231
ko‘ndalang yo‘nalgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bularni ichida potokli
ko‘rinishida joylashgani ko‘p uchraydi.
Bu usulni samarali qo‘llanilishi avtomobillarni har bir postda xizmat
ko‘rsatilayotgan vaqtlarning hajmi bir hil bo‘lishi hisoblanadi, yani
postlarda bajarilayotgan operatsiyalar davomiyligi sinxron ravishda tashkil
etilishi. Bunga erishish uchun har bir postda ishchilarning soni
bajariladigan ishlar hajmiga mos bo‘lishi darkor.
Bunday ko‘rinishida ishlarni tashkil qilish ortiqcha harakatini
(avtomobil va ishchi kuchlarni)
kamaytiradi, ishlab chiqarish
maydonlaridan unumli foydalanishga sharoit yaratadi. Avtomobillarni
postdan postga harakatlanishi konveyer yoki o‘zi yurar qurilma yordamida
amalga oshirilib avtomobillarning kunlik TXK ish hajmi bajarilishi
mumkin.
Usulning kamchiligi biron postda ish hajmini oshirish mumkin emas,
oshirish uchun esa qo‘shimcha ishchi kuchlarni tadbiq qilish talab etiladi,
bunday hol faqatgina bajaruvchi brigadaning
ichki kuchi bilan amalga
oshirish mumkin. Bu brigadaga ortiqcha yuklanish hisoblanadi.
Potokli usulda TXK ishlarini tashkil qilishda
potoklarni tinimsiz
harakatlanadigan va vaqti-vaqti bilan harakatlanadigan turlari bo‘lishi
mumkin. Tinimsiz harakatlanadigan usulni tashkil qilishda quydagi TXK
usulining texnologik jarayoni harakatlanayotgan
avtomobilda bajara
olishga imkon berishi kerak. Masalan, tozalash, yuvish, bo‘yoqlardan
tozalash ishlarini bajarishda.
Vaqti-vaqti bilan harakatlanish asosan bajarilayotgan texnologik
jarayonning tashkil qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi, bunda bir postda
bajariladigan ishlar tugatilganidan so‘ng, avtomobil
harakatlanib keying
postga o‘tadi. Bunday usul ko‘proq 1-TXK va 2-TXK keng qo‘llaniladi.
Potokli tizimda avtomobillarga TXK ishlarini tashkil qilishda
texnologik jarayonda bajariladigan ishlarni bir meyorda taqsimlanishigaб
mexnat sarfini faoliyat yuritayotgan ishchilar orasida bir tekisda
taqsimlanishga
erishish lozim; bunda bajarilayotgan ishlar bir meyorda
amalga oshirilishi, har bir mashinaga etarli darajada xizmat ko‘rsatilishi,
mo‘ljallangan ishlar to‘liq bajarilishi, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish
jarayoni barcha postlar bo‘yicha bir tekisda va to‘xtovsiz
bajarilishini
taminlash talab etiladi.
Mashinalarga TXK ishlarini bajarish uchun ishchi joylarini to‘liq
quydagi shartlar asosida jihozlanishi kerak bo‘ladi. Ish joylarida
rejalashtirilgan bajariladigan ishlar texnologik nuqtaiy nazardan bajarilishi,
232
asboblari, jihozlari va yakunda to‘liq bajarilgan ishlar bo‘lishi talab etiladi.
Postdagi bajaruvchilar soni ishning hajmiga qarab tanlanadi va ularni
yuklanishi ish joyidagi ishni bir tekisda taqsimlanishi bo‘yicha e’tibor
qaratiladi. Agarda bajariladigan ishlarga mo‘ljaldagidan ko‘proq vaqt
sarflanadigan bo‘lsa, u holda ishni boshqa postlar bilan bir meyorda
bajarilishini taminlash maqsadida yana bir ishunday
post tashkil qilish
usullari ham qo‘llaniladi. Potokli 1-TXK liniyasi uchun uch postli, 2-TXK
liniyasi uchun esa to‘rt postli liniyalarni tashkil qilish tafsiya qilinadi (7.4
jadval).
Potokli tizimda xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish ko‘pincha bir
rusumdagi avtomoillarning soni ko‘p bo‘lsa va rejalashtirilgan ishlarni bir
ish kunida bajara olish imkoniyati mavjud bo‘lsa va shu turdagi ishlar
hajmi doimo mavjud bo‘lgan holdagina tashkil qilish qulay hisoblanadi.
7.4 jadval
TXK postlarida bajariladigan ishlarning taxminiy taqsimoti
TXK
turi
Post
1-post
2-post
3-post
4-post
1-TXK Avtomobilni
tashqi nazorat;
diagnostikalash,
sozlash, va
ta’minot va ot
oldirish tizimi
bo‘yicha qotirish
ishlari, shinalar,
rul boshqaruvi,
transmissiya va
yurish qismi
bo‘yicha
Diagnostikalash,
elektro tizim va
tormoz tizimi
bo‘yicha qotirish
ishlari
Moylash va
tozalash ishlari
-
2-TXK Avtomobilni
tashqi nazorat;
diagnostikalash,
sozlash va
elektro
jihozlarni (3-
postda
bajarilgan
ishlardan
tashqari) qotirish
ishlari
Diagnostikalash,
shinalarni, rul
boshqaruvi,
yurish qismi va
transmissiyani
qotirish ishlari
Diagnostikalash,
sozlash va
yoritish,
habarchilar va
tormoz tizimini
qotirish ishlari
Moylash va
tozalash ishlari