128
Agar bir xil ravshanlikka ega bo‗lgan qizil va havorang kunduz kuni ko‗zning
kunduzgi spektral sezgirlik egri chizig‗ining A va B nuqtalarda sezilgan bo‗lsa, shu
ranglar kechqurun ko‗zning kechqurungi spektral sezgirlik egri chizig‗ining V va G
nuqtalarida seziladi. Ranglarning his qilishning bu qonuniyati Purkine hodisasi deb
ataladi.
Yuqori yoritilganliklarda ob‘ektning kuchli ravshanliklariga nisbatan ko‗zning
farqlay olish qobiliyatida pasayish kuzatiladi. Ko‗zning «ko‗rlik» deb ataladigan
holati yuz beradi. Tasvirning yuqori yorug‗liklarida tuslar gradatsiyasini his qilish
yo‗qoladi. Ranglar yuqori yoritilganlikda oqarganroq, kam to‗yinganroq bo‗lib
tuyuladi, kuchsiz to‗yingan ranglar esa oq bo‗lib ifodalanadi.
Ko‗zning eng yaxshi farqlay olish qobiliyati uchun ob‘ektlarning yoritilganligi
200 dan 2000 luksgacha bo‗lgan oraliqda yotishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: