O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi iqbol meliqo’ziyev



Download 12,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/118
Sana18.02.2022
Hajmi12,58 Mb.
#454760
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118
Bog'liq
2 5206567430196827555

Infraqizil nurlanish. 
Tо‗lqin uzunligi 780 nm dan katta bо‗lgan kо‗zga 
kо‗rinmaydigan nurlanish. Infraqizil nurlanishning uchta diapazoni farqlanadi: 
 
IR-A. 780 nm -1,4 mkm (kunduzgi yorug‗likdagi miqdori 31,2% );
IR-B. 1,4 mkm - 3,0 mkm (kunduzgi yorug‗likdagi miqdori 12,7%); 
IR-C. 3,0 mkm -1 mm (kunduzgi yorug‗lik tarkibida yо‗q). 
Kandela (kd). 
Yorug‘lik kuchining
о‗lchov birligi.
 
Kelvin (K). 
Termodinamik haroratning о‗lchov birligi. Ingliz olimi U.Tomson
(lord Kelvin) sharafiga nomlangan. 0 K = - 273 °S; 0
 
°S = 273 K. 


151 
CIE kolorometrik tizimi. 
Yorug‗lik bо‗yicha Xalqaro komissiya tomonidan 
ishlab chiqilgan nazariya bо‗lib, uning yordamida barcha rangli hodisalarni 
tushuntirish mumkin.
Koloristika – 
1) moddiyli fazoviy muxitga inson tomonidan boshqaruvchi 
ta‘sir natijasija yaratilgan garmonikli, komfortli rangli muhit. Bir butun fazoli rangli 
maydoniga kо‗milgan inson uni о‗zining ehtiyojiga mos holda о‗zgartiradi. 2) 
sotsiologiya, semiotika, informatika, psixologiya va boshqa о‗zaro bog‗langan 
fanlarga joriy qilish bilan bog‗liq bо‗lgan rangshunoslik chegarasida rang haqidagi 
arn‘anaviy bilimlarni kengaytiruvchi rangli muhit haqidagi fan. 3) insonning 
ehtiyojini 
qondiruvchi 
rangli 
muhitni 
shakllantirish 
sohasidagi 
kolorist-
mutahassisning faoliyati bо‗lib, u loyihaoldi tahlilini, konsepsiyani ishlab chiqishni 
va konkret rang yechimini birga qо‗shib olib boradi. 
Kolorit 
– ma‘lum bir masofadan qaraladigan hamma ranglarning optik 
jamlanmasi. Kolorit (lotinchadan color – rang, bо‗yoq) – asarning rangli va tusli 
qatorining hususiyatlari. Koloritda real dunyoning rangli hossalari aks etadi, biroq 
bunda ma‘lum badiiy obrazga javob beradigan hossalarigina tanlab olinadi. Asarlarda 
kolorit odatda ma‘lum yaxlitlikka ega bо‗lgan ranglarning birikmasidan iborat 
bо‗ladi. Torroq ma‘noda kolorit deganda rangli birikmalarning gо‗zalligi va 
garmoniyasi hamda rang turlarining rang-barangligi tushiniladi. Undagi ustunlik 
qiladigan rangli gammaga bog‗liq holda u sovuq, issiq, yorug‗, qizg‗ishsimon, 
yashilsimon va shu о‗xshash bо‗lishi mumkin. Kolorit tomoshabin tuyg‗ulariga ta‘sir 
qiladi, suratda ruhiy holat hosil qiladi va obrazli hamda ruhiy tavsifning muhim 
vositasi bо‗lib hizmat qiladi. 
Tusli kolorit 
– och va tо‗q tuslarni solishtirish. Kompozitssiyali qurishda 
kolorit usul sifatida hizmat qilib, u tufayli asosiylik kuchliroq ajraladi va katta 
ta‘sirchanligiga hamda obrazlar tavsiflarining о‗tkirligiga erishiladi. 
Kompozitsiya 
(lotinchadan Composition - tuzish, birikish, ulanish, yozish) - 
1) asarning strukturasi, uning mazmuniga javlb beradigan qismlarining о‗zaro 
uyg‗unligi. 2) Kompozitsiya – badiiy obrazni yaratadigan usul va vositalarni qidirish, 
rassomning niyatini a‘lo darajada amalga oshirishni qidirish. Asarni tugatgungacha,


152 
plastik kо‗rinadigan shakllarda uning umumiy tuguniga bog‗langan holda, dastlabki 
g‗oyadan boshlab kompozitsiya ustida ishlanadi. Bunda rassom tanlangan mavzu 
asosida syujet ustida ishlashni boshlaydi. 
Kompozitsion qurishga real fazoda (haykaltoroshlikda) yoki surat tekisligida 
(rassomchilikda va grafikada) g‗oyaga mos holdagi о‗lchamda, formatda va 
materialda tasvirni joylashtirish kiradi. 
Bunga: kompozitsiyaning tugunini, markazni aniqlashtirish va unga asarning 
kо‗proq ikkinchi darajali qismlarini bо‗ysindirish; uning alohida qismlarini garmonik 
umumiylikda birlashtirish; tasvirning ifodalikligiga va plastik butunligiga erishish 
maqsadida ularni guruhlashtirish va о‗zaro tobeliklashtirish. Bunda suratdagi asosiy 
qismlar va siluetlar kо‗pchiligining ritmik joylashishi va kontrastlari aniqlanadi.
Tasvirlanishda eng yaxshi nuqtai nazarni tanlash asarning kompozitson 
yechimida katta ahamiyatga ega. Natura bilan ishlashda kompozitsiyaga tasvir uchun 
mavzu qidirish, buyumlarni tanlash va joy joyiga qо‗yish va tirik modelni о‗rnatish 
kiradi. Kompozitsiya ustida ishlashga yana tasvirni perspektiv qurish, masshtablarni 
va proporsiyalarni, asarning tus va rangli yechimlarini moslashtirishlar kiradi. 3) 
«Tematik kompozitsiya» yoki oddiygina «kompozitsiya» sо‗zlari ba‘zida «syujetli 
surat» terminini о‗rnini bosadi.
Kontrast
– keskin ifodalangan qarama-qarshilik. Sifatlari yoki hossalari 
bо‗yicha bir biridan keskin farq qiladigan buyumlar yoki hodisalarning qarama-
qarshiligi. Kontrastning quyidagi turlari farqlanadi: ravshanlik bо‗yicha, tо‗yinganlik 
bо‗yicha va tusining rangi bо‗yicha.

Download 12,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish