Gradatsiyalangan filtr
Tabiat sharoitida ko‗pincha shunday sahnalar suratga olinadiki, kadrning tepa
qismida aks etgan osmon yerga qaraganda yorug‗roq ko‗rinadi. Ekspozitsiya miqdori
kadr maydonining barcha nuqtalarida bir xilda taqsimlanishi uchun gradatsiyali
filtrlar ishlatiladi. Bunday filtrning tepa qismi rangli yoki neytral-kul rang bo‗ladi. Bu
filtr kadrning tepa qismidagi nurni yutadi hamda pastki qismi bilan tenglashtiradi. Bu
filtrning eng ko‗p tarqalgan turi netral-kul rang hisoblanadi.
Bu filtrlarning ranglar o‗tish joyi 3 xil turda bo‗ladi: keskin, sekin-asta o‗tuvchi
va aniq chegarasiz. Keskin turdagi filtrlar asosan gorizont tekis bo‗lgan joylarda,
ya‘ni dengiz va ummonlarda statik holatda suratga olinadigan joylarda foydalaniladi.
Sekin-asta o‗tuvchi turdagi filtrlar esa ranglar sekin-asta yorishadigan joylarda
foydalaniladi. Aniq chegarasiz turdagilari esa effektni yashirish qiyin bo‗lgan
joylarda foydalaniladi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |