O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/117
Sana13.06.2022
Hajmi4,57 Mb.
#660873
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
Bog'liq
fayl 1539 20210820

Diagnostikalashni 
tashkil 
etish

Mashinalarni 
texnik 
diagnostikalash TXK va T ning asosiy qismi hisoblanadi. Shu sababli 
diagnostikalashni tashkil etishni xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan 
birgalikda tashkil qilish tafsiya qilinadi. 
Tashkil qilish ishlari diagnostikalash jarayonining sifat va 
samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga, 
diagnostikalash 
vositalarindan 
foydalanishdagi ish unumdorligi foydalanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Texnik diagnostikalashning asos ko‘rsatkichi sifatida mexnatni 
to‘g‘ri taqsimlanishi va maqsadni to‘g‘ri tanlanish prinsipi yotadi, bunda 
diagnostikalash ishlari maxsus tayyorlangan ustalar yoki sozlovchi ustalar 
tomonidan bajarilishi kerakki, ularning ishi natijasida ish unumdorligi va 
diagnostikalash ishlarining sifat ko‘rsatkichlari ortishi kerak. 
Hizmat ko‘rsatiladigan mashinalarning soniga, xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlash joyiga va diagnostikalashni tashkil qilish usuliga qarab: bir 
ko‘chmas postda, potokli oqimda yoki harakatlanuvchi diagnostikalash 
qurilmalarida diagnostikalash ishlarini amalga oshirish mumkin. 
Birinchi holatda bir mashina uchun diagnostikalsh postini 
(diagnostikalash davomida mashina tashqariga chiqishi yoki chiqmasligi 
mumkin) tashkil qilish, ikkinchi usulda esa – bir qancha mashinalarga 
xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallanadi. Bunday holatda diagnostikalash post bir 
texnologik yo‘nalishga (yo‘nalishda) joylanadi.
Agarda ko‘chmas diagnostikalash vositalari bo‘lmasa yoki mashinani 
ishlatish joyida talab bo‘yicha diagnostikalash ishlari bajariladigan 
nosozlik va buzilish sababini aniqlash kerak bo‘lsa, bunday holatlarda 
diagnostikalash ko‘chma yoki mobil qurilmalardagi vositalardan 
foydalaniladi.
Diagnostikalash ketma-ketligi asosan quyidagi bosqichlarni o‘z 
ichiga oladi: 

mashinani sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirish; 

agregatlarning texnik holatini belgilovchi umumlashgan 
ko‘rsatkichlarni asboblar yordamida diagnostikalash; 


40 

agregatlarning texnik holatining buzilishini aniqlash maqsadida 
bazi ko‘rsatkichlarini asboblar yordamida diagnostikalash; 

agregatning qoldiq resursini aniqlash; 

TXK va T da bajariladigan ishlar bo‘yicha tashqis qo‘yish va 
diagnostikalash xaritasini to‘ldirish.
Texnik diagnostikalash shunday tashkil etiladiki, unda kam mexnat 
sarflanib quyidagi masalalarni hal etilishi lozim: 

TXK jarayonida bir qancha ko
‘rsatkichlarni va mashinaning 
texnik holatini belgilovchi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlab, chegaraviy 
qiymatdan ortgan ko‘rsatkichlarni meyoriga keltirib mashinani ishchi 
holatga qaytarish choralarini ishlab chiqarish;

mashinaning buzilish oqibati yo
‘qotilganidan so‘ng uning 
to‘g‘ri faoliyat yuritayotganini tekshirilishi kerak, lozim bo‘lsa nosozlikni 
aniqlanishi va mashinani ishlash qobiliyatini tiklash bo‘yicha chora 
tadbirlar belgilanishi kerak;

mashinaning ta’mirlashdan avvalgi yoki ta’mirlangandan 
keying holatida, uning ishga yaroqliligi va faoliyat yuritish aniqlanadi, 
qoldiq resursi bo‘yicha ma’lumotlar to‘planadi va lozim bo‘lsa mashinani 
yoki uning tashkil topuvchilarining ta’mirlash bo‘yicha zarur qarorlar 
tayyorlanish (qabul qilinishi) lozim;

agregat va qismlarni (ta’mirlashdan avvalgi diagnostikalashda)
TT to‘liq qismlarga ajratilishga hojat bormi yoki yo‘qmi, yoki mashina va 
agregatni (ta’mirlangandan so‘ng) ta’mirlash sifatini aniqlash.
Odatda diagnostikalash boshqa TXK (qo‘shma diagnostikalash) turlari 
bilan birga, yoki mustaqil (maxsuslashtirilgan) holatda olib boriladi. 
Qo‘shma diagnostikalash
odatda murakkab bo‘lmagan TXK da, 
masalan traktorlar uchun 1-TXK va 2-TXK da. Bunday holatlarda texnik 
diagnostikalashni boshqa ishlar bilan birgalikda sozlovchi-usta amalga 
oshiradi. Murakkab TXK jarayonlarida diagnostikalashni birgalikda 
amalga oshirish uchun diagnostikalanayotgan qismlarni tekshirish-
diagnostikalash uchun to‘liq yuklanmaydi va bu holatda malakali 
sozlovchi-ustani bo‘lishi ham talab etilmaydi. Qo‘shma diagnostikalashni 
shu qatorda mashinaning buzilish oqibatini yo‘qotishda ham qo‘llaniladi. 
Maxsuslashtirilgan 
diagnostikalash 
traktorlarga 
3-TXK 
da, 
kombayinlarga 2-TXK da, avtomobillarga 1-TXK va 2-TXK da amalga 
oshiriladi. U qisman TXK va T dagi iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga, 
kochmas va koVchar jixozlardan unumli foydalanishga sababchi boladi. 
Odatda maxsuslashtirilgan diagnostikalash traktorlarga texnik xizmat 


41 
korsatish stansiyalarida (TTXKS) va avtomobillarga (ATXKS) da, hamda 
kochma mobil qurilmalarga ornatilgan diagnostikalash vositalarida amalga 
oshiriladi. 
TTXKS 
va 
ATXKS 
da 
diagnostikalash 
ishlarining 
unumdorligini oshirish maqsadida, turli bajariladigan ishlarni stansiyaning 
maxsuslashtirilgan ish joylariga taqsimlash bilan erishiladi.
Diagnostikalash boyicha mutaxasislar kollejlarda va texnikumlarda 
tayyorlanadi. Har bir mutaxasis ma’lum vaqt mobaynida malaka oshirish 
yoki qayta tayyorlash kurslarida uz malakasini oshirishi talab etiladi.

 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish