Tabiatda (natura) tasvirga olish texnologiyasi
Naturada epizodlarni tasvirga olish uchun operator obyektlarning joyini va
tasvirga olish vaqtini tanlaydi. Yaxshi tanlangan natura rejissyor va aktyor uchun real
ijod
muhitida
bemalol
ijod
qilish
imkoniyatini
beradi.
Dramaturgiya
kompozitsiyasida esa yaxshi tanlangan natura fon bо‗lib, sahna yaratishga yordam
beradi. Naturani yaxshi tanlash uchun operator naturaning о‗ziga xos
xususiyatliligini, filmga mos kelishini va tasvirga olish imkoniyatlariga baho bera
bilishi kerak.
Kinotasvirni yaratishda natura tanlash bu operatorning asosiy ishidir. Hamma
vaqt operator kinokamera bilan tabiiy о‗zgarishlarni fiksatsiya qilishi mumkin,
shuning uchun u har doim kadrni qidirishi lozim. Kinomatografik tasvir bu real
tabiatning tasviridir.
Kadrni tanlash bu-real tabiatdagi yoki qurilgan dekoratsiyada tasvir tushirish
joyini topish ekranda optik ram yaratish bо‗lib dramaturgik masalani yechadi.
Natura obyekti tanlapnayotganda kо‗p boshqa faktorlar, yani tashkiliy va ishlab
chiqarish masalalari hisobga olinishi kerak. Ular ichida tasvirga olish faktori asosiy
rol о‗ynaydi.
Natura obyekti ustida ishlash jarayoni bir necha bosqichlardan iborat:
-
obyektni kо‗rish va tanlash;
-
tasvirga olish ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash;
-
obyektni о‗rganish-repetitsiya, proba, yoritish;
-
sahna syomkasi;
-
olingan materiallarni kо‗rish.
Natura obyekti ustida ish olib borish uchta jarayondan iborat:
59
-
joyni va vaqtni rejissyor bilan operator tanlab, operator va rassom rejiss
yo
rlik
ssenariyasi ustida ishlashadi;
-
oldingi masala hal qilingandan sо‗ng natura tanlanadi;
-
oxirida konkret kadr kompozitsiyasi tanlanadi.
Keyin operator obyektni, kinotasvirnini va kо‗rinishining sifatini aniqlashi
kerak bо‗ladi. Undan tashqari svetotonal va kolorit, ob-havo sharoitlarini, yoritish
sharoitlarni aniqlashi zarur bо‗ladi.
Ob-havo sharoitlaridagi yoritishda natura obyektini quyidagi turlarga bо‗lish
mumkin:
-
epizodlarni (obyektlarni) normal yorug‗lik rejimida, ya‘ni quyosh nurida
yoritish;
-
epizodlarni (obyektlarni) havo bulut sharoitida yoritish;
-
epizodlarni (obyektlarni) belgilangan yorug‗lik rejimida, ya‘ni quyosh
chiqishi, botishi, bulutli va kechqurungi vaqtlarda yoritish.
Tanlangan joy rejisser bilan tasdiqlanib, kartina direktorini iqtisodiy,tashkiliy
va texnik imkoniyatlarni amalga oshirish masalalari hal qilinadi.
Undan keyin joyni bezash, dekoratsiya qurish va boshqa ishlar amalga
oshiriladi.
Natura tasvirga olish jarayonini ishlab chiqish film olishda kalendar rejaga
aniqlik kiritiladi.
Natura syomkalari pavilyonnikidan katta farq qiladi. Pavilyonda operator
yorug‗lik uskunalari bilan ishlaydi. Naturada esa tabiiy yorug‗lik qidirib yordamchi
yoritish uskunalaridan foydalanadi. Shuning uchun operator atmosfera optikasini,
tabiiy yorug‗lik manbaini, ob-havo va muhitni juda yaxshi tushunishi kerak. Asosiy
yorug‗lik manbayi bu quyosh bо‗lib, yorug‗lik quyoshning holatiga qarab о‗zgaradi,
undan tashqari atmosfera ham yorug‗lik о‗zgarishiga ta‘sir kо‗rsatadi. Quyosh
nurlarini ma‘lum qismi atmosferadan о‗tganda nurlanish tarqaladi va nurlanuvchi
osmon hosil qilib tabiiy yoritishni ikkinchi turini yaratadi.
60
Eng kо‗p yoritilganlik (yorug‗lik oqimining zichligi) shunday tekisliklarda
hosil bо‗ladiki, quyosh nurlari normal tushganda quyosh chiqishi va botishi
gorizontga nisbatan 0° ga teng olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |