Forsunkaning texnik holatini tekshirish
. Forsunkaning ishlash
qobiliyatini aniqlovchi ko‘rsatkichlarga: yonilg‘ini purkash sifati, berkitish
konusini purkash ignasi bilan joylashish zichligi, Yonilg‘ini dastlabki
purkash bosimi hisoblanadi.
Nosozliklarning tashqi belgilariga
– chiqib
ketayotgan gazlarning qora rangdaligi, dvigatelning notekis ishlashi
(silindrlarda yonilgini bir meyorda yonmasligi) ro‘y beradi.
Ishlab turgan dvigatellarda forsunkaning nosozligi aniqlash uchun
unga yonilg‘i keladigan naychaning nasosga ulangan qotirish gaykasi
yordamida bo‘shatib chiqaziladi va tirsakli valning aylanish chastotasi
kuzatiladi. Agarda aylanishda uzgarish bo‘lmasa, chiqib ketayotgan
gazning tarkibida qora tutun kamaysa, u holda forsunka nosoz bo‘ladi.
Forsunka soz bo‘lgan holda esa aylanislar soni kamayadi, chiqayotgan
tutunda o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Forsunkaning nosoz ishlashiga sababni aniqlash uchun КИ-5918
(2.6- rasm) rusumidagi mexanotesterdan foydalaniladi.
2.6-rasm. Forsunkani tekshirishda qo‘llanilayotgan
КИ-5918 mexanotestori:
1-shtutserdan o‘tkazgich; 2-tiqin; 3-manometr;
4-dastak; 5-yonilg‘i o‘tkazgich; 6-drosel; 7-korpus
56
Mexanotestorni ishga tayorlash dastakdagi (4) tiqin burab
chiqaziladi, dastakning ichki qismiga dizel yonilg‘isi quyilib to‘ldiriladi va
tin bilan berkitiladi. Tiqin (2) burab chiqaziladi va dastakki ishchi
xarakatda xarakatlantiriladi, bu xarakat shtutserda havo puffakchalari
yo‘qolguncha davom etadi. So‘ngra tiqin (2) va drosel (6) ventili
berkitiladi.
Shtutserga maxsus berkitubchi tiqin (uning komplektida mavjud)
o‘ralib berkitiladi va, dastak ishchi xarakatda xarakatlantiriladi, testorning
so‘rish bo‘shlig‘ida 17…20 MPa (170…200 kgs/sm
2
) qiymatdagi bosim
hosil qilinadi. Bunda bosimning pasayish davomiyligi 45 soniyadan kam
bo‘lmasligi kerak.
Yuqori bosimli yonilg‘i nasosining yonilg‘i uzatish naychasi
forsunkadan yoki yonilg‘i nasosining seksiyasidan uziladi (testorga
ulashga moslagan holda) va mexanotestorga o‘tkazgich yordamida
forsunkaga yoki yonilg‘i naychasiga ulanadi.
Yonilg‘ining purkalish sifatini tekshirish uchun
yonilg‘ini so‘rish
boshlanguncha (so‘rish bo‘shlig‘idagi bosim 8…10MPa bo‘lguncha)
dastak harakatlantiriladi va keskin ravishda testorning dastagi plunjerning
faol harakatiga o‘tkaziladi. Agarda purkashdan hosil bo‘layotgan tovush
ancha past bo‘lsa va aniq namoyon qiluvchi, har tomonlama etarli
purkashni namoyon qiluvchi belgilar sezilmasa, u holda forsunka
bo‘laklarga ajratilib, detallarining yuzalari turli qoldiqlardan tozalanadi.
Ishga yaroqli forsunkani purkashi natijasida yuqori tondagi tovush
yangraydi va bu aniq eshitiladi. Eshitishning yanada yaxshilash uchun,
avtotetaskopdan foydalaniladi.
Konusli berkitgichning germetikligini tekshirish
uchun
testorning
dastagi bir-necha marotaba ishchi harakatlantirilib, testorning so‘rish
bo‘shlig‘idagi bosim 1,0…1,5 MPa (10…15kgs/sm
2
) gacha, ya’ni
forsunkani purkash bosimining nominal qiymatidan pastroq qiymatgacha
(2.6-jadval) ko‘tariladi.
2.6-jadval
Forsunka yonilg‘i purkashining boshlanish bosimlari
Dvigatelning turi
Forsunkaning rusumi
Purkash boshlanish bosimi
MPa (kgs/sm
2
)
СМД-60, СМД-62
11.1112010.10-392
17,5
+0,5
(175
+5
)
ЯМЗ-240, ЯМЗ-240П
282.1112010
17,5
+0,5
(175
+5
)
КамАЗ-740.20, КамАЗ-7403
271. modeli
23,5
+0,5
(235
+5
)
57
Purkagichning ignali konusining berkitish germetikligi aniqlash.
Buning uchun sekundomer yordamida 15…10 MPa (150…100 kgs/sm
2
)
qiymatdagi bosim yoqolishi 15 soniyani tashkil etishi kerak.
Yonilg‘i purkashning boshlanishini aniqlash uchun
, trstorning
dastagi bir-necha marotaba ishchi holda harakatlantirilib forsunkaning
kanallari yonilg‘I bilan to‘ldiriladi va manometrning strelkasiga qarab
maksimal ko‘tarilish aniqlanadi. Aniqlangan qiymat forsunka purkash
boshlanishidan dalolat beradi.
Aniqlangan qiymat, 2.6-jadvalda keltirilgan qiymatlar bilan mos
tushishi kerak. Agarda qiymatlar to‘g‘ri kelmasa, u holda forsunka
sozlanadi.
So‘rish
klapanining
gidrozichligini
aniqlash
,
past
bosimli
nasoslardan tashqari, barcha nasoslar uchun bajariladi.
Yuqori bosimli yonilg‘I nasosiga yonilgi uzatuvchi naycha yonilg‘i
nasosining shtutseridan ajratiladi va unga mexanotestorning o‘tkazgichi
yordamida ulanadi. Nasosning reguliyatori yordamida, boshqarish richagi
yonilg‘ini uzatish toxtatilgan holatiga o‘tkaziladi.
Testorning dastagini bir tekis ishchi holatda harakatlantirilib,
testorning ishchi bo‘shlig‘ida 18…20 MPa (180…200 kgs/sm
2
)
qiymatdagi bosim hosil qilinadi. Bunda bosimning yo‘qolish vaqti 10
soniyadan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda so‘rish klapanining shtutseri
qotiriladi va gidrozichlikni sinash qaytadan amalga oshiriladi. Agarda
qaytadan tekshirishda ham shunday ko‘rsatkich qaytarilsa, u holda klapan
almashtiriladi.
Plunjer juftligini tekshirish
ucun yonilg‘i nasosining stutseridan
yonilg‘I naychasi uziladi, past bosimli nasosning dastagi harakatlantirilib
uning tizimi havodan tozalanadi va shu nasos yordamida yonilg‘i uzatish
qo‘shiladi.
Bir qator va V ko‘rinishida joylashgan nasoslarga qo‘shimcha
shtutser o‘rnatiladi va tekshirilayotgan nasosning prujinasi va so‘rish
klapanining berkitish elementlari bo‘yicha mo‘ljallangan ketma-ketlikda
olib boriladi. Stutser burab chiqariladi.
Tirsakli val qo‘l yordamida aylantiriladi, tekshirilayotgan plunjerni
ishlash, yonilg‘ini so‘rishining o‘rta holatiga keltiriladi. Bu holat shtutser
kanalida yonilg‘ini satxi ko‘tarilish vaqtini bildiradi va yonilg‘i nasosining
valini belgisini bir bo‘lakka surilishini (val reguliyatorining limbasi
bo‘yicha) taminlaydi.
58
Testor yonilg‘i nasosining shtutseriga ulanadi va testor dastagi bilan
bir-necha ishchi harakatlar bajariladi, bu plunger usti bo‘shlig‘da bosimni
25 MPa (250 kgs/sm
2
) hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Sekundamer yordamida 20…15 MPa (200…150 kgs/sm
2
) oraliqdagi
bosimning kamayishi kuzatiladi. Bunda bosimning pashayish vaqti 15
soniyadan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda yonilg‘I nasosi ta’mirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |