14.3. Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdagi oqib chiqishi
O`zgaruvchan bosimda oqish yoki idishlarning teshikdan yoki naychadan oqish hisobiga bo`shashi masalasini ko`ramiz. Idishning tubida teshik yoki naycha bo`lib, undan suyuqlikning oqish hisobiga bosim kamayib boradi. Natijada oqish tezligi ham kamayib boradi. Shuning uchun bu masala beqaror harakatga misol bo`ladi. Lekin bosim ham, tezlik ham vaqt davomida sekin o`zgargani uchun harakatni qisqa vaqt oraliqlarda barqaror harakatdek ko`rish mumkin. Bu holda masalani yechish uchun Bernulli tenglamasidan foydalansak bo`ladi.
Idishdagi suyuqlikning o`zgaruvchan balandligini H, shu balandlikdagi suyuqlik kesimi yuzini S, teshikning yuzini S0 bilan belglaymiz (14.5-rasm). Kichik vaqt oralig`i dt davomida idishdagi suvning sathi (teshikdan oqish hisobiga) dH ga o`zgaradi. Bu vaqt ichida oqib ketgan suyuqlik miqdori idishdagi suyuqlikning kamayishi Qdt ga teng bo’ladi, ya'ni.
(14.12)
Bu yerda manfiy ishora idishdagi suyuqlikning kamayganini bildiradi. Ko`rilayotgan vaqt oraliqida (yuqorida aytilganidek) Bernulli tenglamasidan foydalanish mumkin bo`lgani uchun sarf (14.10) formula bilan hisoblanadi. U holda (14.12) formula quyidagicha yoziladi:
.
oxirgi tenglikdan ko`rinadiki,
(14.13)
Agar sarf koeffisiyenti m ni idish bo`shashi davomida o`zgarmaydi desak, u holda idishning bo`shash vaqti quyidagicha hisoblanadi:
(14.14)
Vaqt davomida suyuqlik sirti yoki idish kesimi yuzi S ning sathi H ning o`zgarishiga qarab qanday o`zgarishi S = (H) ma'lum bo`lsa, u holda (14.13) tenglikning o`ng tomonidan integralini hisoblash mumkin. Prizmatik idishlar uchun S = sonst ekanligini nazarda tutib idishning ixtiyoriy sathi suyuqlikdan bo`shash vaqtini hisoblaymiz
Yoki (14.15)
Idishdagi suyuqlikning dastlabki sathini Hd desak, dastlabki hajm Vd = SHd bo`ladi. U holda idishning dastlabki sathi Hd suyuqlikdan bo`shash vaqti bilan quyidagicha bog`lanadi.
Bu formuladan ko`rinadiki, o`zgaruvchan bosimda idishning bo`shash vaqti shu bo`shagancha hajmli suyuqlikning o`zgarmas Hd bosimda oqib ketishi uchun ketgan vaqtga qaraganda ikki baravar ko`p ekan. Bunday masalalar benzin baklarning bo`shab borishini hisoblashda kerak bo`ladi. Masalan, (14.14) tenglamadan suyuqlik sathining H1 dan H2 gacha o`zgarishi uchun ketgan vaqtni quyidagicha hisoblash mumkin.
(14.16)
14.5- rasm. Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdan oqib chiqishiga oid chizma.
Shuningdek, o`hshash yopiq idishlarning kichik diametrli teshiklardan oqishi hisobiga bo`shashi masalasini ham ko`rish mumkin. Suyuqlikning bosimi ko`p idishdan bosimi ko`p idishdan bosimi kam idishga o`tishi masalasini ham xuddi shunday ko`rish mumkin.
Nazorat savollari:
Suyuqliklarni yupqa devorli kichik teshikdan oqishini tushuntiring.
Suyuqlikni teshikdan oqib chiqishda nazariy va amaliy tezlik va sarflarni topish formulalarini keltiring.
Torayish, tezlik va sarf koeffitsientlari haqida tushuncha bering va ular qanday aniqlanadi?
Suyukliqni naychalardan oqishini tushuntiring.
Naychalarni qaysi turlarini bilasiz?
Konussimon kengayuvchi naychani ishlashini tushuntiring.
Konussimon torayuvchi naychani va uni qo‘llanishini tushuntiring.
Konoidal naycha haqida tushuncha bering.
Konuslik burchagining qiymati tezlik va sarflanish koeffisiyentlariga qanday ta’sir ko’rsatadi?
10. Suyuqlikning o‘zgaruvchan sathdan oqib chiqishi nima bilan tavsflanadi va idishning bo’shatilish vaqti qanday topiladi?
15- MA’RUZA
15- Mavzu. Taqsimlash, tekshirish va sozlash uskunalari. Drosellar, ularning tuzulishi va ishlash prinsipi. Gidroakkumulyatorlar, ularning tuzulishi va ishlash prinsipi. Gidroyuritgichlarning mashinasozlik sanoatida rivojlanish kelajagi va muammolari
Reja:
1. Gidropnevmoyuritmalar. Gidropnevmoyuritgichlarning mashinasozlikda, texnikaning rivojlanishida tutgan o’rni.
2. Gidropnevmoyuritgichlarning turlari, gidropnevmoyuritgichlar, ularni tashkil etuvchilari. Hajmiy gidropnevmoyuritgichlar va gidropnevmouzatmalar haqida tushuncha.
3. Hajmiy gidroyuritgichlarni kelib chiqishiga qarab klassifikatsiyalash. Chiqish tezligini hajmiy va drosellash usuli bilan sozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |