O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi malakaviy-pedagogik amaliyot dasturi



Download 51,81 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi51,81 Kb.
#658914
Bog'liq
Amaliyot dasturi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
MALAKAVIY-PEDAGOGIK AMALIYOT
DASTURI


(Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talablarining malakaviy pedagogik amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha dastur va uslubiy tavsiyalar)

Guliston - 2021

«TasdiQlayman»
MT kafedrasi mudiri

___ _____ 2021

Fakultet amaliyotchi talabasi ___________________ ning


(FISh)
PEDAGOGIK AMALIYOT DAVOMIDA BAJARADIGAN ShAXSIY ISH REJASI
1-ilova



Ishning mazmuni

Bajarilish vaqti

Bajarilish joyi

Izoh

1.

Fakultet (ta’lim yo‘nalishi) bo‘yicha pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan boshlang‘ich uslubiy konferensiyada faol ishtirok etish

amaliyot kuniga qadar

faollar zali




2.

Pedagogik amaliyot haqidagi taassurotlar, fikr-mulohazalar va qilingan ishlarni aks ettiradigan kundalik daftar tutish

birinchi kundan

fakultet




3.

Metodistlardan pedagogik amaliyot davomida qilinadigan ishlar to‘g‘risida maslahat olish

amaliyot boshida

fakultet




4.

Pedagogik amaliyotda yuritiladigan xujjatlarni aniqlash va zarur bo‘lgan vositalarni tayyorlash

1-2 chi kunlar

fakultet




5.

Pedagogik amaliyot o‘tadigan ta’lim muassasasi (maktabgacha ta’lim, pedagogik kollej) bilan tanishiish

amaliyotning birinchi kuni

ta’lim muassasasi




6.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati, tarbiyachilar va biriktirilgan guruh bilan tanishish, guruh xonalari, makrkazlarni bilib olish

dastlabki kun

ta’lim muassasasi




7.

Ta’lim muassasasining shart-sharoiti, ichki tartib-qoidalari, mashg‘ulot jadvali, kun tartibini o‘rganib chiqish

1-2 chi kunlar

ta’lim muassasasi




8.

Biriktirilgan guruh tarbiyalanuvchilari bilan tanishish va mashg‘ulot kuzatishni boshlash

2-3 chi kunlar

ta’lim muassasasi




9.

Guruh rahbari va turli xil mashg‘ulotlar tarbiyachilarining muddatli taqvim-mavzu rejasi hamda tarbiyaviy ish rejalarini o‘rganib chiqish, amaliyot jarayoniga tegishli qismini ko‘chirib olish

3-4 chi kunlar

ta’lim muassasasi




10.

Ta’lim muassasasida amal qilinadigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish, mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish tartibi, talimning texnik vositalari va mavjud ko‘rgazmali qurollarini o‘rganish

ikkinchi hafta

ta’lim muassasasi




11.

Guruh rahbaridan mashg‘ulot o‘tish uchun topshiriqlar olish, ular tuzgan taqvim-mavzu rejadagi o‘zi istagan mavzularni tanlab va belgilab olish, ularga tayyorgarlik ko‘rish va metodistlardan tegishli maslahatlar so‘rash

ikkinchi haftadan

ta’lim muassasasi




12.

Mashg‘ulot o‘tishdan bir necha kun oldin tayyorlagan barcha ishlanmalarini tarbiyachi va metodistga ko‘rsatish, unga tegishli tuzatishlar kiritish va uni tasdiqlatish

amaliyot davomida

ta’lim muassasasi




13.

Tarbiyachi va amaliyotchi talabalarning mashg‘ulotlarini kuzatish, tahlil etish, tajriba to‘plab borish

muntazam

ta’lim muassasasi




14.

Guruh rahbaridan tarbiyaviy tadbir o‘tkazish haqida topshiriqlar olish va unga tayyorgarlik ko‘rish

muntazam

ta’lim muassasasi




15.

Ta’lim muassasasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlash-tirish ishlarida qatnashish

amaliyot davomida

ta’lim muassasasi hududi




16.

Sinov mashg‘ulotlari va tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish

amaliyot o‘rtasida

ta’lim muassasasi




17.

Pedagogik amaliyot bo‘yicha tayyorlangan xujjatlarni metodistlarga ko‘rsatish, tekshirtirish va tuzatishlar kiritish

har dushanba kuni

ta’lim muassasasi




18.

Ta’lim muassasasi tarbiyachilarini universitetga sayohatini tashkil etish, ularni OTM bilan tanishtirish

amaliyot o‘rtasida

fakultet




19.

Guruh jamoasi va bir bolaga psixologik tavsifnomalar tuzish uchun materiallar to‘plash. Tavsifnomani namuna bo‘yicha yozib, psixolog metodist-o‘qituvchiga tekshirtirish

amaliyot davomida

ta’lim muassasasi




20.

Sinov mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiya vositalaridan foydalangan holda, taqdimot shaklida o‘tkazish

amaliyot davomida

ta’lim muassasasi




21.



Pedagogik amaliyotni yakunlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Ta’lim muassasasi mamuriyatidan o‘ziga tavsifnoma olish

amaliyot yakunida

ta’lim muassasasi




22.

Ta’lim muassasasi miqyosidagi barcha amaliyotchi talabalar bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada bajarishga erishish

oxirgi kunlar

ta’lim muassasasi




23.

Pedagogik amaliyot davomida tayyorlagan xujjatlarni maxsus jild holiga keltirish, ularni metodist-o‘qituvchilarga tekshirtirish va reyting asosida baholanish

yakuniy xafta oxirida

fakultet




24.

Pedagogik amaliyotning yakuniy konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, amaliyot davomida bajarilgan ishlar bo‘yicha ko‘rgazma tayyorlash

yakuniy xafta oxirida

fakultet




25.

Pedagogik amaliyotdan yakuniy nazorat ishlari topshirish

amaliyot oxirida

fakultet






Amaliyotchi talaba: __________ __________________
(imzo) (FISh)


«TASDIQLAYMAN»
MT kafedrasi mudiri
______
___ ______ 2021


O‘QUV-MALAKAVIY AMALIYoT DASTUR-REJASI
(III bosqich - 2 xafta)
2-ilova



Ishning mazmuni

muddat

mas’ul

1.

Amaliyotchi talabalar uchun alohida va jamoaviy maslahatlar tashkil etish

amaliyotdan bir xafta oldin

dekan, kafedra mudiri, metodist

2.

Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya) psixologiya fanlari, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasidan egallagan bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishga doir malumotlarni kayta esga tushurish

amaliyotdan
2-3 kun oldin

kafedra mudiri va fan o‘qituvchilari

3.

Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan tashkiliy konferensiya o‘tkazish. Kundalik daftar tutish va barcha xujjatlarni tartib bilan to‘ldirib borish

amaliyotdan
1-2 kun oldin

metodist- o‘qituvchilar

4.

Talabalarni pedagogik amaliyot o‘tadigan ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, u joylashgan hudud, unga olib boradigan transport vositasi, texnikaviy xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish

amaliyotning birinchi kuni

MTT ma’muriyati, metodist- o‘qituvchilar

5.

Uyushgan holda amaliyot ob’ektiga borish, ta’lim muassasasi ma’muriyati va amaliyotga dahldor xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish: ularga pedagogik jamoa va amaliyotchining huquq va burchlari, tegishli shart-sharoitning yaratilishi, ta’lim muassasidagi mehnat intizomi haqida tushuncha berish, ularni sinflarga taqsimlash

amaliyotning birinchi kuni


metodist, tarbiyachi, guruh rahbari, amaliyotchilar



6.

Biriktirilgan bolalar guruhi jamoasi bilan yaqindan tanishish. Talabalarning amaliyot bo‘yicha shaxsiy ish rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash

amaliyotning ikkinchi kuni

metodist, amaliyotchi

7.

Guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejasi, turli xil mashg‘ulotlar tarbichisining muddatli taqvim-mavzu rejasini ko‘chirib olish. Mashg‘ulot kuzatishni boshlash va ularni tegishli tartibda yozib borish

amaliyotning birinchi haftasi

guruh rahbari, amaliyotchi

8.

O‘zi biriktirilgan bolalar guruhida ta’lim-tarbiya jarayonining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish, guruh bolalarining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashga kirishish. Mashg‘ulot kuzatish va guruhda tushdan keyin mo‘ljallangan ishlarda faol qatnashish

amaliyotning birinchi haftasi

tarbiyachi, metodist va amaliyotchi

9.

Turli xil mashg‘ulotlardan mashg‘ulot o‘tish uchun topshiriqlar olish, unga tayyorgarlik ko‘rish, tarbiyachi va metodist yordamida mashg‘ulot ishlanmasi, uning rejasini tayyrlash

amaliyotning ikkinchi xaftasi

tarbiyachi, metodist va amaliyotchi

10.

Mashg‘ulotdan keyingi tadbirlar, turli xil kechalar, bolalar badiiy-ijodiy faoliyat turlari, jismoniy tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish va ularda ishtirok etish

amaliyotning uchinchi kunidan oxirigacha

metodist, amaliyotchi



11.

Ta’lim muassasasini boshqarish va unga rahbarlik qiluvchi mudira, uning muovinlarining lavozim vazifalari va faoliyati bilan tanishish

amaliyot davomida

metodist, amaliyotchi

12.

O‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va tadbirlar uchun ko‘rgazmali qurollar, tarqatma va taqdimot materiallari tayyorlash

amaliyot davomida

tarbiyachi, metodist

13.

Tajriba-sinov mashg‘ulotlarini o‘tishga kirishish, har xil tarbiyachi va amaliyotchi talabalarning mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil etib borish. MTTning kichik kutubxonasi, AKT vositalari, bolalar uchun ajratilgan guruh xonasi, uning jihozi, turli xil markazlarlarda olib boriladigan ish tartibini o‘rganish va ulardan foydalanishga kirishish

amaliyot davomida

metodist, tarbiyachi, amaliyotchi



14.

Guruhdagi iqtidorli bolalar bilan muloqotga kirishish, o‘rganish, o‘qish va boshqa sohalarga qiziqishlari sababi (motivatsiyasi)ni aniqlash. Turli xil sayohatlar uyushtirishni rejalashtirish va o‘tkazish

amaliyotning ikkinchi xaftasi davomida

metodist, amaliyogchi



15.

O‘zlashtirishi sust va tarbiyasi og‘ir bolalar bilan muloqotga kirishish, ularni pedagogik-isixologik tashxis kilish, ularga bilim olish va biror narsa egallash haqida maslahatlar berish

amaliyot davomida

metodist, guruh rahbari, amaliyotchi

16.

Amaliyotchi talabalar tomonidan o‘tilayottan mashg‘ulotlarni tahlil qilish, ular yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar sababini aniqlash va ularga metodik tavsiyalar berib borish

amaliyotning
2 chi xaftasi

metodist, tarbiyachi,
amaliyotchi

17.

Guruh bolalari ota-onalari bilan olib boriladigan ish faoliyatini, maktabgacha ta’lim muassasasining bu yo‘nalishdagi an’analarini o‘rganish. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullaridan samarali foydalansh yo‘llarini aniqlash

amaliyot davomida

guruh rahbari,
metodist,
amaliyotchi

18.

Guruh bolalari uchun rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashish, sog‘lom turmush tarzi va boshqa sohalarda mustaqil tadbirlar uyushtirish. Guruh bolalar jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma tayyorlash

amaliyotning ikkinchi xaftasi

guruh rahbari,
metodist, psixolog,
amaliyotchi

19.

Pedagogik amaliyot davomida tayyorlangan xujjatlarni tartibga solish, amaliyot yuzasidan hisobot tayyorlash. MTT tarbiyachilari va bolalar bilan aloqani davom etirish maqsadida maslahatlashish

ikkinchi xaftaning juma-shanba kunlari

metodist, amaliyotchi



20.

MTT pedagogik kengashi va metodik kengash faoliyati va ish tartibi bilan tanishish. Bolalar guruhi rahbari va MTT rahbariyatining amaliyotchiga tavsifnomasini olish

amaliyot oxirida

guruh rahbari, amaliyotchi

21.

Pedagogik amaliyot natijalarini muhokama etish, baholash va yakun yasash maqsadida konferensiya tashkil etish va amaliyotchi talabalarning hisobotini tinglash. Amaliyotchi talabalar tayyorlagan stendlar, ko‘rgazmali qurollari va tarqatma materiallaridan namunalar qo‘yib, ularning tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish

amaliyot tugagandan keyingi xafta

dekan, kafedra mudiri, metodistlar, MTT guruh rahbarlari


Amaliyot rahbari ________ _________________________
(imzo) (FISh)


Talabalarning pedagogik amaliyotda bajargan ishlarini reyting tizimi asosida baholash tartibi (3-kurs uchun)



Bajariladigan ishlar mazmuni

ishlar soni

ball

I.

Joriy nazorat tur va shakllari

JN

45 ball

1.1.

Da - mashg‘ulot kuzatish
- mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish va uni talab darajasida
sifatli o‘tkazish
- kundalik yuritish
- ko‘rgazmali qurollar tayyorlash
- tarqatma va taqdimot materiallari tayyorlash
- pedagogik va AKTlardan foydalanish
- MTTning ichki tartib-qoidalariga rioya etish

20 x 0,5
5 x 2
har kuni
10 x 0,5
25 ta
5 x 1
doimo

10
10
5
5
5
5
5



II.

Oraliq nazorat tur va shakllari

ON

25 ball

2.1.

- sinov mashg‘ulotlari uchun namunali, texnologik mashg‘ulot
ishlanmalari tayyorlash;
- bitta tarbiyaviy tadbir reja-matni va namunaviy
ssenariysini tayyorlash;
- pedagogik amaliyot yuzasidan kengaytirilgan hisobot
tayyorlash;

2 x 5

1 x 5

1 x 10


10


5

10


III.

Yakuniy nazorat tur va shakllari

YaN

30 ball

3.1.

- pedagogik amaliyot bo‘yicha tayyorlangan xujjatlarni
alohida jildlangan holda metodistga topshirish;
- xujjatlarni sifatli bajarilganligi va uni himoya
qilish;
- pedagogik amaliyot davomida mustaqil ish va ijodiy
faoliyat yuritish.

10


10

10


10


10

10








Jami:

100 ball

Download 51,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish