- 33 -
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash,
uning mustaqil davlat sifatida e'tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini
rivojlantirish уо'1-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda Konstitutsiyalar
ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq
Respubli-kalarining 1920-1921-yil,
shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda
qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-
mohiyatiga ko'ra haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To'g'rirog'i ular avval
RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib
ko'chirilgan, hayotiy kuchga ega bo'lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi nazardan ko'rsatib о'tilgan
Asosiy Qonunlarni O'zbekiston davlati mustaqilligini huquqiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab
bo'lmasdi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik
deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy
Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi
Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Sessiya Birinchi Prezidentimiz I.
Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to'g'risida qaror qabul
qildi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari,
davlat
hamda jamoat tashkilotlarining, kor-xonalar, xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar,
olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o'ninchi sessiyasida Ko-missiya tarkibi qisman
yangilandi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo'ydi:
-
konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganib chiqil-
sin;
-
boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida
qo'lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin;
-
keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo'lgan siyosiy-yuridik hujjatlar yaratilsin.
Mazkur
topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya,
Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston,
Pokiston, Misr, Vengriya,
Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o'rganildi, qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek,
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog'iston,
Qirg'iziston va Turk-maniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari
diqqat bilan ko'rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy davlatlar konstitutsiyalari mazmuni
va tuzilishini tavsiflovchi kattagi-na hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon
konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari umumlashmasi sifatida Respublikamiz Birinchi
Prezidentii o'rganib chiqdi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat
Birinchi Prezidentimizi ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi.
Ta'kidlanishicha, ishchi guruh O'zbekiston xalq deputatlari, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va
mutaxassislar bilan ham-korlikda loyihaning beshinchi ko'rinishini tayyorladi. Unda o'zbek
xalqining tarixiy, milliy va ma'naviy xususiyatlarini imkon qadar to'laroq aks ettirishga harakat
qilindi. Majlisda Konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi
guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi va-zifalar yuklandi:
huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonlama umumlashtirish va uni
Konstitutsiya loyihasida hisobga olish;
O'zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning
taraqqiyoti tajribasini
hamda deputatlarning, turli ijtimoiy gu-ruhlarning milliy-madaniy markazlarning mulohazalari va
takliflari-ni umumlashtirish;
Konstitutsiyaviy komissiya a'zolaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqish va loyihaga tegishli
o'zgarishlar kiritish.
- 34 -
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
loyihasi
puxta
ish-lovlardan
so'ng
Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun
matbuotda e'lon qilindi.
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining
irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to'plangan boy materialni har
tomonlama va chuqur o'rganib,
umumlashtirib, uni yaxlit davlat irodasi tarzida Asosiy Qonunda
ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimizning siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo'ldi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi
bo'ldi. Unda «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Bu
xusus-da Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Birinchi Prezident I. Karimov ma'ruza qildi. Ushbu
ma'ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan O'zbekistonning asosiy Qonuni respublikada
avvalgi yillarda qabul qilgan qonunlardan farqli o'laroq, demokratik yo'l bilan tayyorlan-gan bo'lib,
unda yillar davomida sinovdan o'tgan umuminsoniy qad-riyatlar o'z aksini topganligi, u ko'plab
taraqqiy etgan mamlakat-larning tajribalarini o'ziga singdirganligi alohida uqtirildi. Shuning uchun
ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi
mumkin», - deb ta'kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgarish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar.
Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo'jalik sudlarining vakolat muddati o'n yildan besh
yilgacha tushi-rildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to'ldirdi: «01iy
Majlis
Raisi va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib
turadilar». 78-moddaning 8-bandiga esa yangi jumla qo'shildi: «Vazirlar Mahkamasining taqdimiga
binoan O'zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar
va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish» va hokazo.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor
iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo'jalik va
obodonlashtirish ish-larini moliyalashtirish, odamlarai ish bilan ta'minlash va aholi manfaatlarini
himoya qilish bo'yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o'zini o'zi
boshqarish
organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o'tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: