6.Kovalevskaya Sofya Vasilyevna
Kovalevskaya Sofya Vasilyevna (1850.3(15).1, Moskva- 1891.29.1(10.2),
Stokgolm) — rus matematigi, yozuvchi. Peterburg FA 1-ayol muxbir aʼzosi (1889). V.
O. Kovalevskiyning xotini. Matematik maʼlumotni chet elda olgan (1869—74).
Differensial tenglamalar va Abel integrallariga oid ishlari uchun Gyottingen unti unga
falsafa dri ilmiy unvonini bergan. Stokgolm untida dotsent va prof. (1883 yildan). Asosiy
ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalarning analitik yechimlariga, qattiq
jismlarning qoʻzgʻalmas nuqta atrofida aylanishi va toʻla simmetrik boʻlmagan
gidroskopning aylanishi masalalariga bagʻishlangan. K. belletristik asarlar ("Baxt uchun
kurash" dramasi, "Nigilistika" romani, "Bolalik esdaliklari" va boshqalar) muallifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |