O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi iqbol meliqo’ziyev


Yorqinlik darajasining eng oddiy vizual o‘lchagichi



Download 12,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/118
Sana18.02.2022
Hajmi12,58 Mb.
#454760
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Bog'liq
2 5206567430196827555

Yorqinlik darajasining eng oddiy vizual o‘lchagichi 
 
O‗lchanayotgan sirtning yorqinlik darajasini shkalaning alohida yorqinlik 
darajalari ma‘lum bo‗lgan fonlarining yorqinliklari (ular orasidagi ochiq oraliqlar 
orqali) bilan vizual solishtirib yuqori aniqlik bilan topish mumkin. 
Rangdorlikni o‗lchash rang atlasi yordamida eng oson amalga oshiriladi. 
Atlaslar alohida bo‗yalgan kartochkalar ko‗rinishida tayyorlangan etalon ranglarning 
to‗plamidan iborat bo‗ladi. Har bir kartochkada ranglar rangdorlikning umumiy 
belgilaridan bittasi, rang tusi yoki to‗yinganligi bo‗yicha guruhlanadi va bu 
tavsiflarning bittasining variantlari bilan beriladi. Rangdorlikni o‗lchash rang 
jadvalidan o‗lchanayotgan rang bilan bir xil bo‗lgan rangni topishdan iborat bo‗ladi. 
Shundan so‗ng o‗lchanayotgan rangga etalonda belgilangan rang koordinatlari yozib 
qo‗yiladi. Arxitektura Akademiyasi tomonidan 1949 yilda nashr etilgan Arxitektura 
ranglarining atlasi jadvalga joylashtirilgan 400dan ko‗p ranglarni o‗z ichiga oladi. 
Har bir jadval rang tuslari bo‗yicha bir biriga yaqin bo‗lgan, 4 rangni o‗z ichiga oladi. 
Bu ranglarning har biri to‗yinganligi bo‗yicha 5ta variantdan iborat bo‗ladi. 
Jadvallarga yutilish egri chiziqlar ko‗rinishidagi ranglarning spektral tavsiflari, rang 
koordinatlari (rang tusi, to‗yinganlik va yorqinlik darajasi) hamda malyar texnikasida 
berilgan ranglarni hosil qilish uchun bo‗yoqlar retsepti ilova qilinadi. Bundan tashqari 
har bir rang shartli raqamli shifrga ega bo‗ladi. Chet ellarda Ostvald (nemischa) va 
Mensell (amerakancha) atlaslaridan foydalanish eng ko‗p tarqalgan. Mensell atlasi 
yaxshiroq hisoblanadi, chunki unda qo‗llanilgan ranglarning tizimlanishi hamma 
qabul qilgan rang tusi, to‗yinganlik va yorqinlik darajasi bo‗yicha rang tavsiflaridan 
foydalanish imkoniyatini beradi. Ostvald atlasida ranglar boshqacha usul bilan 
ρ 0,8 0,6 0,4 0,2 0,1 0,05 0,02 


147 
tizimlashtiriladi va belgilanadi. Unda shartli tartibli nomer bilan belgilangan har bir 
rang tusiga ikkita harfli belgi biriktirilgan. Bitta belgi rangdagi «oq rang miqdori»ni, 
ikkinchisi esa «qora rang miqdorini» bildiradi. Bu miqdorlar bo‗yoq og‗irlik birligini 
bildirmaydi, balki axromatik qatorning 8 ta bir xil pog‗onaga shartli bo‗linganligini 
bildiradi. Ostvald atlasi foydalanishda qulay va o‗zining tizimidagi koordinatlarda 
rangni o‗lchash uchun ko‗p shkalaga ega.
Ostvaldning ranglar tizimining kamchiligi shundaki, bu tizim mavjud 
ranglarning ilmiy tavsiflari bilan bog‗lanmagan, hamda unda bir xil ranglar har xil 
belgilanishi uchrab turadidi.
Ranglarni o‗lchash vositalari sifatida hamma atlaslarning kamchiliklari 
ulardagi ranglar vaqt o‗tishi bilan o‗zlarining tavsiflarini o‗zgartiradi va qayta 
etalonlashda tavsiflarni almashtirishga ehtiyoj tug‗iladi. Atlaslar ehtiyot bo‗lib 
foydalanishni va ularni yorug‗likning zararli ta‘siridan himoya qilishni talab qiladi.

Download 12,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish