ishlatish muddati ortgan sari, ularni 
eskirishi natijasida extiyot qismlarga va boshqa tadbirlarga sarflanadigan 
harajatlar ortib boradi. 
Zamonaviy mashinalarning tuzilishi, avvalgi mashinalarning 
tuzilishidan tubdan farqlanadi. Bular bir qancha electron, elektr, 
gidraboshqaruvchi qismlar va elementlar bilan farqlanadi. Almashtirilishi 
lozim bo‘lgan agregat va tizimlarning tannarxi yuqori bo‘lganligi sababli, 
imkon boricha ularning resurslaridan to‘la foydalanishga extiyoj tug‘iladi. 
Masalaga bunday yondoshish, imkon boricha diagnostikalash, TXK va T 
ishlarining o‘rnini ortishiga sababchi bo‘ladi, chunki ular mashinaning 
texnik holatining sifat ko‘rsatkichlarini bo‘shqaruvchi asosiy ko‘rsatkich 
sifatida ishtirok etadi.
1997-2003 
yillarda 
ishlatilgan 
Case 
va 
New 
Holland 
kombayinlarining yonilg‘i tizimi agregatlarini, Case IH va John deere 
traktorlarini buzilish sabablarini o‘rganish ko‘pgina buzilishlar TXK 
qonuniyatlari buzilganligi, qo‘llaniladigan yonilg‘i va moylarning sifati 
pastligi namoyon bo‘ldi.
Horijda ishlab chiqarilgan dizellarning yonilg‘I uzatish tizimlarini 
ta’mirlashni taxlilidan namoyon bo‘ldiki, masalan (MW va VE rusumdagi 
yonilg‘I nasoslsrining plunjer juftligini almashtirish va uni sozlash 
ishlarini bajarish) ta’mirlash korxonalari kerakli sifatni taminlab bera 
olmaydi. Sifat ko‘rsatkichlari etarli darajada bo‘lishi uchun birinchi 
navbatda ishlarni bajaruvchi mutaxasislsrning malakasi yuqori, ayni shu 
tizimlarni ta’mirlashga mo‘ljallangan maxsus asbob-uskunalar va jihozlar 
mavjud bo‘lishi zarur hisoblanadi. Muammolardan yana biri ayni 
tizimlarni sozlash ishlarini bajarish, TXK va T ishlarini bajarish uchun 
mo‘ljallangan texnik hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Asosiy mashinalarni ishlatuvchi MTP larida, TXK va T ishlarini 
bajarish uchun kerakli bazaning mavjud emasligi, malakali injner-texnik 
hodimlar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, kafolatlangan muddatlarning 
dillerlik va xizmat ko‘rsatish korxonalarining aybi bilan o‘z vaqtida 
bajarilmasligi sabab bo‘ladi.
Umumiy 
aytilganda, 
O‘zbekiston 
sharoitida 
ishlatilayotgan 
zamonaviy mobil texnikalarni ishlatishda bir-qancha muammolar mavjud. 


112 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish